Abu Rayhon Beruniy
“Xindiston”,
”Geodeziya”
Xorazm
Kot
So‘ngra mavzuga oid slaydlarni ko‘rsatadi va izohlaydi.
Grammatika:
Beruniy o‘ta haqqoniylik va holislik bilan fikr yuritgan.
Ushbu gapdagi “bilan” so‘zi qanday savolga javob beradi?
Bu so‘z yordamchi so‘z bo‘lib, o‘zi yakka hech qanday savolga javob bermaydi.U o‘‘idan oldingi so’z bilan birga bir xil so‘roqqa javob beradi, ya’ni
Nima bilan?Haqqoniylik va holis‘ik bilan.
Demak, ko‘makchi yordamchi so’z bo’lib, u mustaqil so‘zlardan keyin keladi, ular bilan birga bir so‘roqqa javob bo‘ladi.
Biz Beruniy bobomiz bilan faxrlanamiz.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.O‘quvchilar “Abu Rayhon Beruniy” matnini “Zanjir” usulida o‘qiydilar.
2.1- guruh “Mozaika” usulida mavzuga doir gapni hosil qiladi. Konvertda qog‘ozlarga yozilgan so’‘lar olinadi va ulardan mavzuga oid gap tuziladi( Beruniy, Abu, qadimgi, poytaxti,Rayhon,shahrida,kelgan,Xorazmning,Kot,dunyoga)
2-guruh “Tezkor savollar”ga javob beradilar.
-Abu Rayhon Beruniy qanday olim?(qomusiy olim)
-Beruniy tug‘ilga‘ joy.(Xorazm)
-Beruniyning do’sti.(Ibn Sino)
-Beruniy asri.(XI asr)
-Davom ettiring.Beruniy nomidagi …(Davlat mukofoti)
3.2-mashq.Gaplarni o‘qing. Ko‘makchilarni toping va ularga so‘roq bering, gapdagi vazifasini ayting.
1-guruh mashqni og‘zaki bajaradi.2-guruh mashqdagi barcha ko‘makchilarni Klaster usulida vatman qog‘ozga yozib chiqadi.
4.Kompyuterda test sinovi.
1-guruh test yechguncha, 2-guruh a’zolari doskada Beruniy yozgan asarlarni “Baliq skeleti”ga to‘ldiradilar.
2-guruh test yechguncha, 1- guruh tarqatma kartochkalatdagi vazifalarni doskada bajaradilar:
-Sof ko‘makchilarni yozing.
-Uchun komakchisi ishtirokida gap tuzing.
VI.O‘quvchilar bilimini baholash.
Har ikki guruhning toplagan ballari jamlanadi va g‘olib guruh hamda faol qatnashgan boshqa o‘quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa.
Beruniy haqida matntuzish, unda yordamchi so‘zlardan foydalanish.
10-sinf
Darsning mavzusi: Ko‘chirma gaplar va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ko‘chirma gaplarda tinish belgilarini qo‘yish qoidalari haqida ma’lumotlar berish, ijtimoiy faol fuqarolik layoqatlarini shakllantirish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning matematik savodxonligini, axborotlar bilan ishlash layoqatlarini shakllantirish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi.
Darsning shakli: musobaqa dars.
Dars uslullari: “Klaster”, “Aqkiy hujum”, “T-chizmasi”, “Baliq skeleti”, “
Darsda qo‘llaniladigan jihozlar: kompyuter, videopriyektor, vatman qog‘ozlar, gullar, stend, slaydlar
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa)
O‘quvchilar bilan salomlashish, ularning kayfiyatini ko‘tarish.
O‘quvchilarni dars bosqichlari bilan tanishtirish.
Dars musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Sinf ikki guruhga bo‘linadi. Baholash: qizil gul -5 ball, pushti gul -4 ball, oq gul – 3 ball.
II. “Ma’naviyat daqiqalari” (5 daqiqa)
“Xotira – muqaddas” mavzusida slaydlar namoyish etiladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
-Ko‘rgan lavhalar sizda qanday taassurot qoldirdi?
-Qachondan beri 9- may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda?
-Kim bunday tashabbus bilan chiqqan?
-“Tarixiy xotirasiz kelajak yoq”, – deb kim aytgan edi?
- Bu yil fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaning necha yilligi nishonlandi?
-Nima uchun 9- mayni Xotira va qadrlash kuni deb nishonlaymiz?
O‘quvchilarning fikr- mulohazalari umumlashtiriladi va darsning keying bosqichiga o‘tiladi.
III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa)
1-guruhga “Besh tashabbus –besh imkoniyat” mavzusida ko‘chirma gaplar tuzish topshirig‘I beriladi.
2- guruhga tezkor savollar beriladi:
1.Birovning o‘zgarishsiz gapi nima?
2.Ko‘chrma gap necha qismdan iborat?
3.Muallif gapi qayerda kelishi mumkin?
4.Muallif gapida qanday fe’llar ishlatiladi?
5.Ko‘chrma gap rus tilida nima deyiladi?
6.Tarjima qiling. O‘zganing gapi-
7. Ko’chirma gap qanday tnnish belgisi ichiga olinadi?
8.Ko’chirma gap qismlarini ayting.
9.Tarjima qiling. Muallif gapi-
10.Ko’chirma gapga misol keltiring.
Har ikki guruhga javoblariga qarab gullar beriladi. Ular bu gullarni “Xotira – muqaddas” nomli stend poyidagi ikki guldonga qo‘yadilar va bu bilan o‘tganlar ruhini shod etib boradilar.
IV. Yangi mavzuning bayoni (10daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin 1-guruhga “Baliq skeleti” chizilgan vatman qog‘oz beriladi. O‘quvchilar unga bilgan tinish belgilarini yozadilar va izohlaydilar.
2-guruhga esa “T-chizmasi” chizilgan vatman qog‘oz beriladi. Unda o‘zbek tilida so‘zlar beriladi, guruh a’zolari ularni rus tiliga tarjima qiladilar va izohlaydilar.
Ikkala guruhga ballar beriladi. Ularning fikrlari umumlashtiriladi va slaydlar namoyish etiladi va yangi mavzu tushuntiriladi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash (20 daqiqa)
A) 1- mashq doskada bajariladi. Tinish belgilarini qo‘yish topshirig‘i beriladi.
1-guruh tinish belgilarini qo‘yib gaplarni navbat bilan doskaga yozadi.
2-guruh berilgan gaplardagi muallif va ko‘chirma gaplarning joylarini almashtirib bajaradi.Har ikki guruhga ballar berib boriladi.
B) 1- guruhga qoliplarga qarab gaplar tuzish vazifasi beriladi ( “K”,-m. M: “K”. “K,- m,- k”.
2-guruhga gaplar qarab ularning qoliplarini chizish vazifasi beriladi (1.Tabiatni asrash har birimizning burchimizdir dedi ustozimiz 2.Otam ertaga mehmonga boramiz dedi 3. Har bir inson o‘z huquq vaq majburiyatlarini biliashi kerak dedi huquq o‘qituvchimiz)
D) Test sinovi. Barcha o‘quvchilar kompyuterda test savollarini yechadilar. Javoblar o‘sha zahoti kompyuterda chiqadi:
1.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying. Ko‘chirma gap o‘zganing … berilgan gapidir.
A) o‘zgarishsiz B) o‘zgartirilgan C) yoyiq D) yig‘iq.
2.Ko‘chirma gap qismlarini toping.
A) bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar B) yoyiq va yig‘iq gaplar C) muallif gapi va ko‘chirma gap D) muallif gapi va o‘zgartirilgan gap.
3.Ko‘chirma gap dialog tarzida ifodalansa, qanday belgi qo‘yiladi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) qo‘shtirnoq.
4.Quyidagiqolipgamos gapni aniqlang (tinish belgilari qo‘yilmagan) “K”,-m.
A) Dadam dedi Ertaga Toshkentga jo‘nab ketaman
B) O‘qituvchimiz Tabiatni asrash barchamizning muqaddas burchimizdir deb ta’kidladi
C) Ekologik madaniyat insonning tabiatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi dedi ustozimiz
D) Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuchdir degan edi
5.Ko‘chirma gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, so‘roq hamda undov belgilari qayerga qo‘yiladi?
A) qo‘shtirnoqning ichiga B) qo‘shtirnoq tashqarisiga C) qo‘yilmaydi D) muallif gapidan keyin.
VI. Baholash (2 daqiqa)
Har bir guruhning ballari jamlanadi ( guruhlar to‘plagan ballarini o‘zlari jamlaydilar). G‘olib guruh taqdirlanadi, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadilar.
VII. Uy vazifasini berish (1daqiqa)
1- topshiriq ( she’r yodlash), mavzuga oid 5ta ko‘chirma gap yozib kelish.
11-sinf
Dars mavzusi: Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilargadarak gap va so‘roq gaplar haqida ma’lumotlar berish, ularning axborotlar bilan ishlash layoqatlarini shakllantirish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o‘quvcilarni o‘zbek tilida ravon so‘lasha olish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.
Darsda qo‘llaniladigan usullar: “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Tezkor savollar”, “Sinkveyn”, “T-chizmasi”, “Zanjir”.,
Darsda qo‘llaniladigan jihozlar: kompyuter, videoproyektor, tarqatmalar, noutbuk, gullar, I.Karimovning portreti.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa)
O‘quvchilar bilan salomlashish, ularning davomatini jurnalga belgilash.
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. O‘qituvchi darsni musobaqa tarzida bo‘lishini, baholash 5 balli tizimda bo‘lishini o‘quvchilarga tushuntiradi. Ramziy ballar – gullar bo‘ladi: qizil gul -5 ball, pushti gul -4 ball, oq gul -3 ball.
II. “Ma’naviyat daqiqalari” (5 daqiqa)
Mavzu: O‘zbekiston – mustaqil davlat”. Ekranda mavzu bo‘yicha lavhalar namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
-Bu yil mustaqilligimizga necha yil to‘ldi?
-Mustaqilligimiz asoschisi kim?
-Islom Karimov necha yil mamlakatimizga rahbarlik qildi?
-Uning nomini abadiylashtirish uchun qanday ishlar qilindi?
-Bu yil qanday yil deb e’lon qilindi?
-Besh tashabbus kim tomonidan ilgari surildi?
-Nima maqsadda Sh. Mirziyoyev besh tashabbusni ishlab chiqdi?
-O‘zbekistonda ta’lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?
-Vatanimizning kelajagi kim?
-Vatanimizga munosib farzand bo‘lish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?
O‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga, ravon so‘zlashiga qarab ballar- gullar beriladi. Ularni o‘quvchilar I. Karimov portreti tagidagi guldonlarga qo‘yadilar.
III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa)
1-guruhga “Alisher Navoiy” mavzusida Sinkveyn tuzish vazifasi beriladi. Ularga vatman qog‘oz va marker beriladi:
1.Mavzu Navoiy
2.Ikkita mavzuga oid sifat Buyuk, oliyjanob
3.Uchta mavzuga oid fe’l Yozdi, yaratdi, qurdi.
4.Mavzuga oid gap Navoiy - o‘zbek adabiy tilining asoschisi.
5.Mavzuga ma’nodosh so‘z.Shoirlarning sultoni.
1- guruh vazifasini bajarguncha, 2-guruhga “Tezkor savollar” beriladi:
-So‘ birikmasi nima?
-Sintaksisda nimalar o‘rganiladi?
-So‘z birikmasi qanday ma’noni bildiradi?
-Gap nima?
-Gap qanday ma’noni bildiradi?
- “Mustaqil O‘zbekiston” - so‘z birikmasimi yoki gapmi?
- “Mustaqil O‘zbekiston” - so‘z birikmasini gapga aylantiring
-So‘z birikmasida qanday so‘zlar bo‘ladi?
-Tobe so‘z qayerda turadi?
-So‘z birikmasidagi so‘zlar qanday aloqada bog‘lanadi?
Ikkala guruhga gullar beriladi, o‘quvchilar ularni guldonlarga solib boradilar.
O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni umumlashtiradi va darsning keying bosqichiga o‘tadi.
IV. Yangi mavzu bayoni (10 daqiqa)
Lug‘at ustida ishlash:
Maktabgachata’lim - дошкольноеобразование
umumta’limmaktabi– общобразовательная школа
maxsus- специальное
uzluksizta’lim- непрерывное образование
malakaoshirish- повышение квалификации
maqsadigako‘ra- по цели высказывания
darakgap- повествовательное предложение
so‘roqgap- вопросительное предложение
buyruq-istakgap- побудительное предложение.
O‘quvchilar bu so‘zlar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzadilar.
Yangi mavzu “ Klaster” usulida tushuntiriladi:
Mavzu rus tili bilan qiyoslab tushuntiriladi.Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: darak gaplar, so‘roq gaplar va buyruq-istak gaplar:
Men 11- sinfda o‘qiyman.
O‘quvchilardanbugapnirustiligatarjimaqilishso‘raladi. Яучусьв 11 классе.
Bu gapda xabar ma’nosi borligi uchun darak gap hisoblanadi.
“Ta’lim to‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
Когда был принят закон « Об образовании»?
Bu gapda so‘roq mazmuni borligi uchun so‘roq gap hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |