6- rasm. Ho‘l gazgolder chizmasi:
1–rezervuar; 2–teleskop;
3–kolokol; 4–devordagi yo‘nalti-
ruvchi karkaslar; 5–kronshteyn;
6– yo‘naltiruvchi roliklar; 7– tashqi
yo‘naltiruvchi karkaslar; 8–teles-
kop va kolokol uchun to‘siq.
37
(6- rasm) rezervuar (1) dan, teliskop (2), (hajmi 10000 m
3
dan yuqori bo‘lgan gazgolderlarda), kolokol (3) dan va
yo‘naltiruvchi (4) dan tuzilgan. Òekis tag qismli gazgolderning
tepasi ochiq: unga silindrik qobiq – teleskop (ikkala tomoni
ochiq) va kolokol-tagi yo‘q silindrik rezervuar (o‘ziga xos karkasli
tomi bilan) kiradi. Kolokol va teleskop o‘zining og‘irligi bilan
rezervuarning tagigacha tushadi, gazgolderning ichiga
haydalayotgan gazning bosimi ta’sirida yo‘naltiruvchidan
ko‘tarilib rezervuarga ulab qo‘yilgan to‘siqqacha ko‘tariladi.
Kolokol uchun yo‘naltiruvchi teleskopning ichida ham bo‘lishi
mumkin. Yo‘naltiruvchilar bo‘yicha hech qanday to‘siqsiz
harakat yo‘naltiruvchi roliklar yordamida amalga oshiriladi. Ular
kronshteynlar (5) yordamida teleskop va kolokolga mahkamlab
qo‘yilgan.
Rezervuar bilan teleskop, shuningdek, teleskop bilan kolokol
oralaridagi germetik holatni suv zatvori yordamida ushlab turiladi.
Buning uchun kolokol va teleskopni tashqi tomonining pastki
qismiga tog‘orasimon halqa ulab qo‘yiladi. Shu halqaga rezervuar
va teleskopning yuqori qismiga ulangan (ichki tomondan) halqa
kiradi.
Ekspluatatsiya qilishdan oldin teleskop va kolokol pastda
bo‘lganda suv basseyeni rolini o‘tovchi rezervuar suv bilan
to‘ldiriladi. Bir vaqtning o‘zida kolokol va teleskopning zatvorlari
ham to‘latiladi.
Òeleskop va kolokolning ichiga quyqa yoki loyqa tushmasligi
uchun pastki qismiga to‘sib qo‘yiladi. Bu to‘siqlar teleskop va
kolokol gazgolderning pastki qismiga tushganda vaqt o‘tishi bilan
yig‘ilib qoladigan loyqalar bilan ifloslanmasligi uchun amalga
oshiriladi.
Gazgolderga gaz berilganda avval kolokol ko‘tariladi.
Òeleskopning yuqori zatvoriga yetgandan so‘ng kolokol uni ham
o‘zi bilan ko‘tarib ketadi. Òeleskop to‘siqqacha ko‘tariladi.
Gazgolderdagi bosim kolokol va teleskopning og‘irligi bilan
hosil qilinadi va ushlab turiladi. Gazgolderni normal
ekspluatatsiya qilish va bosim ortib ketishi natijasida uning
korpusi ajrab ketishining oldini olish maqsadida gaz
beriladigan sistemaga avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi
o‘rnatiladi.
38
Sinov savollari
1. Xomashyo va mahsulotlarni saqlash uchun qanday rezervuarlardan
foydalaniladi?
2. Benzin va suyuq gazlarni qanday jihozlarda saqlanadi?
3. Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar qanday bo‘ladi?
4. Rezervuarning konstruksiyasi va o‘lchamlarini hisoblang.
5. Qopqog‘i suzadigan rezervuarlar konstruksiyasini
tushuntirib bering.
6. Òomchisimon va sharsimon rezervuarlar nima?
7. Gazgolder va ularning konstruksiyasi haqida aytib bering.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |