OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
BUXORO MUHАNDISLIK - TEXNOLOGIYA INSTITUTI
”NEFT - GАZ TEXNOLOGIYASI” FАKULTETI
‘NEFT - GАZ ISHI’ KАFEDRАSI
Xudoyberdiyev Shaxzod Farxod oʼgʼli
Mavzu: ‘Quduq tubiga kislotali ishlov berishda kislota miqdori va konsentratsiyasini tanlash hamda jihozlarni optimallashtirish’
DISSERTАTSIYA
Magistr akademik darajasini olish uchun
Mutaxassislik: ‘5А311902 - “Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish”
Ilmiy rahbar: dots. Bozorov J.T.
BUXORO – 2021 yil
K I R I SH
Neft mustaqilligiga erishishga qaratilgan davlat siyosati tufayli mamlakatimiz nafaqat tabiiy gaz qazib chiqarish boʼyicha dunyoda sakkizinchi oʼringa chiqishga, balki gazni qayta ishlash masalalarida eng muhim sheriklardan biriga aylanishga muvaffaq boʼldi. Bu esa investitsion hamkorlik va, demakki, mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi istiqbollari tubdan yangi pogʼonaga koʼtarilganidan dalolatdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan taklif qilingan “Harakatlar strategisi” da Oʼzbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olishni koʼpaytirish davlat dasturi doirasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida neft va gaz yoqilgi energetikasining birlamchi manba’lari sifatida 61 %, ya’ni neft 39 % va gaz 22 % tashkil etadi.
Bu ko‘rsatgich shu darajada katta qadamlar bilan o‘sib, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i energetika manba’larini siqib chiqarib, birinchi o‘rniga chiqib olganligining boisi-ular,neft va gazlar boshqa energiya beruvchi manba’larga nisbatan ancha ko‘p eneregiyaga ega, ikkinchi tomondan ularni qazib chiqarish va halq xo‘jaligiga taqdim qilish nisbatan juda arzon va uchinchidan ularni iste’molchiga uzatish harajatlari ham ancha kam bo‘lganligidir.CHunonchi, agar biz 1 kg yoqilg‘i yonganda 7000 kkal energiya beruvchi yoqilg‘ini shartli deb qabul qilsak, unda ( ma’lumotlar prof. A.I. SHirkovskiydan keltirilayotir)
1 kg benzin yonganda 1,49 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 kg oddiy neft yonganda 1,43 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 kg mazut yonganda 1,37 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 m3 tabiiy gaz yonganda 1,17 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 kg ko‘mir yonganda 0,7 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 kg torf yonganda 0,35 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
1 kg o‘tin yonganda 0,27 shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |