3 22 Gazni H S va CO lardan tozalashda absorbentlar sifatida
.2.4. Gazni H S va CO lardan tozalash
2 2
etanolaminlar (MEA; DEA; ÒEA) ishlatiladi. Gaz aralashmasi (Gaz+H2 S+CO2) absorberning pastki qismidan uning ichkarisiga kiritiladi. Absorberning yuqori qismidan esa reginiratsiya qilingan amin (MEA-monoetanolamin) eritmasi oqiziladi. Natijada past- dan yuqoriga ko‘tarilayotgan gaz aralashmasi bilan etanolamin eritmasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, H2 S va CO2 lar aminlar tomonidan yutiladi va quyidagi kimyoviy birliklarni hosil qiladi.
2C2H5 − ONH2 + H2 S ! [(C2 H5 ONH2 )H]2 S; 2C2 H5 − ONH2 + H2 O + CO2 ! [(C2 H5 CNH2 )H]2 CO3 . H2S va CO2 bilan hosil qilgan etanolamin aralashmasi absorberning pastki qismidan qo‘shimcha qizdiruvchi uskuna- lar orqali bug‘latuvchi kolonnaga oqiziladi . Qizdirish nati- jasida reaksiya orqa tomonga siljib, etanolamin H2 S va CO2 lar yana ajraladi.
Ajralgan H2 S va SO2 lar keyingi qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi. Etanolamin eritmasi esa bug‘latuvchi kolonnaning pastki qismidan yana absorberga haydaladi.
Gazlarni mexanik qo‘shimchalardan tozalash chang ushla- gichlarda amalga oshiriladi. Bu apparatlar asosan gazning kom- pressor stansiyasi (KS) ga va gazni taqsimlash stansiyasi (GÒS) ga kirishi oldidan o‘rnatiladi. Ular konstruksiyalari bilan farq qilib, ho‘l yoki quruq filtrlash prinsiði bo‘yicha ishlaydi (siklon va yog‘li chang ushlagichlar).
Barcha qo‘shimcha cho‘kindilardan tozalangan gaz (unga hid berish maqsadida) odorantlanadi. Odorant sifatida etilmerkaptan C2H5 SH eritmasi ishlatiladi . Odorantlash jarayoni maxsus qurilmalarda bajarilib, 1000 m3 gazga 16 g etilmerkaptan qo‘shiladi. Odorantlangan gaz magistral gaz quvuri orqali iste’molchilarga haydaladi.
2 7
4.1.Magistralquvurlarningturlari Magistral quvurlar deb, neft-gaz va neft mahsulotlarini ish- lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur bo‘limiga aytiladi.
Magistral quvurlarning ishchi bosimi 10 MPa dan yuqori bo‘lmay, ularning shartli diametrlari 1420 mm gacha bo‘ladi. Magistral quvurlar tashiladigan mahsulotning turlariga ko‘ra: neft, gaz va neft mahsulotlari magistral quvurlariga bo‘linadi.
Magistral gaz quvuriga gazni kompleks tayyorlash qurilma- lari tarkibidagi bosh kompressor stansiyasi (BKS) dan gazni taqsimlash stansiyasi (GÒS) gacha bo‘lgan oraliq kiradi.
Magistral neft quvuri bo‘limiga neftni kompleks tayyor- lash qurilmalari tarkibidagi bosh nasos stansiyasi (BNS) dan neftni qayta ishlash zavodi (NQZ) gacha yoki uzatuvchi om- borgacha bo‘lgan oraliq kiradi. Magistral neft mahsuloti quvur- lariga NQZ dan mahsulotlarni saqlovchi omborgacha bo‘lgan oraliq kiradi.