Issiqlik almashuvchi jihozlari – oqim bilan chiqib ketayotgan
issiqlikni regeneratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu jihozni
qo‘llashdan maqsad, sovuq oqimni isitish yoki issiq oqimni
sovitish, ayrim hollarda unisi ham, bunisi ham barobariga.
Isitkichlar – distillyat yoki reagentlarni issiqlik berish hisobiga
isitish jihozlari. Bu jihozlarning asosiy maqsadi isitishdir. Issiqlik
beruvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Suv bug‘i
kondensirlanganda yuqori issiqlik berish koeffitsiyentiga ega. Issiqlik
beruvchi sifatida quvurli pechlarda qizdirilgan yuqori haroratda
qaynovchi neft mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |