2
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
©
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007- y.
Òaqrizchilar:
R.X.Karimov — texnika fanlari doktori, professor,
Li R.Ch. —
UzLIÒIneftegaz laboratoriya mudiri,
texnika fanlari nomzodi
4306021800 —7
A
360(04) — 2006
— 2007
ISBN 978-9943-05-041-9
O‘quv qo‘llanmada jihozlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan turli
xil materiallar, ularning xususiyatlari,
shuningdek, harorat va bosim-
ning materiallarga ta'siri haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Bulardan
tashqari jihozlarni ishlatilish sohasiga qarab sinflanib, ularning ayrim-
lari haqida umumiy tushunchalar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmada neft va gazni qayta
ishlash korxonalarining ji-
hozlarini tayyorlash va ulardan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish,
shu bilan birga ularning texnologik, mexanik va issiqlik balanslarini hisob-
lash usullari ko‘rsatilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Neft, neft va gazni qayta ishlash texnologi-
yasi» yo‘nalishida ta'lim olayotgan kasb-hunar
kolleji talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, undan shu sohaga qiziquvchi kitobxonlar ham
foydalanishlari mumkin.
3
Respublikamiz neft va gaz sanoati uchun malakali mu-
taxassislar tayyorlashda «Neft va gazni qayta ishlash korxonalari
jihozlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish» fanining
alohida o‘rni bor.
Bu fan talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o‘zlashtirishga,
qaysi usul bilan ishlab chiqarish intensivligini
oshirish va texnologik
qurilmalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy texnika va uning rivojlanish
istiqbollarini hisobga olgan holda malakali mutaxassislarni
tayyorlashda uzluksiz mukammallashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach neft va gazni qayta ishlash
sanoatida keskin o‘zgarishlar ro‘y berib, yangi texnologiyalar
amalda qo‘llanilib, rivojlanish boshlandi. Bunday o‘zgarishlar
jarayon va qurilmalar haqidagi fanning
yanada yuqori darajaga
ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga
ko‘tarilishiga hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham
o‘z hissasini qo‘shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o‘rganish,
modellashtirish va hisoblash ishlarining misli ko‘rilmagan
imkoniyatlarini yaratdi.
Òavsiya etilayotgan o‘quv qo‘llanma fanning tasdiqlangan
dasturiga binoan tuzilgan bo‘lib, talabalarning fizika, kimyo,
matematika, issiqlik va sovitish texnikasi
va boshqa fanlardan
o‘zlashtirgan bilimlarini hisobga olgan.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatlarida turli xil xomashyolar
qayta ishlanadi va natijada qattiq, suyuq, bug‘ va gaz agregat
holatlaridagi turli-tuman tayyor mahsulotlar olinadi. Har bir
jarayon va qurilmalarni hisoblash
uchun xomashyo va mahsu-
lotlarning xossalarini bilish zarur.
O‘quv qo‘llanma birinchi marta chop etilayotganligi bois,
ayrim xato va kamchiliklardan xoli deb bo‘lmaydi. Shu sababli,
kitobning sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr
mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Mualliflar
KIRISH