Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


 Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

10.3. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati 
 
Qatlam  bosimini  saqlab  turish  uchun  katta  hajmdagi  suvdan  foydalaniladi. 
Bunday muammolarni hal qilish uchun ishonchli va suvga boy bo’lgan manbalarni 
izlash  suvning  sifatini  asoslash  va  uni  tayyorlash  texnologiyasini  ishlab  chiqish 
talab  qilinadi.  Haydaladigan  suvning  sarfi  ishlatish  bosqichlarini  aniqlaydi[29] 
(10.2-rasm). 
Qatlamga  haydaladigan  suvning  manbalari  har  xil  bo’ladi.  Hozirgi  vaqtda 
har  xil  manbalardagi  suvlardan  foydalaniladi:  ochiq  suv  havzalari  (daryo,  ko’llar, 
suv  omborlari,  dengizlar);  gruntlarni  (o’zan  tagi  va  artezian);  chuqurlikdagi  (quyi 
va yuqori chuqurlikdagi suvlik qatlamlari); oqova suvlardan. 
Grunt  suvlari  kimyoviy  tarkibining  har  xilligi  bilan  tavsiflanadi 
(minerallashishi  100-200  mg/l),  ko’p  bo’lmagan  miqdorda  muallaq  zarrachalar 
ham mavjud bo’ladi. 
Ochiq suv havzalaridagi suvlarning tarkibining sifati bir oz to’g’ri kelmaydi, 
chunki uning tarkibida ko’p miqdorda mexanik aralashmalar (loylar yoki qumlar), 
ayniqsa jala va toshqin, qor erish davrida mexanik aralashmalar ko’payib ketadi va 
loylarni bo’kish xususiyatini kuchaytiradi. 
Chuqur  joylashgan  suvlilik  gorizontlarining  tarkibi  yuqori  darajada 
minerallashgan, shuning uchun qo’shimcha tozalash ishlari amalga oshiriladi.
 
 


 
68 
10.2-rasm. Suyuqlikning olishni nisbiy dinamikasi, suvni haydash, suvning 
iste’moli V va t vaqt bo’yicha neftberuvchanlik: 
1, 1 -erigan gaz rejimida neft qazib olish va neftberuvchanlik; 2, 2, 3 -mos ravishda 
suv  haydashda  neft  qazib  olish,  neftberuvchanlik  va  suyuqlikni  olish;  4-oqova 
suvlar to’liq qayta berilganda suvga talab; 5-haydaladigan suv sarfi;  
Shtrixlar:  tik  –  suv  haydab  neft  qazib  olish  samarasi;  qiya  shtrix  tejalgan 
suvlar. 
Oqova  suvlar  asosan  qatlam  suvlaridir.  Neft  bilan  birgalikda  qazib  olingan, 
chuchuk, neftni tayyorlash qurilmasiga uzatilgan va jala suvlaridan tashkil topgan. 
Ular  minerallashgan  (15-3000  g/l)  va  yaxshi  neftni  siquvchanlik  xossasiga  ega. 
Shu  bilan  birgalikda  ko’p  miqdordagi  neft  emultsiyasi,  mexanik  aralashmalar 
hamda uglerod oksidi (SO
2
) va oltingugurt (S) bo’ladi. 
Suv  manbalari  asosan  suvni  tayyorlashning  texnologiyasini  hisobga  olib 
texnik iqtisodiy ma’lumotlar tahlil qilib tanlanadi. 
Xuddi  shunday  texnologiya  asosida  “Muborakneftgaz”  UShKga  qarashli 
Ko’kdumaloq, Kruk va hakozo konlariga haydaladigan suvlar “Devxona” ko’lidan 
olib beriladi va tozalash jarayoni amalga oshiriladi. 
Qatlamga haydaladigan suvlarga qo’yilgan talablar va ularni almashtirish: 
1)  mahsuldor qatlamning xossasi; 
2)  uning tuzilishi va har xil jinsliligi;  
3)  haydaladigan suvning turi; 
4)  konda amalga oshiriladigan masalaning xususiyati. 
Mahsuldor  qatlamga  haydaladigan  suvga  qo’yilgan  klassik    talablar 
quyidagilar: 
1)  mexanik zarrachalarning tarkibini ko’p bo’lmasligi; 
2)  emulsiyali neftning miqdorini ko’p bo’lmasligi;  
3)  naporli  va  taqsimlovchi  quvur  uzatmalarga,  nasoslarga  haydovchi 
quduqning jihozlariga nisbatan korrozion inertlilik. 
4)  suvda  oltingugurt,  uglerod  ikki  oksidi,  suvdagi  jonli  organizmlar, 
jihozlarni 
korroziyasini 
jadallashtiruvchi 
mikroorganizmlarni 
va 
haydovchi quduqlarni qabul qiluvchanligini pasaytirgichilarning  mavjud 
bo’lmasligi. 
Suvda erigan kislorod metallni korroziyalanishini jadallashtiradi va qatlamda 
aerobli  bakteriyalarni  faol  rivojlanishini  keltirib  chiqaradi.  Uglerod  ikki  oksidi 
(CO
2
) suvning pH ko’rsatgichini pasaytiradi va metalldagi himoyaviy oksidlarning 
pardalarini parchalanishga olib keladi hamda jihozlarni korroziyasini tezlashtiradi. 
Oltingugurt  temir  bilan  reaktsiyalanib,  suv  bilan  chiqib  ketadigan  qattiq 
temir  sulfidni,  ikslorod  mavjud  bo’lganda  esa–oltingugurt  kislotasini  hosil  qiladi. 
U  suvda  kaltsiy  sulfat  uglevodorodlarini  neftning  tarkibida  uglerod  ikki  oksidini 
ajralib  tiklanishi  natijasida  va  kaltsiy  karbonat  ko’rinishida  paydo  bo’ladi.  Neft 
qazib oluvchi quduqlarning mahsulotini tarkibida uning mavjud bo’lishi neft qazib 
oluvchi jihozlarning korroziyalanishini kuchaytiradi. 
Qatlamga “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suv haydalgandi tuzning miqdoriga 
va  uning  tarkibiga  jiddiy  e’tibor  beriladi.  Haydaladigan  suvning  kimyoviy  tarkibi 
qatlam  sharoitidagi  suyuqlikning  tarkibi  bilan  mos  kelishi  o’zaro  taqqoslanadi. 
Suvdagi  mineral  suvlarning  tarkibi  va  miqdori  olti  komponentli  tahlil  asosidagi 


 
69 
metodika bo’yicha baholanadi: kaltsiy ionlari (Ca
2+
), magniy ionlari (Mg
2+
), natriy 
ionlarining  (Na
2+
)  ijobiyligi  (musbatligi)  va  salbiy  xlor  (Cl
2-
),  sulfat  (

2
4
SO
)  va 

3
HSO
  ionlari.  Ionli  tahlil  suvning  zichligini  pN  va  ko’rsatkichlarini  aniqlaydi.  Bu 
ionlarning  chegaraviy  qiymatlari  har  bir  ob’ektni  ishlash  ko’rsatkichlaridan  kelib 
chiqib individual aniqlanadi. 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish