Statistik toplam bu umumiy bogliqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obekt yoki hodisalarning yigindisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. Toplamlar bir jinsli (oxshash, bir xil bolgan) va turli jinsli bolishi mumkin.
Organilayotgan obektning belgilari toplamning hamma birliklari uchun umumiy bolsa toplam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni organishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi va shugullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi toplam paydo boladi. Bu toplamlarga kirgan har bir korxona toplam birligi hisoblanadi.
Toplam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bolmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bolgan ayollar-ishchilar toplami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrogi tugilish masalasidan qarasak bu toplam bir hil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tuga olmaydi.
Belgi - bu toplam birligining sifatiy xususiyatidir. Organilayotgan toplam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bolinadi.
Miqdoriy ifodaga ega bolgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan, ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bolmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k.
Agarda belgida, mohiyati boyicha teskari variant mavjud bolsa, bunday belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bolishi mumkin, dokondagi tovar istemolga yaroqli va yaroqsiz bolishi mumkin. Bunday belgilar boyicha malumot toplanayotganda, odatda, savolga ha yoki yoq deb javob beriladi.
Statistik organishning farqli xususiyati, unda faqat ozgaruvchan (tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar organiladi, yani belgilar bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat oziga bogliq omillar (uning malumot, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va h.k.) tasir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qoshilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bolishiga olib keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, organilayotgan belgining ozgarishi turli davrlarga togri kelsa (oy, yil) bunday ozgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |