IV. Bog‘lovchi va ko‘makchilar mavzularini qaytarish.
Bunda “Trening” usulidan foydalaniladi.Guruhlar qur’a tashlash yo‘li bilan mavzuni tanlaydilar.Baholashda o‘quvchilarning og‘zaki nutqiga, ma’lumotlar soniga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning chiqishlaridan so‘ng o‘qituvchi ularning aytganlarini umumlashtiradi. Ekranda mavzu yuzasidan yangi so’zlarning lug‘ati beriladi:
Bog‘lovchi- союз
ko‘makchi- предлог (послелог)
yordamchi so‘zlar- служебныеслова
bog‘laydi- соединяет
teng bog‘lovchilar – сочинительныесоюзы
ergashtiruvchi bog‘lovchilar - подчинительныесоюзы
Yordamchi so’zlar
Ko’makchi
Bog’lovchi
Bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini hamda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bog‘lovchilarni vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Teng bog‘lovchilar: va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoki, yoxud, yoinki, goh..., goh, dam..., dam, ba’zan..., ba’zan, ham..., ham.
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: chunki, shuning uchun, negaki, toki, go‘yo, go‘yoki, gar, agar, agarda, basharti, garchi, garchand, -ki, -kim.
Masalan:
Bugun biz o‘zbek tili darsida matn tarjima qildik va mashqlar ishladik.
(Сегодня мы на уроке узбекского языка переводили текст на русский язык и выполнили упражнения.)
Kecha havo bulutli bo‘ldi, ammoyomg‘ir yog‘madi.
(Вчера погода была облачная, но дождя не было.)
Yo‘lda avtobus buzildi, shuning uchun men darsga kech qoldim.
(По дороге сломался автобус, поэтому я опоздал на урок.
Ko‘makchilar ot yoki otlashgan so‘zlarga bog‘lanib, uning boshqa bo‘laklar bilan munosabatini ifodalaydi. Ko‘makchi o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, birgalikda bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Ko‘makchi o‘zi mustaqil holda gap bo‘lagi bo‘la olmaydi. Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra rus tilidagi predloglarga yaqin turadi:
Men telefon orqali gaplashdim.
V.Mustahkamlash.
a) 1- guruh magnit doskaga konvertdagi ko‘makchilarni ajratib o‘rnatadilar.
2-guruh “Tezkor savollar”ga javob beradilar:
“Tezkor savollar”
1.Gapdagi uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladigan yordamchi so‘zlar nima?
2.Zidlov bog‘lovchilari qaysilar?
3.”Chunki, shuning uchun” bog‘lovchilari qanday ma’noni bildiradi?
4.Karim bilan Salim bir sinfda o‘qiydilar. Bu gapda bog‘lovchining qaysi turi berilgan?
5.”Bog‘lovchi” rus tilida qanday ataladi?
b) 1-guruh Test savollariga kompyuterda javob beradi. Ularning har biriga 5tadan savol beriladi:
1.Ko‘makchi qanday so‘z?
a) mustaqil so‘z b) yordamchi so‘z s) taqlid so‘z.
2.Ko‘makcilarni toping.
a) bilan, va, hamda b) ammo, lekin, biroq s) buyon, beri, boshqa.
3.”Buyon, beri” ko‘makchilari qanday ma’noni bildiradi?
a)vaqt b) maqsad s) chegara.
4.Quyidagi gapda qaysi yordamchi so‘z berilgan? O‘zbekistondan boshqa hech bir davlatda 12 yillik bepul ta’lim o‘rnatilmagan.
a) ko‘makchi b) bog‘lovchi s) undalma.
5.Sabab bog‘lovchilarini toping.
a) chunki, shuning uchun b) va, ham s) orqali, uchun.
Bu paytda 2-guruh a’zolari navbat bilan doskada 51-betdagi 2-mashqni bajaradilar. Ular nuqtalar o‘rniga sabab bog‘lovchilarini qo‘yib yozadilar.Nechta to‘g‘ri gap yozsalar, shuncha ball oladilar. 1-g uruh Testni bajarib bo‘lgach, 2-mashqni davom ettiradi. 2- guruh esa kompyuterda test yechadi.
s) “Esse”. Har bir guruh dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |