Konda qatlamning filtrasiya xossalariga salbiy ta’sir etgan holatlarni o’rganish Qatlamda quduq atrofi zonasida filtrasiya holatini boshqarish – konlarni ishlatish samaradorligini oshirishning eng muhim masalalaridan biridir. Neft konlarini ishlatish jarayonini jadallashtirish va neft qazib olishni oshirish uchun potensial imkoniyatlardan foydalanish kerak.
Neft konlarini ishlatishning so’nggi bosqichlarida mahsulotlarni suvlangan darajasining oshib ketganligi uchun (Kruk, Ko’kdumaloq, Shimoliy O’rtabuloqda va boshqa) favvora quduqlarining soni tezda kamayib ketgan. Razvedkaviy zaxiralar hisobiga neft qazib olish ko’rsatkichlari orqada qolmoqda. Shuning uchun har bir quduqning har bir qatlamidan imkoniyat darajasida maksimal foydalanish zarur.
Bu masalalarni echimini topish uchun quduq tubi atrofidagi qatlamga ta’sir etishning texnologik rejimini boshqarish kerak bo’ladi. Quduq atrofi zonasiga ta’sir etish qatlamga ta’sir etish texnologiyasi bilan mos kelganda, amalda neftberaoluvchanlikni oshiradi. Neftberaoluvchanlikni oshirishda quduq tubi zonasiga maqsadli yo’naltirilgan ishlov berish, qatlamga ta’sir etishning gidrodinamik, issiqlik va fizik-kimyoviy usullarini qo’llash kiradi.
Qatlamda quduq atrofi zonasi va quduq oralig’ining qismlari o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir etuvchi texnik tabiiy tizim elementlaridan tashkil topgan. Quduq atrofi zonasiga ta’sir etish darajasini va xususiyatlarini bir tizimli elementlar sifatida hisobga olinganda quduqlarni umumiy ishlatish samaradorligini oshirishga olib keladi.
Quduqlarni tugallash jarayonida va ishlatish davrida quduq atrofi zonasida qatlamning filtrasiya xossasi yomonlashmagan holatida potensial mahsuldorlik imkoniyatiga erishish mumkin bo’lmaydi. Amalda har qanday jarayonni bajarish quduqning potensial mahsuldorligini yo’qolishiga (pasayishiga) olib keladi. Quduq tubi zonasidagi qatlamning filtrasiya xossasini (QFX) o’zgarishiga burg’ilashda, sementlashda, qatlamni teshib ochishda va quduqni ta’mirlashda qatlam kollektorlarini ifloslanib bekilib qolishi sabab bo’ladi.
QFXsini yomonlashishi quduqlarni o’zlashtirish jarayonida sodir bo’ladi. Bir qator holatlarda bunday ta’sir etish tufayli quduqlardan umuman mahsulot olib bo’lmaydi. Quduqlarni harakatdagi fondi kam debitli hisoblanadi va mahsuldorlikni kuchaytirish uchun sun’iy ta’sir etish usullarini qo’llashni talab qiladi.
Quduq atrofi zonasidagi filtrasiya xossasini boshqarishda bir qancha usullar va texnologiyalar qo’llaniladi, ularning ko’pchiligi quduqdan oqimni chiqarishda va keyingi ishlatish bosqichlarida konlarda qo’llanilgandir. Masalan, tuz kislotali ishlov berish, kondensatli yuvish va polimerli ishlov berish texnologiyalari hamda quduqlarni va yon stvollarni qirqish texnologiyasi “Sho’rtanneftgaz” UShk va “Muborakneftgaz” UShk ni bir qator konlarida qo’llanilib kelinmoqda.
Potensial boshqarish imkoniyatiga erishish uchun birinchidan mahsuldorlikni minimal darajada kamayishiga keltirish, ikkinchidan quduq atrofi zonasiga sun’iy ta’sir etish konni ishlatishni joriy holatidan kelib chiqib rejalashtiriladi. Quduq atrofiga zonasiga tuzli kislotali ishlov berishning hisobi va texnologiyasini keyingi jarayonlarda ko’rib chiqamiz.