Nazorat savollari narxlar va narxlarni belgilash bosqichlarini tushuntiring. Narx shakllanishi


Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ta’siri va o’zaro bog’liqligini tushuntiring



Download 27 Kb.
bet2/3
Sana16.11.2022
Hajmi27 Kb.
#867432
1   2   3
Bog'liq
NAZORAT SAVOLLARI 2

3.Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ta’siri va o’zaro bog’liqligini tushuntiring.
Bozor bahosi ko‘plab omillarga, shu jumladan asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiluvchi axborotga bog‘liq. Shu tariqa, bozorning samaradorlik darajasi axborotni baholarga ta’sir etish tezligiga bog‘liq holda o'zgaradi. Bunda iqtisodiy samaradorlik emas, axborotning samarasi tushuniladi. Bozordagi axborotni olishda uning barcha ishtirokchilari birdek imkoniyata ega emas. Xalqaro amaliyotda simmetrik va assimmetrik axborotlar mavjud. Birinchi holatda axborotdan barcha foydalanishi mumkin va bu hech qanday afzalliklarni bermaydi; ikkinchi holatda axborotdan faqatgina bozorning muayayn ishtirokchilari foydalanishi mumkin va bu ularga ma’Ium afzalliklarni beradi.
Bozor samaradorligining uch darajasi mavjud: past, o‘rta va yuqori. Samaradorlikning past darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o ‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning o‘rtacha darajasi aksiyalarning joriy bozor baholari faqat o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasinigina emas, balki barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan axborotlarni ham to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning yuqori darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini, shuningdek, barchaga ma’Ium va cheklangan axborotlamigina emas, ham aks ettiradi. Shunday qilib, axborotlardan barcha ishtirokchilar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, hech biri ortiqcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
4.Oddiy tovarlarni amalga oshirish murakkab tovarlardan nimasi bilan farq qiladi?
ODDIY TOVARLARNI SOTISH SHAKLLARI
Agar siz kundalik ro‘zg‘orda ishlatiluvchi, standart yoki texnik jihatdan
u qadar murakkab bo‘lmagan tovarlarni sotmoqchi bo‘lsangiz, u holda
savdoni o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish shaklida tashkil etishingiz mumkin.
Bunda xaridorlar maxsus peshtaxtalarga joylashtirilgan tovarlarni o‘zlari
ko‘rib, tanlab, ularni sotib olish istagi bo‘lgan holatda hisob-kitob amal108
ga oshiriladigan joyga olib keladilar. Buning qulay tomoni – xaridorning
o‘ziga erkin tanlash imkoniyati yaratilib, unga bevosita xizmat ko‘rsatish
vaqti tejaladi. Hozirda ko‘plab supermarketlarda tovarlarni sotish xuddi
shunday shaklda tashkil etilgan.
Agar siz har doim ham sotuvda bo‘lmaydigan, cheklangan tovarlar bilan
savdo qilsangiz, u holda mijozlardan tovarlarni oldindan buyurtma
qabul qilgan holda sotishni yo‘lga qo‘yishingiz mumkinUshbu holatda
xaridorlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tovarni oldindan buyurtma qiladilar.
Buyurtmalar kelishilgan muddatda magazindan olinishi yoki uy, ish joyiga
yetkazilishi mumkin. Qulayligi: xaridor tovarni o‘z vaqtida va kafolatli
tarzda sotib oladi; sotuvchi doimiy mijozga ega bo‘lgani holda, kafolatli
sotish imkoniga ega bo‘ladi.
Murakkab va raqobat kuchli bo‘lgan sharoitdagi tovarlarni sotishda
mijoz hurmatini qozonishning samarali yo‘li – yakka tartibda xizmat
ko‘rsatishdir. Bunda siz tovar sotishni har bir xaridorga alohida xizmat
ko‘rsatish shaklida tashkil etasiz. Xaridorga tovarlarni tanlashda yordamlashib,
tovardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berasiz, tovarni qadoqlab,
xaridorga taqdim etasiz. Shuningdek, xaridor bilan hisob-kitob
qilishning barcha shakllari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, xaridor
xohishiga ko‘ra manzilga yetkazib berish, tovar qaytarilgan holatda qabul
qilib olishni ham yo‘lga qo‘yasiz.
Agar siz maishiy texnika vositalari, mebel va boshqa jihozlarni sotmoqchi
bo‘lsangiz, erkin namoyishga qo‘ygan holda sotish shaklidan
foydalanganingiz ma’qul. Savdo maydonchasiga qo‘yilgan tovarlar bilan
xaridor mustaqil tarzda tanishib chiqadi, zarur hollarda siz u tanlagan tovarning
sifatini tekshirib, maslahatlar berasiz, tovarni qadoqlab, xaridorga
taqdim etasiz.
MURAKKAB TOVARLARNI SOTISH SHAKLLARI
Agar sizning tovarlaringiz hajm jihatidan katta, tashish qiyin bo‘lsa,
u holda tovarlarni namunalari bo‘yicha sotish shaklidan foydalanish
qulaydir. Xaridorlar mustaqil holda yoki sotuvchi kuzatuvida savdo zaliga
qo‘yilgan namunalar bilan tanishib chiqadi. Tovar tanlanib va haqi to‘lab
bo‘linganidan keyin siz tovarni magazin omboridan xaridorga keltirib yoki
uning uyiga yetkazib berishingiz mumkin.
Hozirgi aloqa texnologiyalari rivojlangan sharoitda telefon orqali sotish
samarali shakllardan biri hisoblanadi. Ushbu shakl tovarlarni sotishning
faol, erkin shakli bo‘lib, bunda sotuvchi mijozlarni telefon orqali
reklama qilish vositasida jalb etadi.
Siz murakkab mahsulot yoki xizmatlar, masalan, injiniring xizmatlari,
qurilish, axborot texnologiyalari mahsulotlari uchun maslahat berish
orqali sotish shaklini tanlashingiz to‘g‘ri hisoblanadi. Bunda siz sotuvchi
sifatida mutaxassis-maslahatchilarni jalb etib, ular xaridorlarga Tovar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni yetkazishi lozim bo‘ladi.
O‘zaro muhokama qilish asosida sotishda tovar bo‘yicha fikr-mulohazalar
tinglanadi, sotuvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro tushunish, umumiy
nuqtayi nazar hissini shakllantirishga harakat qilinadi.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish