Neft kimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi



Download 391 Kb.
bet15/21
Sana01.07.2022
Hajmi391 Kb.
#725161
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Нефт Yangi qo`llanma

12-LABORATORIYA IShI
Neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash
Suyuq moddalarning qotish temperaturasi deganda biz moddalarni suyuq holatidan qattiq holiga o‘tishini tushunamiz. Oddiy suyuq moddalar, masalan, glitserin, suv va shunga o‘xshashlar ma’lum bir temperaturada qattiq holatiga o‘tadi.
Neft va undan olingan mahsulotlarning tarkibida bir qancha organik birikmalar bo‘lganligi sababli, ularning qotish temperaturasi o‘zgacha bo‘ladi. Bu mahsulotlar asosan parafinlar, halqali alkanlar va aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan. Harorat pasayganda birinchi navbatda parafin uglevodorodlari kristall holiga o‘tib, qolgan uglevodorodlar suyuq holatda bo‘lishlariga qaramasdan, neft mahsulotlari o‘zlarini oquvchanligini kamaytiradilar va harorat pasaya boshlaganda oquvchanlikni butunlay yo‘qotadilar.
Neft mahsulotlarining qotish temperaturasi ularning shartli ko‘rsatkichi bo‘lib, fizikaviy hossasini belgilamaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash, neftni qayta ishlash sanoatida va mahsulotlarni xalq ho‘jaligida ishlatilayotganda, katta ahamiyatga ega. Masalan, u yoki bu neft mahsulotini qotish temperaturasini aniq bilinmasa, ishlab chiqarishda turli ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lishi mumkin (1).
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash. Buning uchun oldin moddani biroz isitib, keyin ma’lum tezlikda neft mahsuloti o‘zining oquvchanligini yo‘qotguniga qadar sovutiladi.

Priborlar, materiallar va reaktivlar


Tajriba uchun tagi tekis shisha probirka ishlatiladi; ichki diametri 30,0-33,5mm, balandligi 115-125mm. Probirka devorchasida 45 sm3 hajmga teng chiziqchasi bo‘ladi va bu chiziqchaning tepasida va pastida 3 sm3 farqli yana ikkita chiziqchalari bo‘ladi. Shishadan yasalgan mufta, uning ichki diametri probirkaning diametridan 10-13mm katta, balandligi esa 113-115mm. Moddani isitish va sovutish uchun mahsus moslama-banyalar ishlatiladi. Bulardan tashqari har xil termometrlar va materiallar ishlatiladi. qotish temperaturasi minus 300 dan yuqori bo‘lgan moddalarni analiz qilish uchun shkalasi minus 300 dan plyus 600 gacha bo‘lgan simobli termometr ishlatiladi. qotish temperaturasi minus 300 dan past bo‘lsa shkalasi minus 80 dan plyus 600 gacha bo‘lgan toluol bilan to‘ldirilgan termometr ishlatiladi.

Tajribaga tayyorlanish va uni bajarilishi


Neft mahsulotini namlikdan quritiladi. Suyuq neft mahsulotlarini quritish uchun natriy sulfat yoki xlorli kalsiy qo‘llaniladi. Keyin moddani filtr qog‘ozidan o‘tkazamiz.
Quyuq neft mahsulotlarini namlikdan quritish uchun ularni 450S gacha isitiladi. Shisha voronkaga metall to‘ri yoki paxta qo‘yib ustiga qizdirib olingan yirik osh tuzini solamiz va undan neft mahsulotini suzamiz.
Quritilgan moddani probirkaga chiziqlardan birigacha quyamiz. Modda probirka devorlaridan oqib tushmasligi kerak. Agar moddamiz quyuqroq bo‘lsa, oldin 40-450 gacha isitib, keyin probirkaga quyamiz. Agarda modda oxirgi bir sutkani ichida 450 dan yuqori temperaturada isitilgan bo‘lsa. Yoki moddani saqlangan vaqtida qanday temperatura ta’sir etganligi ma’lum bo‘lmasa, u vaqtda moddani 24 soat davomida laboratoriya xonasi xaroratida ushlab turib keyin probirkaga solinadi. Neft qoldiqlari, silindr moyi, qozon yoqilg‘isi va shunga o‘hshashlar oldin 1000 gacha isitib keyin bir sutka davomida xona xaroratida saqlanib, undan so‘ng tajribaga olinadi.
Probirkaga mahsulotni quyib, probirka og‘zining o‘rtasiga qotish temperaturasini aniqlaydigan termometr o‘rnatilgan probka bilan mahkam berkitamiz. Termometr probirkaning o‘rtasiga o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Termometr simob sharchasining ustki qismi probirkaga solingan mahsulot yuzasidan 3mm pastroq bo‘lishi kerak (3-rasmga qarang).
Analiz qilinadigan moddani isitish quyidagicha bajariladi. Moddaning qotish temperaturasi plyus 33 0S dan minus 33 0S gacha bo‘lsa, moddani xarorati plyus 48-49 0S bo‘lgan suv hammomida plyus 450S gacha isitib, xona sharoitida yoki bo‘lmasa xarorati plyus 25 0S bo‘lgan suv hammomida plyus 36 0S gacha sovutiladi. Moddaning qotish temperaturasi minus 33 0S dan past bo‘lsa, xarorati plyus 48-49 0S bo‘lgan suv hammomida plyus 45 0S gacha isitib, keyin xarorati plyus 7 0S bo‘lgan suv banyasida plyus 15 0S gacha sovutiladi. qurilmani 3-rasmda ko‘rsatilganidek yig‘iladi.

Tajribani bajarish


Rasmda ko‘rsatilgan tajriba bajariladigan banya temperaturasini minus 1 0S dan plyus 2 0S gacha ushlab turamiz. Probirka o‘rnatilgan muftani hammomga vertikal ravishda qo‘yamiz. Muftaning usti sovutuvchi suyuqlikning satxidan 25mm yuqori bo‘lishi shart. Analiz vaqtida temperatura 33 0S dan yuqori bo‘lsa, u vaqtda taxminiy qotish temperaturasidan 9 0S yuqori temperaturadan boshlab har 3 0S da probirkani muftadan olib mahsulot qotdimi yoki yo‘qmi ekanligini bilish uchun qiyshaytirib ko‘ramiz. Probirkani muftadan olib yana qaytib o‘rnatib quyishga ketgan vaqt 3 sekunddan oshmasligi kerak. Boshqa neft mahsulotlarini tahminiy qotish temperaturasidan 120S yuqori xaroratdan boshlab, har 3 0S da tekshirib ko‘riladi.
Agarda analiz qilinayotgan modda 9 0S gacha qotmasa, uni minus 18 0S dan minus 15 0S gacha sovutib turiladigan ikkinchi suv hammomini muftasiga joylashtirib, analizni davom ettiriladi. Agarda modda minus 6 0S gacha sovutilganda ham o‘zining oquvchanligi saqlanib tursa, probirkani minus 33 0S gacha sovutilgan uchunchi hammomning muftasiga joylanadi.
Probirkadagi modda oquvchanligini yo‘qotgan vaqtidayoq uni gorizontal qilib qo‘yamiz. 5 sekund davomida uning sirtqi qismi o‘zgarmasa probirkani hammomga qo‘yib yana qo‘shimcha 3 0S ga sovutiladi. Probirkani olib tajriba qaitariladi. Yana 5 sekund davomida probirkadagi moddaning sathi o‘zgarmasa, tajribani tugatamiz (2,3).
Tajriba natijalarini hisoblash
Analiz qilinayotgan modda probirkada oquvchanligini yo‘qotsa, va shu holatni 5 sekund davomida o‘zgartirmasa, bu temperaturani neft mahsulotining qotish temperaturasi, deb ataladi.
Har bir analizni ikki marta bajariladi. Ulardan olingan natijalarning bir-biridan farqi 3 0S dan oshmasa, tajribaning natijasi to‘g‘ri deyiladi.


Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish