4.1.2. Oddiy haydash Suyuqlik aralashmalarini bir marta qisman bug‘latish yo‘li
bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy
haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi
farq katta bo‘lgan hollardagina qo‘llash maqsadga muvofiq va yuqori
samara beradi.
Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: fraksiyali
haydash; deflegmatsiya bilan haydash; suv bug‘i bilan haydash;
molekulyar haydash.
Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida yengil uchuvchan
komponent va distillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdan
minimalgacha kamayadi. Shuning uchun har xil tarkibli distillyat
fraksiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. Har xil tarkibli
mahsulot olishga mo‘ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli