Moskva fonologik maktabida fonema nazariyasi. Moskva fonologik maktabi o‘tgan asrning 30-yillarida A.A.Reformatskiy ta’biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (DARS nomi bu ilmiy markaz asoschilari Dmitriyev, Avanesov, Reformatskiy, Sidorovlarning bosh harflaridan olingan) Leningrad fonologik maktabidan farkli ravishda MFM da fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy elementi hisoblanadi. LFM va MFM da fonemaga bunday ikki xil nuqtai nazar bir fonetik qurshovdagi ayrim tovush birliklarini ikki xil galqin qilishga olib keladi.
Moskva fonologik maktabi konsepsiyasining katta yutug‘i shundaki, ular so‘z shaklning tovush tomonini farqlash darajasiga qo‘ra uning ikki pozitsiyasi-maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)ga ajratadi.
Qurshovdagi tovushlarning ta’siriga kam beriltan perseptiv (bilish) tomondan maksimal differensial pozitsiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. O‘zbek tili unlilari uchun faqat bir unlidan tashkil topgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini pozitsiyasi kuchli pozitsiyadir.
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasnif qilar ekan, ma’lum bir fonemaning bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaning boshqa belgisi uchun kuchsiz pozitsiya bo‘lishi mumkinligini aytadi. Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to‘rt guruhga bo‘ladi:
1 Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun ham kuchli pozitsiya.
II. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
Sh. Qattiqlik-yumshoklik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
IV. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
Pozitsiya tushushchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarni ikkiga-perseptiv kuchsiz (bilish tomoshidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan) shozitsiyalarga ajratgani holda, birinchi pozitsiya fonema variatsiyalarini, ikkinchi pozitsiya esa variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga "a"ning turli ottenkalari "mat", "mat", "myat", "myat"; ikkinchisiga so‘zning oxirgi pozitsiyasi – "prud" va "prut" kiritiladi.
MFMning yana bir yutug‘i bir belgi asosida oppozitsiyaga kirishgan fonemalarning shu belgi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo‘qolishi, yani ikki fonemaning bir variantga muvofivlashuvi-neytralizatsiyasi hakidagi ta’limotdir. Masalaan, yod so‘zidagi d \t holida talaffuz qilinadi. MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va so‘zning ichida uning elementi sifatida o‘rgandi.
Praga lingvistik maktabida fonema nazariyasi. Jahon gilshunosligi oldida Praga tilshunoslik to‘garagining katta xizmati shundaki, bu maktab fonologiyani ilmiy predmet sifatidaa shakllantirdi. Praga tilshunoslik to‘garagining fonologik konsepsiyasi N.S.Trubetskoyning «Fonologiya asosllari» kitobida mujassamlashgan.
N.S.Trubetskoy konsepsiyasi bo‘yicha fonologik sistema leksik va grammatiik ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (LFM bo‘yicha fonologik qarama-qarshilikdlar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U fonologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma’no farqlash funksiyasi o‘ynashini ta’kidlaydi.
Har qanday fonema fonologik oppozitsiya sistemasi ma’lum tarkibga »yoki strukturaga ega bo‘lganligi uchun ham ma’lum fonologik mazmunga ega bo‘ladi. Fonema abstrakt birlik sifatida qaraladi. Konkret tovushlar fonemaning moddiy simvollatsri hisoblanadi. Fonema moddiy jihatdan bir qancha tovrushlar orqali reallashishi mumkin. Bunday reallashgan har xil tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi.
Praga tilshunoslari variantlarni tasniflab, ularni majburiy, fakultativ va individual variantlarga bo‘ladilar. Majburiy variantlar, o‘z navbatida pozitsion, kombinator va uslubiy variantlarga bo‘linadi.
Fonemaning urg‘uga, so‘z xarakteriga, nutq melodikasiga xoslangan varintlari pozitsion; nutq oqimida yondosh fonemalar ta’siridagi variantlar kombinator; talaffuz uslubi bilan xoslangan variantlar uslubiy variantlar sanaladi (to‘liq uslub, og‘zaki uslub va boshq.) Bir pozitsiyaning o‘zida so‘z ma’nosini o‘zgartirmagan holda o‘zaro almashinib kelgan variantlar fakultativ variantlardir. Fakultativ variantlar ko‘pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi, masalan, ng ning gil orqa va chuqur til orqa variantlari. Ayrim kishilarning nutq xususiyati bilan bog‘liq variantlar individual variant hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |