NDKI ELEKTR ENERGETIKA
FAKULTETI
35SA-21EE SIRTQI BULIM 1- KURS TALABASI
Abdiyev Xurshid Axatovich
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT
TEXNALOGIYALARI
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:
Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi
o‘rni va ularni iqtisodiyot tarmoqlarda qo‘llash.
Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi o‘rni va ularni
iqtisodiyot tarmoqlarda qo‘llash
Reja:
1.Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
2.Ekspert tizimni qo'llash mezoni
3.Ekspert tizimlardan foydalanish
4.Ekspert tizim turlari va ekspert tizimlarni yaratish.
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan
sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi.
Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina
dasturlaridan farq qilib,
ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu
tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning
yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani
aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt
yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri
keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir
korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash
imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni
qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini
oshirish imkonini
beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga
asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek
ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda.
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
•Bilim bazalari yoki qoidalarto'plami;
•Ishchi xotira;
•Chiqarish mexanizmi.
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar
to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiyishchi
xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi
orqali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi:
birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich
informatsiyani olish,
boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu
usul to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi.
Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy
sinflarga guruhlash mumkin:
Bular tibbiyot
diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va
elektr qurilmalar diagnostikasi, o'qitish vahokazo.
Tibbiyot diagnostikasi.
Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va
ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi.
MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam
miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib
borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford
Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi
diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar
bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Prognozlash.
Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi
holatga qarab kelib
chiquvchi natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit
egallash» DASTUR tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning
statistik usullari yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan
foydalani-shingizni maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan
tizimlarga kirmaydi, chunki oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari
qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni bozor konyunkturasini o'rgangan holda
aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib
beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini oldindan aniqlovchi ma'lumot
tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Komp’yuter ga oddiy tizimni
o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar
ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida
Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13
ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari
«Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar
ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda
qo'llamoqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi
foydalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining
tuzilishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi.
Shuning-dek, DEC
tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON
tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli
tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq
qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash.
Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida
ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi
interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning
bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim
katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.