Neft tarkibidagi alkanlarning xossalari



Download 169,76 Kb.
bet1/6
Sana11.07.2022
Hajmi169,76 Kb.
#774000
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Neft tarkibidagi alkanlarning xossalari


NEFT TARKIBIDAGI ALKANLARNING XOSSALARI


REJA

1. Neft tarkibidagi to'yingan alkanlar


2. Alkanlar.Tabiatda uchrashi va olinishi
3. Alifatik to’yinmagan uglevodorodlar


KIRISH
Neft — to'q qo'ng'ir yoki deyarli qora rangli, o'ziga xos hidli, moysimon suyuqlik. U suvdan yengil (zichligi 0,73 — 0,97 g/sm3), suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatdan neft — molekular massasi turlicha bo'lgan, asosan, suyuq uglevodorodlarning murakkab aralashmasi (ularda qattiq va gazsimon uglevodorodlar erigan) bo'ladi. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlari, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan iborat, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo'ladi. Boku va Emba neftlarida sikloalkanlar (besh va olti a'zoli halqali) ko'p, Grozniy va G'arbiy Ukraina neftlarida parafinlar, Ural neftida — aromatik uglevodorodlar ko'p bo'ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar bo'ladi.
Neftning o'zi shunday holicha odatda ishlatilmaydi. Neftdan texnikada qimmatli bo'lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi.
Neftni birlamchi qayta ishlash uni haydashdan iborat. Neft neftni qayta islilash zavodlarida yo'ldosh gazlardan ajratilgandan keyin haydaladi. Neft haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (qayn. t. 40 dan 150 — 200 °C gacha), ligroin (qayn. t. 120 —240 °C), kerosin (qayn. t. 150 — 300 °C), gazoyl — solyar moyi (qayn. t. 300 °C dan yuqori), qoldiqda esa — qovushoq qora suyuqlik — mazut olinadi. Mazut yana qayta ishlanadi. U pasay-tirilgan bosimda (parchalanib ketmasligi uchun) haydaladi va surkov moylari: orchuq moyi, mashina moyi, silindr moyi va b. ajratib olinadi. Ba'zi navli neftlar mazutidan vazelin va parafin ajratib olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig'i neft qoramoyi yoki gudron deb ataladi.
Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan turli maqsadlarda foydalaniladi. В e n z i n ko'p miqdorlarda aviatsiya va avtomobil yoqilg'isi sifatida ishlatiladi. U odatda molekulalarida o'rtacha 5 dan 9 tagacha uglerod atomi bor uglevodorodlardan tarkib topgan bo'ladi.
Alkanlar tabiatda keng tarqalgan moddalar bo`lib, ularning quyi vakillari yer qobig`idan chiqadigan tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Neft ham to`yingan uglevodorodlar aralashmasining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Tog` mumi, ya`ni ozokerit qattiq parafirinlar aralashmasidir. Bundan tashqari, to`yingan uglevodorodlarning ba`zi vakillari o`simliklardan ham ajratib olingan. Lekin individual ugledorodlarni tabiiy manbalardan, jumladan, neft va uning kreking mahsulotlaridan sof holda ajratib olish ko`p mehnat talab qiladigan qiyin ishdir. Shuning uchun ularni olishning ko`pgina sintetik usullari ham ishlab chiqilgan. Qulaylik uchun alkanlarning sintetik olinish usullarini 3 gruppaga bo`lib o`rganamiz.To’yingan uglevodorodlarni olish usullarini uchga bo’lish mumkin:
a) Tabiiy birikmalardan ajratib olish.
b) Sanoat usuli. Sanoatda to’yinga n uglevodorodlarni СO va vodoroddan, neftni krekinlab, to’yinmagan uglevodorodlarga vodorod biriktirib olish mumkin.


Katalizator sifatida СuO, Cr2O3 va boshqalar ishlatilganda vodorodni birikish jarayoni bosim ostida olib boriladi.


v) To’yingan uglevodorodlarni laboratoriya sharoitida olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Ularni to’yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalarini vodorod bilan katalizator ishtirokida qaytarib olish mumkin.


Bunda vodorod Pd, Pt, yoki Ni metallari yuzasida yutilib qo’zg’algan (faol) holatga o’tadi.


To’yingan uglevodorodlarni yodli hosilalarini vodorod yodid bilan qaytarib ham olish mumkin:

To’yingan uglevodorodlarni organik karbon kislotalarning natriyli yoki kaliyli tuzlarini o’yuvchi ishqorlar bilan qizdirish orqali ham olish mumkin (Kolbe reaksiyasi):




Bu reaksiya dekarboksillash reaksiyasi deyiladi.


To’yingan uglevodorodlarni laboratoriyada olishda nemis olimi Vyurs kashf etgan usul katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan uglevodorodlarni tuzilishini oldindan belgilangan holda hosil qilish mumkin. Bu reaksiya to’yingan uglevodorodlarning galogenli – yodli, bromli ayrim hollarda esa xlorli hosilalari (galoid alkillar)ga natriy metali ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.


Agar reaksiya uchun bir xil galoid alkil olinsa unda bitta uglevodorod hosil bo’ladi:





Agar reaksiya uchun har xil tuzilishga ega bo’lgan galoid alkillar olinsa, uch xil uglevodorodlarning aralashmasi hosil bo’ladi, ya’ni




Bu reaksiyaning mexanizmini rus olimi P.P. Sharigin o’rgangan bo’lib, bunga ko’ra reaksiya ikki bosqichda boradi:


Dastlab galoid alkil natriy metali bilan oraliq mahsulot natriy organik birikmani hosil qiladi:






Oraliq mahsulot galoid alkilning ikkinchi molekulasi bilan ta’sir etib to’yingan uglevodorodlarni hosil qiladi:

Bu reaksiya birlamchi galoid alkillar bilan o’tkazilganda yaxshi natija beradi. Ikkilamchi, uchlamchi galoid alkillardan foydalanilganda esa qo’shimcha mahsulotlar hosil bo’lishi hisobiga kerakli uglevodorodning hosil bo’lish miqdori kamayib ketadi. Natriy metali o’rniga litiy, rux, magniy kabi metallardan ham foydalanish mumkin.


Bulardan tashqari to’yingan uglevodorodlarni metall karbidlariga suv ta’sir ettirib, karbon kislotlar va ularning tuzlarini elektroliz qilib, metall oragnik birikmalardan ham olish mumkin.
To’yingan uglevodorodlar neftni qayta ishlash vaqtida ko’p miqdorda hosil bo’lganligi va tabiatda tayyor holda mavjud bo’lganligi sababli yuqoridagi usullar bilan deyyarli olinmaydi.
...O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega... ...Mutaxassislar baholashicha, O‘zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Хiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda.
Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha-30 yilgacha qoplaydi. Neftning 90 foizdan ortiqrog‘i eng arzon favvora usulida olinmoqda.
1992 yil Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash imkonini beradi....
...Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog‘lanmoqda.
Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Hisor va Buxoro-Хiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar-polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari, sho‘rtan gazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin...
...Keyingi yillarda O‘zbekistnda neft va gaz tarmog‘i ildam rivojlandi. Respublika hududida ikkita neftni qayta ishlaydigan (Farg‘ona va Oltiariq) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho‘rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada yangi mahsulot turlari-benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft moylarining xilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz va boshqalarni olish o‘zlashtirildi....». (I.A.Karimov. O‘zbekiston ХХI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 233-236 betlar.) Organik birikmalarning asosiy xom ashyo manbalari bo’lib tabiiy gaz, neft, toshko’mir va toshko’mir qatroni, torf, qishloq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlari xizmat qiladi.

Download 169,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish