Neft va gaz konlarini o‘zlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini monitoring qilish tizimini takomillashtirish to‘G‘risida


-bob. Monitoring tizimini tashkil etish va monitoringni amalga oshirish tartibi



Download 32,18 Kb.
bet4/7
Sana07.04.2022
Hajmi32,18 Kb.
#533200
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

2-bob. Monitoring tizimini tashkil etish va monitoringni amalga oshirish tartibi
7. Monitoring tizimi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
8. Monitoring tizimi ma’lum bir obyektni vaqt oralig‘ida kuzatish, ma’lumotlar sifatini tahlil qilish va kuzatuv natijalari bazasini yaratish uchun qurilmalar, dasturlar va usullar majmuasidan iborat.
9. Respublika hududida mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari monitoring obyektlari hisoblanadi.
10. Monitoring neft va gaz konlarida o‘zaro hamkorlik asosida aniq ajratilgan obyektlar bo‘yicha monitoring ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
11. Monitoring Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom, mazkur nizom, shuningdek, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish shart-sharoitlariga, konlarni ishga tushirish rejalari va yer qa’rining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Monitoringni amalga oshirish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlanadi.
12. Monitoring tizimida mahalliy (ishlab chiqarish) darajada seysmologik, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlari amalga oshiriladi.
Seysmologik kuzatuvlar o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan hududiy seysmiklikni mintaqaviy hamda kamida 4 ta mahalliy seysmik stansiyalar yordamida muntazam seysmometrik o‘lchovlar asosida o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Kuzatuvlar natijalari bo‘yicha hududiy seysmiklik to‘g‘risida axborotlar jamlanadi, qayta ishlanadi, mahalliy zilzilalar bazasi yaratiladi, texnogen jarayonlarning seysmiklikka ta’siri baholanadi.
Geofizik kuzatuvlar o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti (keyingi o‘rinlarda — Seysmologiya instituti) tomonidan geofizik maydonlarning o‘zgarishi dinamikasini maydon bo‘yicha joylashtirilgan doimiy va qayta kuzatuv nuqtalarida o‘tkaziladigan o‘lchovlar asosida o‘rganish orqaliamalga oshiriladi. Bunda qayta kuzatuv nuqtalarida maydonlarni o‘lchash sikllari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kuzatuvlar natijalari bo‘yicha konlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rganilayotgan parametrlardagi o‘zgarishlar aniqlanadi hamda hududdagi seysmogeodinamik holat baholanadi.

Download 32,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish