48.Давлат сиёсий тизимнинг асосий субъекти
|
Давлат сиёсий тизимнинг асосий субъекти бўлиб, жамият учун ҳаётий муҳим бўлган функцияларни бажаради ва унинг бир бутунлигини таъминлайди. Давлат фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини кафолатлашга, жамиятда мустаҳкам ва инсонпарвар бўлган ҳуқуқ-тартиботни қўллаб-қувватлашга хизмат қилади. Давлатнинг серқирра ва мураккаб ҳодиса сифатида намоён бўлиши, ўз навбатида, унинг турли тушунча ва талқинга эгалигини белгилайди. Шу боис жамият тараққиёти босқичларида давлатнинг моҳияти турлича тушунилиб келинган. Давлат тушунчасига таъриф беришда фанда қуйидаги умумлашган ёндашувлар мавжуд: давлат (умумижтимоий мазмунда) – бу муайян ҳудудда олий ҳокимиятни амалга оширувчи, махсус бошқарув аппаратига эга бўлган, жамиятдаги барча ижтимоий-сиёсий гуруҳларнинг манфаатларини ифода этувчи, уларни бирлаштириб ва мувофиқлаштириб турувчи сиёсий ташкилот; давлат (юридик мазмунда) – бу муайян ҳудудда оммавий ҳокимиятни амалга оширадиган, умуммажбурий нормалар ўрнатадиган ва суверенитетга эга бўлган сиёсий ташкилот.
|
49.Davlat suvereniteti
|
Davlatning o‘ta muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetga egaligidir. Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro maydonda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat – bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi – bu uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalar ustunligi va ulardan mustaqilligidir. Davlat suverenligi quyidagilarda ifodalanadi:
– ichki va tashqi siyosat masalalarda mustaqil qaror qabul qiladi
– davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi; b – boshqa ijtimoiy – tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat
birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar)ning qarorlarini bekor bqila olishi. Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun bmajburiy qonunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi. Shunday qilib, davlat – majburlov choralarini qo‘llash qonuniy huquqiga ega bo‘lgan holda, tashkiliy rasmiylashtirilgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridik tartib saqlanayotgan muayyan hududda yashaydigan aholi btomonidan tashkil etiladigan siyosiy tuzilma. Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy – ommaviy tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyat a’zolari irodasining hukmron ijtimoiy qatlam (sinf) irodasiga bo‘ysundirilishidadir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |