Nazariyasi 1-bob. Statistikaning predmeti, metodi va tashkil etilishi


Statistika fanining predmeti va metodlari



Download 61,99 Kb.
bet2/6
Sana30.06.2021
Hajmi61,99 Kb.
#105813
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statistika e3c74 - копия

Statistika fanining predmeti va metodlari



Statistika deganda nimani tushunamiz.? Statistika nimani o’rgatadi.? Statistika bu fanmi yoki metodmi.? Bunday savollarni biz juda ko’p uchratamiz. Javoblar esa bundan ham ko’p. Moskva davlat universitetida chop qilingan adabiyotlarda statistikaga berilgan ta’riflar 1700 ga yaqin.

Hozirgi kungacha statistikaga berilgan ta’riflarni har tomonlama tahlil qilib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;

  2. statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. Masalan, Futbol bo’yicha jahon chempionati tugadi. Qaysi komanda nechta gol urdi yoki o’tkazdi, kimlar gol urdi, nechtadan urdi va h.k. bu statistika emish. Yoki kasalxonani olaylik. Necha kishi operatsiya qilindi, shundan nechtasi tirik qoldi yoki o’ldi. Bu ham statistika emish;

  3. statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);

  4. statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;

  5. statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.;

Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tilishiga, xalqaro statistik va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik va boshqa ro’y bergan ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, keyingi yillarda chop etilgan o’quv qo’llanma, darsliklar mualliflari (statistika umumiy nazariyasi darsliklariga qaralsin) statistikaga 1954 yilda berilgan ta’rif (Moskva, 1954y.) atrofida aylanishadi. Bu holni hatto 2000-2001 yilda nashr etilgan darsliklarda ham uchratish mumkin.

Shunday qilib, kim haq kim nohaqligini tahlil qilib o’tirmasdan statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.

Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan:

Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola tug’ildi. Bu erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p.

Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq

fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik.



Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.

To’rtinchi xususiyat. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko’pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o’rganilayotgan hodisalar-dagi takrorlanish, aniq tartib va to’g’rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to’plamdagi ayrim xodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga tegishlidir.

Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.

Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:


    1. Download 61,99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish