9.3-rasm. Uchlik turidagi juft favvora
armaturasi:
1-ikkita otma chiziq; 2-lubrikatorlar 3-tо‘g‘ri
oqimli markaziy zulfin; 4-shtuser; 5- juftli
tо‘g‘ri oqimli zulfin; 6- ikki о‘tishli о‘zgartma;
7; 8- konussimon quvur tutqich; 9- konussimon
quvur tutqichli chorbarmoq; 10- zulfin;
9.4-rasm.
“Nasos-favvora”
turida
MQEBNni qо‘llash orqali ikkita qatlamni
alohida ishlatish sxemasi:
1- paker; 2- nasos; 3-maxsus kojux; 4-
ajratgich; 5- plunjer; 6-quvurli yakor; 7-NKQ;
8- elektr kabeli; 9- favvora armaturasi; 10-
boshqaruv stansiyasi; 11-transformator.
61
Jamlanmaning hamma PED (2), PSEN (5), ajratgichning (4) aylanma kanali
(12) va quvurli yakori (6) kabel yordamida (8) NKQda quduqqa tushiriladi.
Yig‘maning dum qismi paker kanaliga (1) kiradi va u yerda rezina manjeti
yordamida zichlanadi. Yerning usti qismiga favvora armaturasi (9), boshqaruv
stansiyasi (10) va avtotransformator (11) о‘rnatiladi.
Bu qurilmada pastki favvora qatlamining almashtiriladigan plunjerning
shtuseriga (5) va ajratgichga suyuqlikni kirib kelishi uchun kojuxning о‘rniga
aylanma quvurchadan (12) foydalaniladi.
Suyuqlik yuqoridan nasos qatlamidan mustahkamlash kolonnasi va BED
(botma elektr dvigateli) va MQEBNlarning halqali oralig‘idan yuqoriga kо‘tariladi
va nasosning tо‘rli qabuliga yetib boradi.
Teskari sharikli klapan orqali suyuqlik NKQga beriladi. Ajratgichning (4)
yuqori qismida suyuqlik aralashadi. Markazdan qochma nasosning ustida
NKQning tashqarisida quvurli yakor (6) о‘rnatiladi, quvurlarning (7) og‘irlik
yukini qabul qiladi va uni mustahkamlash kolonnasidagi shlipsli tirkamasiga
uzatadi. Ajratgich (1) pakerning pastki qismida prujinasini tagida sharikli klapan
mavjud, tо‘plamlarni kо‘tarib olishda xvostovik bilan bо‘shatiladi va quduqdagi
favvora qatlam pastki qismidan suyuqlikni kirib kelishini berkitadi. Bunday
sharoitda quduqni uchirmasdan og‘ir suyuqlik bilan ta’mirlash ishlarini olib borish
imkoniyati bо‘ladi. “Nasos-favvora” sxemasida ishlaydigan jihozlarni kо‘tarib
olishda yuqori qatlam ishdan tо‘xtatiladi, fontan qatlamida quduq tо‘g‘ri yoki
teskari yuviladi va unga og‘ir suyuqlik haydaladi (9.6-rasm). Yuvishda suyuqlikni
sirkulyatsiyasi ajratgichning (4) yon teshigi orqali amalga oshiriladi va u
yuqoridagi favvora qatlamidan suyuqlikni kirib kelishi uchun hamma vaqt ochiq
bо‘ladi. Yuvuvchi suyuqlikni pastdagi nasos yordamida ishlatiladigan qatlamga
yutilishini oldini olish ajratuvchi paker va uning pastki qismidagi teskari klapan
bilan amalga oshiriladi va bunda jihozlar kо‘tarib olinganda paker quduqda qoladi.
Ajratuvchi pakerni tushirish va о‘tqazish NKQda tushiriladigan maxsus
о‘tqazadigan asbob yordamida oldindan amalga oshiriladi.
Ikkala qatlamni ham shtangali nasoslar yordamida ishlatish juda
murakkabdir. Kо‘pgina konstruktorlik byurolari va loyihaviy institutlari tomonidan
ikkita qatlamni bir quduq orqali alohida ishlatadigan qurilmalar ishlab chiqilgan.
Bu konstruksiyalarning hammasi standart jihozlardan tо‘liq foydalanish prinsipiga
asoslangan, suqma va nosuqma nasoslar, MQEBN va h.k. Kichik maxsus tugunlar
qо‘shilganda jihozlarni о‘rnatishda yoki olib chiqishdagi qiyinchiliklar, ta’mir
ishlarida, pakerlarni ushlanib qolishi, mexanik chо‘kindilarni va tuzlarni yuvishda
yuvishdagi qiyinchiliklar, har bir qatlamni debitini aniqlashni va ularni
tadqiqotlashning imkoniyatining yо‘qligi, paker tagidagi gazni chiqarib yuborishni
qiyinligi, tо‘lish koeffitsiyentini yaxshilashni murakabligi, alohida ishlatishda
о‘rnatilgan jihozlarning foydalanish koeffitsiyentini pastligi sababli ishlab
chiqarishda keng qо‘llanilmagan.
SHQN-SHQN sxemasi bо‘yicha har bir qatlamdan suyuqlik juftli shtangali
nasoslar yordamida amalga oshiriladi va harakatlanadigan qismi maxsus shtangalar
bilan biriktirilgan (9.6-rasm). Ikkala nasos ham bir quvurlar birikmasi orqali
tushiriladi va tebratma-dastgohning bitta shtangasi kolonnasi yordamida harakatga
keltiriladi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |