λchhvE⋅==Δ
formulada:
ΔЕ — nurlanish energiyasining yutilish jarayonidagi o’zgarishi;
h — Plank doimiysi (6,5- 10-27 erg/s);
v — tebranish soni (chastota);
c — nurning bo’shliqdagi tezligi (3*10in sm/s);
λ —to’lqin uzunligi.
tebranish soni gerslar bilan, to’lqin uzunligi esa sm, mkm (10-6m), nm (10-9m) va angestremlar (1A = 10-10m) bilan ifodalanadi.
Ba’zan nurlanish to’lqin soni bilan ham tavsiflanadi:
vcv⋅==11'λ
nurning 1 sm iga to’g’ri kelgan to’lqin soni bo’lib, sm-1 larda ifodalanadi. Monoxromatik nurning modda tomonidan yutilish intensivligini nur yutilishining birlashgan qonuni — Buger-Lambert-Ber qonuni orqali tushuntiriladi. 'v
Monoxromatik nur modda (yoki uning eritmasi)ga yo’naltirilganda uning bir qismi kyuveta devorlaridan qaytib, ikkinchi qismi yutilib, uchinchi qismi esa kyuvetadan o’tadi. Agar monoxromatik nurning dastlabki intensivligini J0, kyuvetadan qaytgan nur intensivligini Jk, modda tomonidan yutilgan nur intensivligini Jyu va eritmadan o’tgan nur intensivligini J bilan belgilasak, J0= Jk+ Jyu + J bo’ladi.
Fotometrik usullarda solishtiriluvchi va tekshiriluvchi eritmalar solingan kyuvetalar bir xil bo’lganligi uchun Jk ni e’tiborga olmasak, J0=Jyu+J bo’lib, yutilgan nur intensivligi Buger-Lambert-Ber qonuni orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |