Neft va gaz ishi asoslari



Download 6,26 Mb.
bet38/38
Sana11.01.2022
Hajmi6,26 Mb.
#345541
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
2 5298968763897484686

V1=V-Ve=(G- αp1 )Qn (II.13)

Ikkinchi bosqich separatorida ajralgan erkin gazning miqdori quyidagiga teng



V2= α(P1- P2 ) Qn (II.14)

n- bosqich separatorida separatorida ajralgan gazning miqdori quyidagiga teng:



Vn= α(p n-1- p2 ) Qn (II.15)

bu yerda, V-quduqdan kelayotgan gazning miqdori, m3/sut; G-quduqdagi gaz faktori, m3/ m3; Qn –neft debiti, m3/kecha-kunduzda.



Masala. Tik separatorda gaz harakatining tezligi formuladan aniqlansin. Vg=?

V – normal sharoitdagi gazning debiti = 200 /soat

D – separatorning ichki diametric = 0.5m

P – separatordagi bosim = 1.2MPa

T – separatordagi mutlaq harorat = 280K (t=7°C)

Z – separatorda joylashgan gazlarni real xossalarini chetga chiqishini hisobga oluvchi koeffisienti = 0.8

= 5.8 * 10-3 * * 0.8 = 0.00087m/h.



XULOSA

Men bu mavzudan juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim, xususan neft qanday paydo bo’lgan, uning tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, uni qazib olish usullari, undan olinadigan mahsulotlar va yana bir qancha qiziqarli va foydali ma’lumotlar haqida bilib oldim.

Misol uchun, neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.

Neft va gaz qazib olish uchun yer yoki tog' jinslari maxsus burg'ulovchi qurilmalar (burovoylar) yordamida diametri 150-250 mm bo'lgan burg'u quduqchalar qaziladi. Burg'ulash qurilmasining balandligi 54 m. Burg'ulash qanday usulda olib borilmasin quduq chuqurlashib borgan sayin uzunligi 4,5 m va diametri 168 mm li quvurlar bir-biriga ulanib uzaytirib borilaveradi. Burg'ulash jarayonida hosil bo'lgan maydalangan jinslar quduqdan yuvuvchi suyuqlik (loyqa eritma) yordamida chiqarib tashlanadi.

Neftni yig’ishga kelsak, konda neft va gazni yig‘ish tizimi quduqdan to neft yoki gazni tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z ichiga oladi. Quduqlardan kelayotgan neftni yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari mavjud.

Ularga, Tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi. 1946 yilda Bakulik muhandislar tomonidan yaratilgan bu tizim birinchi yopiq holda ishlagan neft yig‘ish va tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi.

Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi. Bu tizim o‘z ichiga jamlangan to‘rtta yirik tizimlarni biriktirgan bo‘lib, Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimidan zamonaviyligi, qulayligi va mahsulot yo‘qotilishini minimumgacha kamaytirilganligi bilan farq qiladi.

Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi. Giprovostok tizimi neft yig‘ish va tayyorlash jarayonlarini yanada yiriklashtirish, bir yerda mujassamlashtirish va mahsulotlarni (neft, gaz, kondensat) bosim yetarli bo‘lmagan holda alohida jo‘natish uchun yaratilgan.

Neftni gazsizlantirishga kelsak, bu ishni asosan separatorlar amalga oshiradi.

Neft separatorlari — suv va gazni neftdan ajratishga xizmat qiluvchi qurilma. Ular tabiiy resurslarni qayta ishlash bosqichlaridan biri uchun ishlatiladi. 

Separator printsipi suyuqlikni qattiq va suyuq fazaga ajratadigan santrifüj kuchning ta'siriga asoslangan. Asosiy trubaga ko'ra, ishlab chiqarish barabanning yuqori qismiga kiradi, u erda og'ir elementlardan tozalanadi, u erdan plastinka ushlagichining kanallariga ko'chiriladi va keyin-ajratish xonasiga.

Kosmosdagi pozitsiyaga ko'ra, separatorlar quyidagi turlarga bo'linadi: vertikal; gorizontal; hidrosiklon.

Neftni tozalashga ya’ni undan keraksiz moddalarni ajratishga aytiladi. Ajratish quduqdan qazib olinganidan keyin neftni qayta ishlashning birinchi bosqichidir. Xom ashyoni distillash uchun tayyorlashdan oldin ham, gaz va suv va mexanik aralashmalarning" keraksiz " zarralarini tozalash kerak. Va faqat keyinchalik neft mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashga tayyorgarlik jarayonini boshlashingiz mumkin. Ajratish jarayoni bir necha bosqichda (bosqichlarda) amalga oshiriladi. Ajratish bosqichlari qanchalik ko'p bo'lsa, gazlangan neftning bir xil miqdordagi suyuqlik suyuqligidan chiqishi qanchalik katta. Shu bilan birga, separatorlarga kapital qo'yilmalar ko'paymoqda.

Yuqorida aytib o'tilganidek, ajratish bosqichlari soni ikki yoki uch marta cheklangan chunki Separatorlar 3xil vertikal, gorizontal va gidroklondir.

Neft, gaz va gazokondensat konlaridan qazib olinayotgan quduq mahsuloti gaz aralashmalari, to‘yingan suv bug‘lari, og‘ir uglevodorodlar, suyuq uglevodorodlar (neft yoki kondensat), suv, tog‘ jinslarining qattiq zarrachalari va boshqa komponentlardan tashkil topgan murakkab geterogen sistemani namoyon qiladi.

Shuning uchun gaz quvurlariga gaz uzatishdan oldin uni suyuq va qattiq fazalardan, hamda bug‘lar va og‘ir uglevodorodlardan ajratib olish kerak, negaki bosim va haroratning gaz quvurida o‘zgarishi natijasida kondensatsiya hodisasi yuz bermasligi lozim. Quduq mahsulotini gaz va suyuq fazalarga ajratish jarayoni separatsiya deb ataladi.

Neftni yig‘ish va tashishda ko‘p bosqichli ajratishni ham, uch bosqichli ajratishni ham qo‘llash mumkin. Lekin agar gazni qayta ishlash zavodi konga yaqin joylashgan bo‘lsa, uch bosqichli ajratishni qo‘llagan ma’qul.

Ajratishning birinchi bosqichida ajralgan gaz o‘zining bosimi ostida mahalliy extiyojlarga (isitish qozonxonalariga) yuboriladi. Ajratishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ajratilgan gaz yog‘li gaz (ko‘p miqdorli og‘ir uglevodorodlardan tashkil topgan) bo‘ladi. Bu gaz oldin kompressor stansiyalarida siqiladi, so‘ng gazni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.

Bu ma’lumotlar neft va gaz haqidagi bilim va ko’nikmalarimni yanada mukammalroq qilishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda

mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78

foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning

ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” ,

“Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi.

Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining

tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil

etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini

kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.

“Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq

yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi gaz-kimyo sanoati

yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu

loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir.

Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta’sischiligida amalga oshirilishi

mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga

ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat beradi.

Bundan ko’rinib turibdiki neft va gaz sanoati yaqin kelajakda yanada yangi va yuksak marralarga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


N.X.Ermatov, D.G‘.Azizova, N.M.Avlayarova, B.Yu.Nomozov, R.S.Bekjonov,

A.I.Abdirazаkov, M.X.Ashurov. Konda neft, gaz, suvni yig‘ish, tayyorlash va tashish.

O`quv qo’llanma. –T. 250 bet.



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi - Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya.

Муаллифлар: Б.Ш.Акрамов, О.Ғ. Ҳайитов, Б. Тураев

Конларда нефть, газ ва сувни йиғиш ва тайёрлаш. Тошкент

давлат техника университети: муаллифлар: Б.Ш.Акрамов,

О.Ғ.Ҳайитов, Тошкент, 2003й., 82 бет.

https://www.npommz.ru/blog/vidy-separatorov-nefti

https://sarrz.ru/blog_direktora/separacija_nefti.html



https://hozir.org/sharipova-hakima-shavkatovna-neft-va-gaz-kondensatlariga-asosl.html?page=2


Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish