Kondensatorlar – sovitiladigan moddaga o‘z issiqligini
berayotgan bug‘larni kondensirlab sovitiladigan jihoz.
Sovitkichlar – sovuq oqimlarni sovitadigan jihoz. Agar sovitish
jarayonida suyuqlik oqimidan kristall modda ajralib chiqsa, unday
sovitish jihoziga kristallizator deyiladi.
Kondensatorlarda, sovitkichlar va kristallizatorlarda boradigan
asosiy jarayon issiq muhitni sovitishdir.
Eng arzon sovituvchi agent – quvurlar orqali yoki aylama
sistemasidan beriladigan suv. Aylanma sistemalarida suv ko‘p marta
gradirnyalarda sovitib ishlatiladi. Havo bilan sovitiladigan jihozlarda
sovituvchi sifatida havo ishlatiladi. Muhitni past haroratgacha
sovitish uchun bug‘lanadigan muzlatuvchi agentlar – ammiak,
propan, etan, freon va boshqalar ishlatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |