Neft kimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi



Download 391 Kb.
bet1/21
Sana01.07.2022
Hajmi391 Kb.
#725161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Нефт Yangi qo`llanma


1-LABORATORIYa IShI

Neft kimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi

Neft, erituvchilar va tez alangalanuvchi moddalar bilan ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilinishi zarur:


1.1 Neft mahsuloti va tez alangalanuvchi moddalar solingan idishlarni olovga yaqin keltirmaslik kerak.
1.2. qurilmani yig‘ish vaqtida uning qismlarini bir-biriga biriktirilgan o‘rnini zichlab ulash shart.
1.3. Tez alangalanuvchi moddalarni (benzin, organik aralashmalar va boshqalar) faqat yopiq eletroplitka yoki suv hammomida qizdirilishi lozim.
1.4. Neft mahsulotlari alangasini o‘chirish uchun suvni qo‘llab bo‘lmaydi. Yonayotgan moddani o‘chirish uchun qum yoki karbonat kislotali o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. Yonib turgan buyumni kigiz bilan yopib o‘chiriladi. Olov alangalanishi bilan tezda gaz kranlarini berkitish lozim. Hamma yonuvchan moddalarni yonayotgan buyumning yonidan tezda olish kerak.

2. Elektr asboblari va qurimalari bilan


ishlash tartibi, hamda elektr uskunalari
bilan ta’minlanishi
Elektr asboblari va qurilmalari bilan ta’minlangan elektr uskunalarini ishlatish qoidasi:
2.1. Laboratoriyalarda tez alangalanuvchi moddalar va aralashmalar bilan birga izolyatsiyasiz simlar bilan jihozlangan elektr-asboblaridan va tuzatilmagan vilkalardan foydalanib bo‘lmaydi.
2.2. Simlar yoki elektr asboblari yonganda tezda elektr tokini o‘chirish va yong‘in o‘chiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak (o‘t o‘chiruvchi, asbestli salfetkalar).
3. Gazlar bilan ishlash qoidalari
3.1. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlar, gazometrlar va boshqa idishlarni issiqlik manbalaridan muxofaza qilish zarur.
3.2. Yonuvchan gazlar bilan ishlovchi asboblar jipslangan va olovdan muxofaza qilingan bo‘lishi shart.
3.3. Standart gaz ballonlari devorga yoki mahsus bog‘ichlar yordamida laboratoriya stoliga mustahkam biriktirilgan bo‘lishi lozim.

4. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidasi


Kimyo laboratoriyalarida tez-tez zaharli moddalar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, agarda ehtiyotsizlik qilinsa, natijada zaharlanish mumkin. Bunday voqea sodir bo‘lmasligi uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish lozim:
4.1. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalar bilan ishlashni havo tortuvchi qurilmalar ichida olib borish kerak.
4.2. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalarni sachratmasdan ehtiyotlik bilan idishga kuyish kerak.
4.3. Zaharli moddalarni pipetka orqali tortayotganda og‘iz bilan emas, rezina koptok-tortgich (grusha) dan foydalanish darkor.

5. Kislotalar va ishqorlar bilan ishlash qoidasi


5.1. Kislotani suyultirish vaqtida suvni kislotaga emas, kislotani suvga qo‘shish kerak.
5.2. Ishqorni suyultirish paytida suvni sekinlik bilan tomizish zarur, shuningdek, uni to‘xtovsiz aralashtirib haddan tashqari qizdirib yubormaslik kerak.
5.3. Kislotadan kuyib qolganda kuygan joyni kuchsiz soda eritmasi bilan yuvish lozim, ishqordan kuyib qolgan joyni esa-suv yoki kuchsiz kislota eritmasi (sirka, limon kislota) bilan yuvish zarur. Ishlatilgan zaharli moddalar, kislotalar va ishqorlar, hamda tez alanga oluvchi moddalarni rakovinaga emas, balki mahsus belgilangan idishga to‘kish darkor.

6. Laboratoriya qurilmalarini yig‘ish va tayyorlash


Qurilmalarni yig‘ishdan avval ularni biriktiruvchi naychalarning, yig‘uvchi jihozlarning va x.k. tozaligini tekshirish lozim, chunki tajriba natijasi tozalikka bog‘liqdir. Kimyoviy moddalardan ifloslangan, idish va asboblarni yuvish uchun xrom eritmasi qo‘llaniladi. Metall apparaturani (kublar, reaktorlar va x.k.) agarda ular yengil ochiladigan bo‘lsa, kerosin yoki benzin bilan yuvib, so‘ng havoda quritish kerak. Yuqoridagi tekshiruvdan so‘ng laboratoriya ishini bajarish uchun qurilmani yig‘ishni boshlayverish mumkin.
Asbobni yoki qurilmani yig‘ishni boshlashdan oldin, ularning qurilmasi va sxemasi bilan tanishish kerak. Qurilmani yig‘ish vaqtida shlifli asboblarni qo‘llash yaxshiroq, probkalar va kranlarni vaqti-vaqti bilan moylab turish lozim. Ish vaqtida shlifli tutashmalar kimyoviy moddalarning bug‘lari bilan uchrashganda shlifdagi surkov moylariga kimyoviy ta’sir-etmasligi kerak.
Shishali apparatni yig‘ish vaqtida, shunga alohida e’tiborni qaratish lozimki, apparatlarning sinishga olib keluvchi priborlarning alohida qismlarini «kuchlanish»dan saqlash kerak. Apparatlarning shishali qismlarini mustahkamlash uchun shtativni qo‘lchalariga yupqa asbestdan qo‘yish lozim.

7. Tajriba natijalarini qayta ishlab chiqish


Laboratoriyada ishlayotganda o‘lchov asboblarida va torozida juda aniqlik bilan ish bajarish zarur. Hom ashyoda komponentlarni shunday aniqlik bilan olish kerakki, bunda moddiy balansdagi hatolikning hissasi 1/10 foizdan oshmasin.
Tekshirishni amalga oshirishda kimyo jarayonidagi yo‘kotishni ham alohida hisobga olish zarur, ayniqsa ular ketma-ket bosqichli bo‘lsa. Barcha mahsulotlarni hajmi yoki massasini o‘lchash mumkin bo‘lsa, u holda tajribadagi barcha yo‘qotishlar mahsulot balansida alohida hisobga olinadi.
Bevosita tajriba vaqtida olingan o‘lchovlar va torozida tortishlarning natijalarini, shuningdek, hisoblashning oxirgi natijalari va ish daftaridagi oraliq yozuvlarni ham ish hisobotiga kiritish darkor.
Har qaysi ish yuzasidan hisobotga quyidagi bo‘limlarni kiritish lozim:
1. ish maqsadi va tajriba shartlarining ko‘rsatilishi topshiqda aniq belgilanishi.
2. Apparatni ta’riflash yoki qurilma va uning sxemasi.
3. Tajribani ta’riflash.
4. Tajriba parametrlarini yozish (vaqti, temperaturasi).
5. Oxirgi mahsulotlarni xarakteristikasi.
6. Jarayonning mahsulot balansi.
7. Xulosalar.
8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.


Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish