Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.
Analiz va sintez (yun. analysis -ajratish va synthesis – birlashtirish) – kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, oʻzaro chambarchas bogʻlangan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy boʻlaklarga boʻlish, sintez esa mazkur 462boʻlaklarni fikran yoki amalda bir bu-tun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Inson atrofini oʻrab turgan va xilma-xil xususiyatlarga ega boʻlgan ob’ektiv borliq murak-kab va shu bilan birga tayin narsa hamda hodisalardan ibo-rat. Ularni oʻrganish va bilish uchun tarkibiy qismlarga aj-ratish, ya’ni analiz (tahlil) etish lozim. Lekin ushbu usul yordamidagina ularni toʻla bilish mumkin emas, binobarin uni sintez bilan toʻldirish zarur. Sintez analiz natijalariga tayangan holda nar-sa yoki hodisani bir butun qilib bir-lashtiradi. A. va s. oʻzaro bogʻliq boʻlib, analizsiz sintez chuqur bilim bermaydi, ayni vaqtda sintez vositasida yakunlan-magan analiz ham yetarli emas. A. va s. qilish faoliyatining markazi – bosh miya katta yarim sharlarining poʻstidir, lekin mazkur faoliyat ijtimoiy ishlab chiqarish ja-rayonida va asosidagina paydo boʻladi va amalga oshiriladi. Fikrlash jarayonida A. va s. abstrakt (mavhum) tushunchalar yordamida yuzaga keladigan va abstraksiya, umumlashtirish va hokazo bilan mustahkam bogʻlangan mantiqiy tafakkur usullari sifatida namoyon boʻladi.
10. Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui.
Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model – faqat asosiy omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema).
Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.
Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |