Nazariy tilshunoslik masalalari


-ma’ruza: Semasiologiya. Leksik ma’noning semantik tarkibi. Sema tushunchasi



Download 13,57 Mb.
bet36/69
Sana28.06.2022
Hajmi13,57 Mb.
#716554
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (3)

7-ma’ruza: Semasiologiya. Leksik ma’noning semantik tarkibi. Sema tushunchasi.
Reja:
1.Leksik-semantik sath.Leksema va so‘z.
2. Semasiologiya. Leksik ma’noning semantik tarkibi. Sema tushunchasi.
3.Semalarning so‘z sememasi tarkibida tutgan o’rni
Tayanch iboralar: leksik-semantik sath, leksema, so‘z, sema, markaziy sema, chegara sema, atash sema, ifoda sema, semema, nomema, semasiologiya
Leksik-semantik sath tahlilida leksikologiya va semasiologiya fanlari bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Leksikologiya tilning umumiy lugat tarkibini, semasiologiya esa leksik ma’noni o‘rganadi. Leksik-semantik tizimga lug‘aviy va frazeologik birliklarning ma’no-mazmun munosabatlari, ular tashkil qiladigan guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zaro aloqadorlik xarakteri (leksik-paradigmatik) va tilning boshqa quyi tizimlari bilan bogliq tomonlari, til birliklarining semantik o‘zgarishidagi variantlilik kabi masalalar taalluqlidir.
Leksema va so‘z. Leksik sath birligi leksemadir. Prof. H.Ne’matov va R.Rasulovlarning ta’kidlashicha: "Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqeliqdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir". Leksema nutqiy jarayonda leksik-semantik variantlar orqali voqelanadi. Bunday leksik-semantik variantlar leks yoki alloleks atamalari bilan ham nomlanadi. So‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema semema va nomemaning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat bo‘ladi. Har qanday leksemada bu semalardan "atash" semasi albatta ishtirok etadi. Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, gapirmoq, do‘ng‘illamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi. So‘z atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, ammo, uchun so‘z, lekin leksema emas. Chunki ularning atash semasi mavjud emas. Faqat grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z grammatik ma’noga ega bo‘lgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan yuritiluvchi birliklarni o‘z ichiga oladi. Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, so‘zga, ya’ni morfologik birlikka aylanadi.
Leksik ma’no va uning tuzilishi. Leksik ma’noni ongda predmet, hodisa, xususiyat, muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog‘lovchi hamda so‘zlovchining subektiv munosabatini ifodalovchi so‘z mazmuni (mundarijasi) deb hisoblash mumkin.Leksik ma’no murakkab strukturali butunlik sanaladi. Leksik ma’no to‘g‘risida gapirganda, borliq elementining umumlashgan obrazini ongda aks ettirish xamda aks etgan borliq elementining akustik signallar orqali ifodalanishi haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Bu elementlar, yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim adabiyotlarda trapetsiya shaklida ham ifodalanadi. Bunda tushuncha bilan so‘zning ma’nosi bir-biridan farqlanadi. Ayrim mualliflar so‘z orqali ifodalangan tushunchani leksik ma’no hisoblaydilar. Bunday ta’rif natijasida qonuniy savol tug‘iladi: so‘zning leksik ma’nosi bilan tushuncha tengmi? Bir qator mantiqshunoslar va tilshunoslar leksik mano bilan tushunchaning teng emasligini etirof etadilar. Darhaqiqat, leksik ma’no tushunchaga nisbatan kengroq sanaladi, tushuncha leksik ma’noning markaziy elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham leksik ma’noni tushuncha bilan tenglashtirish ilmiy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tushunchalar fanning va ijtimoiy hayotning ma’lum bosqichida nisbiy haqiqatni aks ettiradi. Ayrim lingvistik adabiyotlarda leksik ma’no haqida fikr yuritilayotganda, obyektiv borliqning ongda aks etgan, umumlashgan obrazi bilan leksik ma’noning ifodalanmish qismi va ma’no o‘rtasida farq mavjudligini ko‘rsatadidar." Bu jihatdan leksik ma’no Ogden va Richards tavsiya etgan semantik uchburchak (predmet+tushuncha+-belgi) o‘rniga semantik to‘rtburchakning quyidagi trapetsiya shakliga to‘g‘ri keladi:
ma’no tushuncha
/ ---------------------------------------►
//4 4----------------------------
belgn predmet
Leksemaning moddiy qobigi ostidagi ifodalanmish ma’no hisoblanadi. Ma’no tushunchaga nisbatan kengroqdir. Shu bilan birgaliqda, tushuncha bildirmaydigan lingvistik birliklar ham ma’lum ma’noga ega bo‘ladi. Bu xususda fikr yuritib, E.M.Galkina-Fedoruktushuncha va ma’noni turlicha kategoriyalar ekanini, ya’ni mantiq kategoriyasi (tushuncha) va lingvistik kategoriya (ma’no) hisoblanishini qayd qiladi. Shunga qaramay, nutqda bir vaqtning o‘zida ikki xil aks ettirish usuli mavjud ekanligini tushuntirib berish uchun bu ikki hodisaning yuqori-dagi farqlanishi etarli emas. Chunki E.M.Galkina-Fedoruk tomonidan so‘zning leksik ma’nosi so‘zlashuvchi jamoa tomonidan borliqping u yoki bu hodisasi bilan bog‘lanishi tarzida talqin etiladi.
Avvalo, reallikdagi predmet va tovushlar birikmasi o‘rtasida muayyan aloqa bo‘lmaydi, bunday aloqa inson tomonidan o‘rnatilishi kuzatiladi. Tovushlar birikmasi bilan predmetlar orasida bu kabi shartli munosabat bo‘lganda, tovushlar birikmasi ishora qilish, ko‘rsatish vazisrasini bajaradi. Tushunchadan farqli holda, ma’no tabiiy asosda kelib chiqadi.
B.A.Serebrennikovning ta’kidicha, shartli va sun’iy ravishda tanlangan aloqaga hech qachon aks ettirish sifatida qarab bo‘lmaydi. U ma’no va tushunchani o‘zaro srarqaagan holda, ma’noni in’ikos kategoriyasi ekanini inkor etadi. Ma’no lingvistikaning o‘rganish ob’ekti, tushuncha esa mantiqning o‘rganish ob’ekti sanaladi, ma’no lingvistik belgi tuzilishiga kirsa, tushuncha hukm uzv(komponent)idir.
Tushunchalar obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning umumlashgan obrazini aks ettiribgina qolmasdan, balki borliqda mavjud bo‘lmagan, insonning tafakkur olami tomonidan hosil qilingan narsa va hodisalarning umumlashgan obrazini ham aks ettirishi mumkin.
So‘z orqali inson katta yutuqni qo‘lga kiritdi, bu vosiga natijasida uning olami ikkilandi. So‘zga ega bo‘lgunga qadar faqat bevosita ko‘rinib turgan narsa bilan ish ko‘rgan mavjudot tilga ega bo‘lishi bilan faqat borliq elementlari bnlangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish ko‘ra oladigan bo‘ldi. So‘z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish mumkin bo‘lgan predmetlar olamiga ega bo‘lsa, insonikki olamga - sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, so‘z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo‘ldi.
Shunga muvofiq, so‘zlarning borliq (denotativ) ma’nosi real va afsonaviy tushunchalar bo‘lishi ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq, so‘zlar ham borliqdagi inson ongidan tashqarida bo‘lgan narsa va hodisa-larni nomlovchi so‘zlar hamda inson tomonidan yaratilgan afsonaviy narsa va hodisalarning nomlarini ifodalovchi so‘zlar sifatida ajratiladi.
"O‘zbek tili leksikologiyasi" kitobida "ayrim so‘zlar bildiradigan narsa-hodisalar obyektiv holda bo‘lmasligi mumkin... Lekin bu narsa-hodisalar bor deb tushunilgani uchun ularni ifodalovchi so‘zlar yuzaga kelgan", - deyiladi.
Bizning ongimizdan tashqarida moddiy borliqdagi predmetlarni ifodalovchi so‘zlarni afsonaviy tushunchalarni ifodalovchi abstrakt so‘zlardan farqpash lozim. Leksemalar orqali ifodalangan aniq predmetlar insondan gashqarida mavjud bo‘lsa, abstrakt predmetlarni inson yaratadi va insondan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Borliqdagi narsa va hodisalar umumlashgan obrazlarining ongda aks etishi tushuncha hisoblanar ekan, bu tushunchalar obyektiv borliqni nomlash jarayonining ikkin-chi bosqichini tashkil etadi. Bu tushunchalar muayyan moddiy qobiqqa, akustik xossalarga ega bo‘lib yuzaga chiqadi, ya’ni til birligi orqali o‘z ifodasini topadi. Borliqning aksi bo‘lgan tushunchalar turli xil moddiy vositalar yordamida ifodalanishi nuqtai nazaridan tillar bir-biridan farqlanadi. Hatto bir tilning o‘zida ham muayyan tushuncha bir qancha moddiy vositalarga ega bo‘lishi mumkin va aksincha, bir necha tushuncha moddiylashishiga qo‘ra bir-biriga o‘xshab qolishi mumkin.
Shunday qilib, borliqdagi narsa va hodisalarning umumlashgan obrazi turli xil moddiy qobiqlar yordamida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv olam elementlari bilan uning umumlashgan obrazlari o‘rtasida qanday chambarchas munosabat bo‘lsa, umumlashgan obrazlar bilan uning moddiy qobiqqa ega bo‘lishi o‘rtasida ham shunday barqaror munosabat mavjuddir. Birinchi munosabatni aks etish jarayoni, ikkinchi munosabatni esa ifodalash jarayoni deyiladi.
Bundan ko‘rinadiki, har qanday ma’noli birliklarning moddiy tomoni obyektiv olamni aks ettirish jarayoni orqali nomlaydi. Demak, til borliqni bevosita emas, balki bilvosita ifodalaydi. Narsa va hodisalarning umumlashgan obrazi sanaluvchi tushunchalar qanchalik dinamik xususiyatga ega bo‘lsa, uning moddiy qobig‘i ham shunday o‘zgarish, rivojlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Davrlar o‘tishi bilan moddiy qobiqning tovush tuzilishida turli xil o‘zgarishlar bo‘lishi yoki ma’lum sabablarga ko‘ra, bir moddiy kobiq eskirib, o‘rniga boshqasi qo‘llanilishi mumkin.
Shunday qilib, aks etgirish jarayonida ham, ifoda jarayonida ham aks etuvchi bilan akslanma hamda ifodalanmish bilan ifodalovchi o‘rtasida ziddiyatli, dinamik, shu bilan birga, barqaror munosabat mavjud bo‘ladi. Ifodalovchi bilan ifodalanmish o‘rtasidagi ana shunday barqarorlik muayyan til egalari o‘rtasida kommunikatsiya jarayonida bir-birini oson tushunishlariga imkoniyat yaratadi va ana shu barqarorlik tilning avloddan-avlodga o‘gishini ta’minlaydi.
Obyektiv olam elementlarining umumlashgan obrazi ayrim adabiyotlarda semantik-predmet, realema atamalari bilan ham yuritiladi. Semantik-predmet muayyan lingvistik belgi orqali ifodalangan borlikdagi real predmetlarning belgilar majmuasidir. Bu belgilar borliqdagi real predmetlarni ma’lum sinflarga birlashtirish, shu bilan birga, muayyan sinfga birlashgan predmetlarni o‘zaro farklash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu belgilar muayyan leksemaning semantik tuzilishida semantik ishtirokchi-lar vazifasini bajaradi. Shu ma’noda til borliqning umumlashgan shakli deyish mumkin. Til aniq vaziyatni til birliklari orqali umumlashtirgan holda ifodalaydi. Til birliklarining umumlashgan ma’noga ega bo‘lishi uning eng muhim xususiyatidir. Ana shu umumlashtiruvchilik xususiyati vositasida til belgisi turli shaxslar tomonidan turli vaqtda va turli sharoitda xilma-xil predmetlarga nisbatan qo‘llanila oladi.
Ko‘pchilik tilshunoslar muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalangan obyektiv olamning ongdagi umumlashgan obrazini leksik ma’no tarkibiga kiritadilar. Bunday qarashda obyektiv olam elementlari ekstralingvistik omil sifatida lingvistik belgidan tashqarida qoladi. Lekin har qanday til muayyan belgilar sistemasidan iborat ekan, bu belgilar orqali har qanday axborotni ifodalash mumkinligi bugungi kunda sir emas.
Yuqorida bayon qilganimizdek, har qanday leksemaning semantik tuzilishi uch elementni taqozo etadi: 1) obyektiv olam elementlari; 2) uning ongdagi aksi; 3) moddiy vositalar bilan ifodalanish. Bularning qaysilari leksik ma’no tarkibiga kiradi? Bu savolga ham mavjud lingvi-stik adabiyotlarda turlicha javob beriladi. Leksemaga belgi nuqtai nazaridan qaralganda, obyektiv olam elementi belgidan tashqarida qoladi. Demak, muayyan tovush signallari orqali ifodalangan obyektiv borliq elementining ongdagi aksi leksik ma’no tarkibiga kiradi.
Shunday qilib, leksema shakl va mazmun tomonlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan va bu munosabat til egalari xotirasida lokallashgan sistemadir. Leksemaning shakliy tomoni uchun ayrim adabiyotlarda nomema (LA.Novikov) yoki sonema (V.M.Solnsev), mazmun tomoni uchun semema atamasi qo‘llaniladi.
Har bir leksema muayyan mazmuniy mundarijaga ega. Leksemaning mazmuniy mundarijasi deganda, sememaning semik tarkibi tushuniladi. Leksemaning mazmuniy mundarijaga ega ekanligi uning sememasining ichki bo‘linuvchanlik xususiyatidan dalolat beradi. Demak, semema ham, o‘z navbatida, muayyan elementlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan nisbiy butunlik, ya’ni sistema sanaladi. Masalan, oraz leksemasi inson boshining "quloqdan va 'peshona bilan iyak oralig‘idagi qism"i, "ijobiy baho", "badiiy uslubga xoslik" semalariga ega. Oraz leksemasi se-memasining semik tuzilishi shu leksema mansub bo‘lgan paradigmaning boshqa a’zolari semik tuzilishiga qiyoslanganda ma’lum bo‘ladi. Mazkur leksema borliqda nimani ifodalanishi nuqtai nazaridan yuz, bet, aft, bashara, turq singari leksemalar bilan bir paradigmani tashkil etadi. Ularning hammasi borlikdagi bir narsaning turli nomlari sanaladi. Shu bilan birga, ularning har biri o‘zaro ma’lum farkli belgilariga ega. Ularni bir paradigmaga birlashtirib turgan semani birlashtiruvchi (integral), farqlab turgan semani esa farqlovchi (differensial) sema deb yuritiladi. Shunday qilib, leksema sememasi tarkibidagi semalar paradigma hosil qilish yoki hosil kilmaslik belgisiga ko‘ra birlashtiruvchi va farqlovchi semalardan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema leksemalarni bir paradigmaga olib kiradi, farqlovchi semalar esa paradigma a’zolarini bir-biridan farqlaydi.
Shuningdek, semema tarkibidagi semalar vazifasiga ko‘ra atash, ifoda (konnotativ), sintagmatik, uslubiy, pragmatik singari semalarga bo‘linadi. Semema tarkibidagi borliqdagi narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni atovchi sema atash semasi hisoblanadi. Har bir leksema sememasining markaziy semasi atash semasi sanaladi, qolgan semalar uning ustiga qo‘yiladi. Jumladan, oraz leksemasining yuqorida qo‘rsatilgan birinchi semasi atash semasi hisoblanadi. Turq, aft, bashara leksemalari sememalariga zidlanganda, bu uch leksema sememasi salbiy bahoning mavjudligi, oraz leksemasining sememasi esa ijobiy bahoning mavjudligi bilan farklanadi. Bu semalar baho semasi hisoblanib, ifoda (konnotativ) sema hisoblanadi va atash semasining ustiga qo‘yiladi. SHu bilan birga, bir paradigmaga mansub yuz, bet leksemalari bilan oraz, uzor leksemalari zidlanganda, a’zolarning birinchi guruhi (yuz, bet) uslubiy betaraflik, ikkinchi guruhi (oraz, uzor) esa uslubiy xoslanganlik (badiiy uslubga mansublik) belgisi bilan farqlanadi. Demak, oraz leksemasi uslubiy semaga ham ega. Oraz, uzor, chehra leksemalari faqat inson organizmining qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning odam leksemasi sememasi bilan bog‘lanib turishi, ya’ni "shaxsga mansublik" semasi bu leksemalar sememalari tarkibidagi signifikativ sema sanaladi.
Shunday qilib, leksik ma’no leksemaning mazmuniy mundarijasini o‘z ichiga oladi va bu mazmuniy mundarija ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, sistemaviylik tabiatiga ega bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1.Leksema va so‘zning o‘zaro farqli tomonlari nimada?
2.Ilmiy manbalarda leksik ma’noga qanday yondashiladi?
3. Tushuncha va ma’no qanday farqlanadi ?
4. Semema tarkibida qanday semalar ajratiladi?



Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish