10– GÒS; 11– iste’molchilar, L– magistral gaz quvuri uzunligi.
Magistralgazquvuriningchiziqlibo‘limi. Bunga BKS dan GÒS gacha bo‘lgan quvur uzunligi kirib, u BKS yordamida haydalgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Magistralgazquvuriningsun’iyvatabiiyto‘siqlarorqalio‘tgan bo‘limi magistral gaz quvurini to‘siqlarning osti yoki ustidan o‘tkazish uchun xizmat qiladi. O‘tish bo‘limlarining konstruksi- yalari to‘siqlar turiga ko‘ra: arka, to‘sin va osib qo‘yilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
OraliqKS. Ularning asosiy vazifalari, quvurning gidravlik qarshiliklari natijasida kamaygan gaz bosimini boshlang‘ich bosim darajasiga ko‘tarish va uni yana magistral gaz quvuriga haydashdir. Har bir oraliq KS larida 3 ta texnologik jarayon bajariladi:
— gazni mexanik aralashmalardan tozalash; — gazbosiminioshirish; — siqilgangaznisovitishvayanaquvurgahaydash. OraliqKS lari orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi. Elektrokimyoviyhimoyavositalari yer osti magistral quvur- larini tuproq, daydi toklar va bakteriyalar korroziyasidan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Himoya vositalari sifatida turli quv- vatga ega bo‘lgan katod stansiyalari, protektor va elektrodrenaj qurilmalari ishlatiladi. Katod stansiyalari va protektor qurilma- lari orasidagi masofa hisoblash orqali aniqlanadi.
Yerostigazombori gaz iste’molining mavsumiy notekisligi- ning bir xilda bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi, ya’ni bahor-yoz faslida ortiqcha gazlar yer osti gaz omboriga haydala- di, kuz-qish faslida esa yetishmaydigan gazlar miqdori yer osti gaz omboridan olinib iste’molchilarga uzatiladi.
Gaztaqsimlashstansiyasi(GÒS) quvurlar orqali oqib kelgan yuqori bosimli gazni kerakli past bosimga kamaytirib berish uchun xizmat qiladi. GÒS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimi- gacha kamaytiriladi. Shular bilan bir qatorda gaz qo‘shimcha odo- rantlanib gaz tarmoqlari orqali iste’molchilarga yuboriladi.
4.4.Magistralneftquvuriningtarkibivavazifalari Magistral neft quvuri tarkibiga bosh qurilmalar; bosh nasos stansiyasi; quvurning to‘g‘ri chiziqli bo‘limi; oraliq nasos stansi- yalari; turli to‘siqlar orqali o‘tish bo‘limlari; elektrokimyoviy
himoya (EKH) vositalari; elektr va aloqa liniyalari; ta’mirlash va quvurni ishlatish obyektlari kiradi (8- rasm).
Boshqurilmalar. Ularning asosiy vazifalari quduqlardan oli- nayotgan neftni suvlar, mineral tuzlar, mexanik qo‘shimchalardan tozalash va uni iste’molchilarga jo‘natishga tayyorlab berishdan iborat.
Boshnasosstansiyasi. Uning vazifasi jo‘natishga tayyorlangan neftni kerakli bosimda quvurga haydashdan iborat. Neftni magis- tral neft quvuriga haydashda porshinli va markazdan qochma kuchli nasoslardan foydalaniladi.
Oraliqnasosstansiyalari. Ularning asosiy vazifalari neft oqimining gidravlik qarshiliklar natijasida yo‘qotilgan bosimini birlamchi bosimgacha ko‘tarib berish va yana quvurga haydash- dan iborat.
Neftniqaytaishlashzavodivazifasi. Quvur yoki boshqa trans- port turi orqali olib kelingan neftni fraksiyalab kerakli neft mah- sulotlarini ajratib olish va ularni iste’molchilarga jo‘natishdan iborat. Neftni qayta ishlash jarayonida undan 600 dan ortiq neft mah- sulotlari ajratib olinadi.
Magistral neft quvurining qolgan obyektlari magistral gaz quvurining obyektlari bajaradigan ishlarni bajaradi.