«neft- gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi «neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari» fanidan kurs loyiha ishi



Download 2,17 Mb.
bet1/9
Sana02.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#477531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21-18 Pulatov Jamshid (KURS LOYIHA ISHI)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«NEFT- GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


«NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH JIHOZLARI VA USKUNALARI»
fanidan
KURS LOYIHA ISHI


Mavzu: TABIIY GAZNI H2S DAN TOZALASH TEXNOLOGIYASINI
LOYIHALASH.
Konsentratsiyasi 25% ,Quvvati yiliga N=0.4 mlrd m3


Bajardi: 21-18 guruh talabasi
Po’latov Jamshid

Rahbar: Raximov X.
Toshkent–2022

MUNDARIJA:

1.KIRISH


2. TEXNIK QISM (adabiy sharh):
3. XOM-ASHYO TASNIFI
4. TEXNOLOGIK QISM
5. HISOBLASH QISMI (Moddiy balans)
6. XULOSA
7. ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

KIRISH
O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Xalq ho’jaligitarmoqlaridamamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan neft mahsuloti bo‘lgan surkov moylari eng ko‘p ishlatadi. Ular motor moyi, transmission, plastik moylar, industrial, turbina va hokazo moylar kiradi.
XXI asrni dvigatellar asri deb bejiz atashmadi. Haqiqatda, zamonaviy hayotni transport vositalarisiz, kombaynlarsiz, traktorsiz va boshqa texnikasiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Bu tcxnikalar yuragi esa dvigateldir.
Ishlab chiqariladigan surkov materiallari mashina va mcxanizmlarning ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilab, ularni ishlash samaradorligini, ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’inlaydi, eng asosiysi yoqilg'i — energiya resurslaridan oqilona foydalanib, yonilg'i hamda energetik resurslarni tejash imkonini beradi.
Ushbu darslikning asosiy maqsadi texnikada, transport vositalarida, texnologik jarayonlarda qo'llanilayotgan surkov moylarini ishlab chiqarish jarayonlari, ulaming turlari, markalari, ekspluatatsion xossalarini baholay olishga, foydalanilayotgan surkov materiallari sifati bilan transport vositasining ish qobiliyati orasidagi bog‘liqlikni aniq tushunishga, neft va neft mahsulotlarini tejab oqilona sarflanishining asosiy prinsiplarini bilishga o‘rganishdan iborat.
Ushbu darslikda surkov moylarining asosiy hossalari, ularni olish texnologiyasi qisqacha bayon qilingan.
Neftdan olinadigan har xil sohalarda ishlatiladigan moylar atmosfera bosimi ostida haydab olingan neft qoldig‘i mazutdan olinadi. Moylami ishlab chiqarish jarayoni 3 bosqichdan iboratdir:
1. Boshlang'ich xomashyoni tayyorlash — moy fraksiyalarini olish.
2. Olingan moy fraksiyalaridan komponentlar olish.
3. Komponentlami aralashtirish (kompaundirlash) ularga qo‘ndirma qo‘shish va tovar mahsulot olish.
Boshlang‘ich xomashyoni tayyorlashda mazutni vakuum ostida haydab fraksiyalaiga ajratiladi. Moylami olishda ishlatiladigan usulga qarab ular ikki gruppaga bo‘linadi.
1. Distillyat gruppasi — bunga vakuum ostida 300-400°C, 350-420°C, 420-450°C va 450-500°C da mazutni qizdirib olinadigan fraksiyalar.
2. Mazutni vakuumda haydalgandan keyingi qoldiq— gudrondan (500°C dan yuqori) olinadigan moylar.
Distillyat moy fraksiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari—distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi. Boshlang'ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko‘p bosqichli jarayondir.
Har bir bosqich vazifasi moylami ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft fraksiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo'lgan birikmalami, to‘yinmagan uglevodorodlami, qisman oltingugurtli va smolali birikmalami, qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlami, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang‘ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko‘rsatilgan zararli komponentlami tozalash yotadi. Bu usullar—fizik (erituvchilar bilan ekstraksiyalash), eritmadan past haroratda cho'ktirish, fizik-kimyoviy-adsorbsiya, kimyoviy usul-N2S04 bilan tozalash va gidrotozalashdir.
Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten- smolali brikmalar juda ko‘p.
Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizatsiya qilinib undagi bo'lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi.
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi.
Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo'lgan politsiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.
Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar atseton, dixloretan yordamida qattiq parafinlarni cho‘ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbsiya yoki gidrotozalash yordamida me’yoriga yetkaziladi.
Distillyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltizatsiya qilinmaydilar. Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi slm bilan farq qiladi. Moy fraksiyalari tozalangandan so‘ng tnoylarning rangi o'zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polisiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to'yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni tcrmobarqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini pasaytiradi.
Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Yengil, o‘rta va og‘ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo‘lsa moylarni xohlagan navini tayyorlash mumkin.
Deparafinizatsiya jarayon imoylarning past haroratlarda harakatchanligini yo'qotishiga hissa qo'shadigan rafinatlardan qattiq uglevodorodlarni (parafinlar, serezinlar) ajtatishgaasoslangan. Jarayonning mohiyati shundan iboratki, raffinat erituvchi yoki erituvchilar aralashmasida eritiladi va past haroratgacha sovutiladi, bunda qattiq uglevodorodlar kristallanadi, gach fazani hosil qiladi, agar xom ashyo distillat yoki petrolatum bo'lsa, xom ashyo. material qoldiq hisoblanadi.Deparafinlash jarayonining umumiy mahsuloti deparafinlangan moy hisoblanadi (depmoy).
Deparafinlash qurilmasi quyidagi bloklarni o'z ichiga oladi:
1. Kristallanish va filtrlash bloki.
2. Depmoy eritmasidan erituvchini regeneratsiya qilish qurilmasi.
3. Gach (petrolatum) eritmasidan erituvchini regeneratsiya qilish bloki.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish