Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


-rasm. Uchlik turidagi juft favvora



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

9.3-rasm. Uchlik turidagi juft favvora 
armaturasi: 
1-ikkita  otma  chiziq;  2-lubrikatorlar  3-tо‘g‘ri 
oqimli  markaziy  zulfin;  4-shtuser;  5-  juftli 
tо‘g‘ri oqimli zulfin; 6- ikki о‘tishli о‘zgartma; 
7; 8- konussimon quvur tutqich; 9- konussimon 
quvur tutqichli chorbarmoq; 10- zulfin;   
 
9.4-rasm. 
“Nasos-favvora” 
turida 
MQEBNni  qо‘llash  orqali  ikkita  qatlamni 
alohida ishlatish sxemasi:  
1- paker;  2- nasos; 3-maxsus kojux;  4- 
ajratgich; 5- plunjer; 6-quvurli yakor;  7-NKQ;  
8- elektr kabeli; 9- favvora armaturasi; 10-
boshqaruv stansiyasi; 11-transformator. 
 
 
 
  


 
61 
Jamlanmaning hamma PED (2), PSEN (5), ajratgichning (4) aylanma kanali 
(12)  va  quvurli  yakori  (6)  kabel  yordamida  (8)  NKQda  quduqqa  tushiriladi. 
Yig‘maning  dum  qismi  paker  kanaliga  (1)  kiradi  va  u  yerda  rezina  manjeti 
yordamida  zichlanadi.  Yerning  usti  qismiga  favvora  armaturasi  (9),  boshqaruv 
stansiyasi (10) va avtotransformator (11) о‘rnatiladi. 
 
Bu  qurilmada  pastki  favvora  qatlamining  almashtiriladigan  plunjerning 
shtuseriga  (5)  va  ajratgichga  suyuqlikni  kirib  kelishi  uchun  kojuxning  о‘rniga 
aylanma quvurchadan  (12) foydalaniladi.  
 
Suyuqlik  yuqoridan    nasos  qatlamidan  mustahkamlash  kolonnasi  va  BED  
(botma elektr dvigateli) va MQEBNlarning halqali oralig‘idan yuqoriga kо‘tariladi 
va nasosning tо‘rli qabuliga yetib boradi. 
Teskari  sharikli  klapan  orqali  suyuqlik  NKQga  beriladi.  Ajratgichning  (4) 
yuqori  qismida  suyuqlik  aralashadi.  Markazdan  qochma  nasosning  ustida 
NKQning  tashqarisida  quvurli  yakor  (6)  о‘rnatiladi,  quvurlarning  (7)  og‘irlik 
yukini  qabul  qiladi  va  uni  mustahkamlash  kolonnasidagi  shlipsli  tirkamasiga 
uzatadi.  Ajratgich  (1)  pakerning  pastki  qismida  prujinasini  tagida  sharikli  klapan 
mavjud,  tо‘plamlarni  kо‘tarib  olishda  xvostovik  bilan  bо‘shatiladi  va  quduqdagi 
favvora  qatlam  pastki  qismidan  suyuqlikni  kirib  kelishini  berkitadi.  Bunday 
sharoitda quduqni uchirmasdan og‘ir suyuqlik bilan ta’mirlash ishlarini olib borish 
imkoniyati  bо‘ladi.  “Nasos-favvora”  sxemasida  ishlaydigan  jihozlarni  kо‘tarib 
olishda  yuqori  qatlam  ishdan  tо‘xtatiladi,  fontan  qatlamida  quduq  tо‘g‘ri  yoki 
teskari yuviladi va unga og‘ir suyuqlik haydaladi (9.6-rasm). Yuvishda suyuqlikni 
sirkulyatsiyasi  ajratgichning  (4)  yon  teshigi  orqali  amalga  oshiriladi  va  u 
yuqoridagi  favvora  qatlamidan  suyuqlikni  kirib  kelishi  uchun  hamma  vaqt  ochiq 
bо‘ladi.  Yuvuvchi  suyuqlikni  pastdagi  nasos  yordamida  ishlatiladigan  qatlamga 
yutilishini  oldini  olish  ajratuvchi  paker  va  uning  pastki  qismidagi  teskari  klapan 
bilan amalga oshiriladi va bunda jihozlar kо‘tarib olinganda paker quduqda qoladi. 
Ajratuvchi  pakerni  tushirish  va  о‘tqazish  NKQda  tushiriladigan  maxsus 
о‘tqazadigan asbob yordamida oldindan amalga oshiriladi.  
Ikkala  qatlamni  ham  shtangali  nasoslar  yordamida  ishlatish  juda 
murakkabdir. Kо‘pgina konstruktorlik byurolari va loyihaviy institutlari tomonidan 
ikkita  qatlamni  bir  quduq  orqali  alohida  ishlatadigan  qurilmalar  ishlab  chiqilgan. 
Bu konstruksiyalarning hammasi standart jihozlardan tо‘liq foydalanish prinsipiga 
asoslangan, suqma va nosuqma nasoslar, MQEBN va h.k. Kichik maxsus tugunlar 
qо‘shilganda  jihozlarni  о‘rnatishda  yoki  olib  chiqishdagi  qiyinchiliklar,  ta’mir 
ishlarida, pakerlarni  ushlanib qolishi,  mexanik chо‘kindilarni  va tuzlarni  yuvishda 
yuvishdagi  qiyinchiliklar,  har  bir  qatlamni  debitini  aniqlashni  va  ularni 
tadqiqotlashning imkoniyatining yо‘qligi, paker tagidagi gazni chiqarib yuborishni 
qiyinligi,  tо‘lish  koeffitsiyentini  yaxshilashni  murakabligi,  alohida  ishlatishda 
о‘rnatilgan  jihozlarning  foydalanish  koeffitsiyentini  pastligi  sababli  ishlab 
chiqarishda keng qо‘llanilmagan. 
SHQN-SHQN  sxemasi  bо‘yicha  har  bir  qatlamdan  suyuqlik  juftli  shtangali 
nasoslar yordamida amalga oshiriladi va harakatlanadigan qismi maxsus shtangalar 
bilan  biriktirilgan  (9.6-rasm).  Ikkala  nasos  ham  bir  quvurlar  birikmasi  orqali 
tushiriladi va tebratma-dastgohning bitta shtangasi kolonnasi yordamida harakatga 
keltiriladi.  


 
62 
 
 
 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish