Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


 Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

9.3. Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari 
 
Favvorali  qatlamlarni  alohida  ishlatishda  uchlik  turidagi  juft  favvora 
armaturasidan foydalaniladi (9.3-rasm). 
Tizma boshchasini  ustiga quvur boshchasi о‘rnatiladi, u chorbarmoqdan (9) 
tashkil  topgan  bо‘ladi,  unga  yon  oraliq  orqali  zulfin  (10)  biriktirilgan.  Zulfinning  
yuqoridagi    konussimon  yо‘nilmasiga  ikkita  konussimon  quvur  tutqich  (9,8) 
joylashtirilgan bо‘ladi va ularga parallel quvurlar tizmasi osiladi. Chorbarmoqning 
ustiga  ikkita  о‘tish  teshigi  bor  uzgartma  (6)  о‘rnatilgan.  Yuqoridagi  flanetsga 
qо‘shma tо‘g‘ri oqimli zulfin (5) о‘rnatilgan. Qatlamning ish rejimi quduq ustidagi 
otma chiziqqa о‘rnatilgan shtuserlar yordamida (1;4) boshqariladi. 
Armaturaning yuqori qismiga tо‘g‘ri oqimli markaziy zulfinga (3) librikator 
(2)  о‘rnatiladi.  Yuqorida  keltirilgan  jihozning  haqiqiy  tuguni  chorbarmoq  (9) 
hisoblanadi va u konussimon quvur tutqichli bо‘ladi, qolgan tugunlari va detallarni  
favvora armaturasi egallaydi. 
Jihozlar  konstruksiyasi  yordamida  ketma-ket  tartibda  nasos-kompressor 
quvurlar  tushiriladi,  ponali  tutqichlar  va  elevatorlar  bilan  ishlanadi,  preventordan 
foydalanish hamda quduqni tо‘g‘ri va teskari yuvish amalga oshiriladi. 
Quduq  usti  jihozlari  yuqoridagi  quvurga  buralgan  konduktor  flanetsiga 
о‘rnatiladi  va boltlar  vositasida  mahkamlanadi. Chorbarmoqning  yuqori  flanetsiga 
tayanch flanets mahkamlanadi va unga teshikli tayanch shayba joylashtiriladi va u 
orqali saqlab turuvchi NKQning tizmasi о‘tkaziladi. 
Preventorni  joylashtirish  uchun  tayanch  flanetsdan  yuqoriga  burilgan  kalta 
quvurchali flanets  joylashtiriladi. 
Quduq nasoslari bilan qatlamlarni ishlatishda tizma boshchasining flanetsiga 
shpilka  yordamida  mahkamlangan  planshaybalardan  foydalaniladi.  Planshaybada 
ikki pog‘onali yо‘nilma mavjud va unga ikki mufta kirgizilgan. 
Muftalar  va  planshaybalar  oralig‘idagi  tirqish  masofa  halqali  zichlama 
yordamida germetiklangan. Muftaning pastki qismidagi rezbaga nasos-kompressor 
quvurlar,  yuqori  qismidagi  rezbaga  esa  quduq  usti  sal’niklari  biriktiriladi.  Quduq 
usti sal’nikining har bir korpusining yonida flanetsli olib chiquvchi chiziq mavjud 
bо‘lib,  qatlam  mahsulotlarini  tashish  uchun  xizmat  qiladi,  yuqori  qismi  esa 
zichlama bilan ta’minlangan bо‘ladi va rostlovchi gayka bilan tortiladi. 
Qatlamga  haydaladigan  belgilangan  suv  sarfini  ta’minlash  uchun  sarf 
rostlagichlar qо‘llaniladi, qatlamni  ishlatish sharoitiga bog‘liq  holda  haydaladigan 
suyuqlikni sarfi yoki bosimini doimiy saqlab turadi. 
Sarf  о‘lchagichlarda  suyuqlikni  oluvchi  rostlagichlar  qо‘llaniladi,  ular 
quduqqa  simlar  yordamida  tushiriladi  va  о‘rnatiladi.  Sarf  rostlagich  qatlamdan 


 
59 
suyuqlikning  olinishini  doimiy  ta’minlaydi  va  bosim  pasayganda  yoki  NKQning 
ichida,  bosim  oshganda  ham  qatlamga  qarshi  oqimni  paydo  bо‘lishiga  yо‘l 
qо‘ymaydi. 
Quduq  ichidagi  jihozlarda  uchrashuvchi  oqimlarni  hosil  qiluvchi,  suyuqlik 
oqimini yо‘naltiradigan nasos-kompressor quvurlar orqali quvur orqa halqasi yoki 
teskarisiga ketuvchi oqimlarni kesuvchi tugunlar qо‘llaniladi xuddi, shunday mufta 
pakerning  ustiga  ham  о‘rnatiladi.  Bunday  holatda  NKQ  tizmasiga  uzatiladigan 
suyuqlik halqa fazosiga chiqadi, tizma quvurlar orqali pastga ketuvchi suyuqlik esa 
halqa fazosi orqali yо‘naltiriladi. 
Paker  uzoq muddat quvur tizmasini ichki bо‘shlig‘ini ajratish uchun xizmat 
qiladi  hamda  zichlamali  qurilmalarni  va  quduq  ichidagi  jihozlarning  har  xil 
elementlarini qо‘zg‘almasdan turishini ta’minlaydi. 
Paker katta zо‘riqish, bosim va harorat ostidagi murakkab sharoitda ishlaydi 
xamda atrofdagi yemiruvchi muhit ham ta’sir qilishi mumkin. 
Alohida  ishlatish  uchun  murakkab  qurilmalarda  markazdan  qochma  elektr 
botma  nasoslardan  (MQEBN)  foydalanildai  (9.4-rasm).  Yer  osti  jihozlari  ikki 
qatlamning  oralig‘iga  о‘rnatiladigan  pakerdan,  markazdan  qochma  nasosdan 
tashkil  topgan,  elektr  dvigatelning  va  nasosning  gidravlik  himoyalash 
qurilmasining  ustidagi  suyuqlikni  pastki  qatlamdagi  pakerning  tagidan  MQEBN 
qabul  tо‘riga  uzatish  uchun  maxsus  kojux  (3)  kiydiriladi;  ajratgich  (4)  plunjer 
yordamida (5) quduqning quvurlar oralig‘i fazosini NKQning ichki bо‘shlig‘i bilan 
tutashtirish  imkoniyatini  beradi.    Suyuqlik  pastki  qatlamdan  paker  orqali  halqali 
zazor  bо‘ylab  kojux  (3)  va  nasos  (2)  oralig‘idan  kо‘tariladi,  elektr  dvigatelni 
sovutadi  va  uzgarmadagi  kanal  bо‘ylab  uzgartmadan  yuqorida  joylashgan 
kojuxning markazdan qochma nasosning qabuliga beriladi. 
Keyin  teskari  klapan  va  ajratgich  (4)  almashtiriladi,  suyuqlik  pastki 
qatlamdan NKQga tushadi. Yuqoridagi favvora qatlamidan suyuqlik halqali oraliq 
bо‘ylab  mustahkamlash  va  MQEBNning  kojuxi  oralig‘idan  о‘tadi,  ajratgichga 
yetib keladi hamda ajratgich va plunjerdagi (5) teshik orqali NKQga kelib tushadi.   
Shunday  qilib  ikkala  qatlamlarni  suyuqligi  ajratgichdan  yuqorida  aralashadi  va 
NKQ bо‘ylab kо‘tariladi.   
Ajratgichga  (4)  almashtiriladigan  plunjer  (5)  о‘rnatiladi,  yuqori  favvora 
qatlamidan  о‘rnatilgan  meyordagi  suyuqlikni  olishga  bog‘liq  holda  belgilangan 
diametrdagi shtuser о‘z vaqtidan oldinroq almashtiriladi. 
Plunjer  (5)  qirg‘ichli  о‘tkazgich  bilan  lubrikator  yordamida  tutqich  yoki 
о‘tqazuvchi  moslama  orqali  NKQga  tushiriladi.  Ikkita  teskari  klapan  (birinchisi 
paker  tagida,  ikkinchisi  MQEBNning  ustida)  va  ajratgichning  (4)  mavjudligi  
NKQlari  oralig‘idagi  fazo  yoki  NKQ  va  quvurlar  oralig‘idagi  fazo  orqali  (tо‘g‘ri 
va  teskari)  yuvish  amalga  oshiriladi  va  yuqori  qatlam  о‘zlashtiriladi.  Favvora 
qatlami  о‘zlashtirilgandan  keyin  uning  ish  rejimini  о‘rnatish  va  plunjerni  (5) 
tushirish  ishlari  amalga  oshiriladi  hamda  kerakli  shtuser  bilan  nasosni  ishga 
qо‘shish orqali pastki qatlam о‘zlashtiriladi. 
Yuqorida  keltirilgan  yer  osti  jihozlari  quduqqa  NKQ  yordamida  tushiriladi 
va  maxsus  plashkali  quvur  yakori  (6)  bilan  mustahkamlash  kolonnasiga  osib 
qо‘yiladi  va  elektr  kabelni  (8)  о‘tishi  oldindan  mо‘ljallanadi.  Quvurli  yakor  (6) 
NKQdan  (7)  yuklarni  qabul  qiladi  va  uni  osilgan  nasos  jihozlariga  uzatmaydi.  


 
60 
Quduqning  usti  qismiga  oddiy  favvora  armaturasi  (9)  MQEBNlarni  boshqarish 
stansiyasi  P-avtotransformator  bilan  birgalikda  о‘rnatiladi.  Bu  qurilma  quduqni 
oddiy  usulda  tadqiqot  qilishga  yо‘l  bermaydi.  Ajratgichning  usti  (4)  qismidagi 
NKQ  orqali  manometr  yordamida  bosim  о‘lchanadi.  Bu  bosimni  va  plunjerning 
shtuseridagi  (5)  bosim  yо‘qotilishini  bilgan  holda  favvora  qatlamidagi  yuqori 
qatlam  qarshisidagi  bosim  aniqlanadi.  Shtuserlarni  almashtirib  va  ajratgichning 
ustidaga bosimni о‘lchab ikkala qatlamlardagi umumiy bosimni о‘zgarishini quduq 
tubi  bosimiga  bog‘liqligini  olish  mumkin.  Bunday  ma’lumot  yordamida  ikkala 
qatlam  uchun  indikator  chizig‘ini  qurib  bо‘lmaydi.  Suyuqlikni  harakatlanishi 
uchun  bitta  kanalning  mavjudligi  tufayli  parafin  yotqiziqlar  bilan  kurashish 
muamolari  hal  qilinadi.  Parafin  yotqiziqlarini  oldini  olishda  shisha  quvurlardan 
yoki  parafin  yotqiziqlarni  tozalashni  boshqa  usullaridan  foydalaniladi.  “Favvora-
nasos”  sxemasida  ishlaganda  (9.5-rasm)  qatlamlar  ajratgichlar  yordamida 
ajratiladi,  rezinali  manjet  pastga  yuqori  bosimga  ega    bо‘lgan  favvora  qatlamiga 
qaratiladi. Bu holatda paker о‘zini-о‘zi zichlaydi.
  
 
 
 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish