Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.
Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko`rishi zarur bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |