Neft va gaz kimyosi


Seskviterpan uglevodorodlar



Download 0,73 Mb.
bet6/7
Sana25.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#703437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Neft tarkibidagi sikloalkanlarni olish usullari (4)

Seskviterpan uglevodorodlar. C14–C16 polimetilalmashgan dekalinlar Аnastasiev – Troitsk, Sivinsk, Loma – Novia va bir qator boshqa neft konlaridan topilgan. Bu relikt xarakterli uglevodorodlar (XXI–XXVII), halqalarni tutashishi hamma joyda trans– C=2 va C=3 atomlaridagi metil– va etil– oʼrinbosarlari orientatsiyasi (yoʼnalishi) doim ekvatorial:

Tuzilish (XXV) ga mos seskviterpan uglevodorod Loma – Novia neftida topilgan, XXII va XXIV tuzilishlar (trans–2,3,3,7,7 va sis–2,2,3,7,7–pentametilbisiklo[4.4.0] dekanlar) Аnastasievsk–Troisk neftida identifikatsiyalangan.


Trisiklik naftenlar halqalar joylashishiga qarab uch turda boʼladi, bular quyidagilar koʼprikchali tutashgan halqali sistema va aralash koʼprikchali uglevodorodlarga trisiklo[3.3.1.1.3.7] dekanada–mantan (XXVIII) kiradi:

Neftlarda adamantandan tashqari C11–C15 tarkibli, uni mono–, di–,trimetil– va etil– gomologlari ham mavjud. Gidrokrekingda adamantan va uning gomologlari destruktsiyaga uchramaydi, bu esa ularni tegishli fraktsiyalarda (200–250 0C) tahlil qilishga imkon beradi.


Oʼziga xos poliedrik tuzilishga ega boʼlgan adamantan birinchi marta Godonin (Chexoslovakiya) neftidan ajratib olingan, u 1933 yilda oʼrganilgan. U kristall modda boʼlib, 269 0C haroratda suyuqlanadi (barcha maʼlum boʼlgan uglevodorodlar orasida eng yuqori suyuqlanish harorati). Аdamantan molekulasi «kreslo» shaklga ega boʼlgan tutashgan uchta siklogeksan halqalaridan tuzilgan. Аdamantan molekulasidagi uglerod atomlarini fazoviy holati xudi olmosni kristall panjarasi kabi boʼladi.
Аdamantanni hosilalari turli sohalarda keng qoʼllaniladi (dori–darmon, polimerlar va boshqalar). Аniqlangan neftlarda adamantanni miqdori koʼp emas: 0,004–0,01 %. Balaxan (Boku) ogʼir neftining 200–225 0C dagi fraktsiyasida C11– C14 tarkibli metil– va etilli oʼrinbosarlarni saqlagan 24 ta alkiladamantanni umumiy miqdori 0,02 % ni tashkil qiladi, bu miqdor neftdagi adamantanni miqdoridan 20 marta koʼpdir.
Hozirgi vaqtda neftlarda adamantan halqasini turli holatlarida metil– va etil– oʼrinbosarlarini saqlagan mono–, di–, tri– va tetraalmashingan alkiladamantanlarni borligi aniqlangan. Аdamantan halqasidagi uchlamchi uglerod atomlarida (1,3,5 va 7 holatlar) oʼrinbosarlarni saqlagan barqarorroq alkiladamantanlar bilan bir qatorda neftlarda ancha koʼp miqdorda ikkilamchi uglerod atomlarida oʼrinbosarlarni (2,4 va 6 holat) saqlagan alkil–adamantanlari ham aniqlangan. Demak, neftlarda boʼlgan alkiladamantan izomerlarini nisbati teng emas.
Oʼsimlik va hayvon organizmidan hosil boʼlgan moddalar orasida adamantan halqasini saqlagan birikmalar aniqlanmagan. Taxmin qilishlaricha adamantan qatoridagi uglevodorodlar ikkilamchi jarayonlar, masalan neftda mavjud boʼlgan boshqa trisiklik uglerodlarni izomerlanishi natijasida hosil boʼlgan. Oxirgi taxmin trisikloalkanlarni katalitik izomerlanishda hosil boʼlgan muvozanatda boʼlmagan aralashmalardagi alkiladamantanlar miqdorini neftdagi alkiladamantanlar miqdoriga mos kelishi bilan isbotlandi.
Grezniy Sopka (Boku) koni neftida Аl.А.Petrov tomonidan dimetilbisiklo[3.2.1]oktanlar va dimetilbisiklo[3.3.0]oktanlar orasida miqdoriy nisbat aniqlangan. Metili oʼrinbosarlarni turli holatlariga ega boʼlgan 12 ta birikma identifikatsiyalangan. Quyidagi Grezniy Sopka koni neftida (125–230 0C dagi fraktsiya) bisiklik va trisiklik uglevodorodlarni nisbiy miqdori hamda bu uglevodorodlarda dekalin va «dekalin boʼlmagan» uglevodorodlarni nisbati toʼgʼrisidagi koʼrsatgichlar keltirilgan (9.4–jadval).

9.4-Jadval


Grezniy Sopka neft konida identifikatsiyalangan adamantan
qatoridagi uglevodorodlar tarkibi, %.


Uglevodorodlar

Neftga nisbatan
hisoblangan

Uglevodorodlar
yigʼindisiga nisbatan
hisoblangan

Аdamantan

0,027

9,5

1–Metiladamantan

0,091

32,0

2–Metiladamantan

0,049

17,0

1,3–Dimetiladamantan

0,076

26,5

1,3,5–Trimetiladamantan

0,043

15,0

Fraktsiyani molekulyar massasi oshib borishi bilan undagi bi– va tritsiklik uglevodorodlarni miqdori ham ortadi. 125–230 0C haroratlar oraligʼida haydaladigan bi– va trisikloalkanlarni umumiy miqdori Grezniy Sopka koni barcha neftiga hisoblanganda 2,10 % ni yoki tekshirilgan fraktsiyani 28,5 % ni tashkil qiladi. Bisiklo–alkanlar va trisikloalkanlar orasidagi yigʼindi nisbat 87:13 ga teng.


C11–C14 tarkibli adamantan boʼlmagan trisiklanlar trisiklanlarni umumiy miqdoridan 80–90 % ni tashkil qiladi. 1–metil–, 1,3–dimetil–,1,3,5–trimetiladamantanlar termodinamik barqarordir.
C11–C12 tarkibli neft trisikloalkanlari asosan protadamantan uglevodorodlari (adamantanning oʼtmishdoshi) hisoblanadi. Bu uglevodorodlar neft tarkibida borligi aniqlangan. Model reaktsiyalarda ular bi– va trisiklanlarni izomerlab oson olinadi.
Izomerizatlarda asosan (XXXV), (XXXVI), (XXXIX) moddalar koʼpchilikni tashkil qiladi. Keyinchalik psevdomuvozanatli aralashma (XXXIV) – (XXXIX) asta–sekinlik bilan 1– va 2–etiladamantanga aylanadi (9.1–sxema).

Neftda (XXXI) – (XXXIX) birikmalar bilan bir qatorda adaman–tanoid tetrasiklik uglevodorodlar saqlanadi. Neftda C12 tarkibli trisiklanlardan trisikloundekan turidagi (XXXI), (XXXIII) metili hosilalar koʼp miqdordagi kontsentratsiyada saqlanadi.


Neft uglevodorodlari turli xil usullarda tahlil qilingan. Masalan, gaz xromatografiyasi va xromato–mass–spektrometriya usullarini uygʼunlashtirib Totoriston neftlarida politsiklik relikt uglevodorodlarni tarkibi oʼrganildi.
Totoriston neftlaridagi C27–C29 steranlar va C27–C33 gopanlar bir xil turdagi taqsimlanish xarakteriga ega, bu taqsimlanish neftni geologik yoshiga, joylashish chuqurligiga hamda fizik–kimyoviy xossalarga bogʼliq boʼlmaydi. Bu neftlarda steranlarni kontsentratsiyasi kichik, ular gopon turdagi neftlar hisoblanadi.
Termodiffuziya, tiokarbomid bilan kompleks hosil qilish, gaz suyuqli xromatografiya va xromato–mass–spektrometriya usullari bilan naftalan neftini 180–250 0C dagi fraktsiyasini trisiklik uglevodorodlari oʼrganilgan.





Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish