Nazorat savollari narxlar va narxlarni belgilash bosqichlarini tushuntiring. Narx shakllanishi



Download 27 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2022
Hajmi27 Kb.
#867432
  1   2   3
Bog'liq
NAZORAT SAVOLLARI 2


NAZORAT SAVOLLARI
1.Narxlar va narxlarni belgilash bosqichlarini tushuntiring.
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallangan.
Narx belgilash muammolarini hal qilishda firmalar uchta omilni hisobga oladi:
Ishlab chiqarish qiymati;
Raqobatchilar narxlari (analog va o'rnini bosuvchi tovarlar uchun);
Ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga xos xususiyatlari.
2.Narxlarning egiluvchanligi mahsulot yoki xizmatgatalabning o’zgarishiga qanday ta’sir qiladi?
Talabning narx egiluvchanligi- iste'molchi talabining mahsulot narxining o'zgarishiga munosabatini, ya'ni narxlar u yoki bu yo'nalishda o'zgarganda xaridorlarning xatti-harakatlarini tavsiflovchi kategoriya. Agar narxning pasayishi talabning sezilarli o'sishiga olib keladigan bo'lsa, unda bu talab elastik hisoblanadi. Agar narxning sezilarli o'zgarishi so'ralayotgan mahsulot miqdorining ozgina o'zgarishiga olib keladigan bo'lsa, u holda nisbatan noelastik yoki oddiygina noelastik talab paydo bo'ladi.Iste'molchilarning narx o'zgarishiga sezgirlik darajasi talabning narx egiluvchanligi koeffitsienti yordamida o'lchanadi. , bu so'ralgan mahsulot miqdoridagi foiz o'zgarishining talabning ushbu o'zgarishiga sabab bo'lgan narx o'zgarishiga nisbati. 
Narxlar monitoringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridorlar bir xil mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridorning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniqravshan vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish