4.2.Magistralquvurlarningklassifikatsiyasivakategoriyasi Magistral quvurlar qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) 2.05.06-85 ga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Magistral gaz quvurlari ishchi bosimiga ko‘ra 2 ta sinfga bo‘linadi.
Birinchi sinf magistral gaz quvurlariga ishchi bosimi 2,5 MPa dan 10 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi; ikkinchi sinfga ishchi bosimi 1,2 MPa dan 2,5 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi.
Magistral neft va neft mahsulotlari quvurlari shartli diametr- lari bo‘yicha 4 ta sinfga bo‘lingan:
1- sinfga shartli diametri 1000 mm dan kattabo‘lganquvurlar; 2- sinfga shartli diametri 500 mm dan 1000 mm gacha bo‘lgan quvurlar;
3- sinfga shartli diametri 300 mm dan 500 mm gacha bo‘lgan quvurlar;
4- sinfga shartli diametri 300 mm dan kichik bo‘lgan quvur- lar kiradi.
Magistral quvurlarning istalgan bo‘limlarini mahkamligini ta’minlash maqsadida QMQ 2.05.06-85 bo‘yicha ular quyidagi kategoriyalarga bo‘lingan.
Shartli diametri 1200 mm va undan yuqori bo‘lgan gaz quvur- lari va shartli diametri 700 mm va undan yuqori bo‘lgan neft va neft mahsuloti quvurlari 3- kategoriyaga; shartli diametri 1200 mm dan kichik bo‘lgan gaz quvurlari hamda shartli diametri 700 mm dan kichik bo‘lgan neft va uning mahsuloti quvurlari 4- kate- goriyaga kiradi.
4.3.Magistralgazquvuriningtarkibivavazifalari Magistral gaz quvurining tarkibiga: bosh qurilmalar tarkibidagi bosh kompressor stansiyasi (BKS); quvurning chiziqli bo‘limi elektrokimyoviy himoya (EKH) vositalari; gaz taqsimlovchi stan- siyasi (GÒS); yer osti gaz ombori (YOGO); ta’mirlash usta- xonalari; yo‘llar; boshqaruv va yashash inshootlari va boshqalar kiradi (7- rasmga qarang).
Boshqurilmalar. Bu yerda gaz jo‘natishga tayyorlanadi. Òay- yorlashda gaz tarkibidagi namlik, mexanik aralashmalar, H2 S, CO2va boshqa qo‘shimchalar ajratib olinadi.