Ekspert tizimlarni yaratish
•
ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlabchiqarish
•
ET dagi bilimlartarkibi
•
Produksion tizimlarda xulosaniboshqarish
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.
1970-
yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy
intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab
xulosa
chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat
ETlargina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga
keltirishdi.
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan
ortiq firmalar mashg'uldir.
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi.
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi.
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani
holda ETlarni ishlab
chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi
izlanish sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni
ko'rishni xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich
ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat
— harakat apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal
ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa,
evristik qoidalarga
asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun,
boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa,
unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga
qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, shu
masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab
chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi
maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi.
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik.
Bu qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga
berayotganida yuzaga
keladi. Demak, Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni
ma'lum bir ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirishkerak.
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir
qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni
bu holatga keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki
dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda
yordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va
bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari,
dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi.
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol»
vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari
(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala
boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina
oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan
dasturlashtirish
mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri
vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich
bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET
ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak.
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar
bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan
dialogli bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va
dasturlash usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-
kablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bunda
foydalanuvchi
uchun
ET
ni
rejalashtirilgan
imkoniyatlarini
umumiy
holdabo'lsaham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini
yo'qotib, uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi.
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi
e'tirof etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish
texnologiyasi talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik
ichida ET lar hozirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi.
Ularni sog'liqni
saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda
qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida
qo'llanmoqda. Hozirgi kunda bilimlar bazasi katta tizim ichigajoylashtirilgandir.
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida
joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga
ko'maklashadi.