7-ma’ruza: Fonologiya. Fonologiya maktablari
Fonetik - fonologik sath birligi fonemadir. Fonema yunon tilidagi phone so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z va morfemalarni shakllantiradigan va ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligidir. Fonema mavhum birlik hisoblanadi va u funksional o‘xshash va fonetik jihatdan bir xil tovushlar yig‘indisi, umumlashmasidan iborat. Boshqacha aytganda, fonema mavhum birlik sifatida umumiylik xususiyati va o‘z variantlariga egadir. Konkret tovushlar fonemalarning variantlaridir va ular «fonlar» yoki «allofonlar» deb yuritiladi. «Fonema» atamasi esa aniq fonemalar sinfining qisqacha nomidir. Fonema va fon invariant va konkret shakldagi (ma’lum vazifa bajarayotgan tovushning) yagona birlikning turli ifodalanishidir. Tovush fonemaning ajralmas bo‘lagi emas, balki u konkret fonemaning ifodasidir.Fonema termini tilshunoslikka Boduen de Kurtene tomonidan kiritildi. Boduen de Kurtene 1870 yildagi «XIX asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi bu konsepsiyasi uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi. Natijada Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‘zgarib bordi. Xususan, «Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» (1881) asarida fonemani, bir tomondan, «so‘zning fonetik bo‘linmas qismi» hisoblasa, ikkinchi tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tovushlargina emas, balki morfema yoki so‘zning tarkibida bo‘lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik sifatida qarashni namoyish etdi. Shu bilan birta, xuddi shu erning o‘zida fonemaning quyidagi ikki farqli tomoni borligini ham ko‘rsatadi. 1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyasion) xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning harakatlanuvchi komponenti; 2) ma’lum morfologik kategoriya belgisi. Shunday qilib, Boduen de Kurtene fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonik aspekti ham borligini e’tirof etdi. Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi. 2. Fonologik nazariyalar. Qozon lingvistik maktabida fonema nazariyasi. Qozon tilshunoslik maktabining asoschisi Boduen de Kurtene bo‘lib, u tilshunoslikka fonema nazariyasini olib kirdi. Boduen birinchilardan bo‘lib tovushdan farq qiladigan fonetik birlikni ajratish zarurligini angladi.Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlarida uning quyidagi muhim belgilariga e’tibor qaratganligi ma’lum bo‘ladi: 1) fonemaning murakkab birlik ekanligi; 2) uning eng kichik birliklardan (xususiyatlardan) tashkil topishi; 3) eng kichik birliklardan tashkil topgan butunlik sifatida tilda yaxlit holda funksiyalashishi; 4) eng kichik birliklardan tashkil topgan fonemaning til sistemasida munosabatlar (korrelyasiya) a’zosi sifatida yashashi; 5) fonemaning bevosita kuzatishda berilgan tovushlarning lingvistik umumlashmasi, abstraksiyasi ekanligi; 6) fonemaning real ko‘rinishi uning antropofonik (artikulyasion-fiziologik) tabiatining namoyon bo‘lishi ekanligi. XIX asrning 90-yillarida u fonemaning bevosita kuzatishda tovushlar orqali namoyon bo‘luvchi, lekin o‘zi kuzatishda berilmagan mavhum birlik ekanligini yana ham aniqroq bayon qiladi. "Fonema" deb nomlangan maqolasida uning "tovushning psixik eqvivalenti" ekanligini ta’kidlaydi. 1917 yilda nashr etilgan "Tilshunoslikka kirish" asarida fonema inson psixikasida barqaror mavjud bo‘lgan tovush tasavvuri,so‘zlovchi ongida yashovchi model sifatida izohlanadi. Shunisi xarakteriliki, Boduen asarlarida fonema goh so‘zlovchi ongida tovushlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘lgan ideal mohiyat sifatida, goh ilmiy mavhumlashtirish (abstraksiya), lingvistik modellashtirish natijasi sifatida izohlanadi. Boduen fonologik nazariyasining yana bir muhim jihati fonemaning morfologizatsiyasi va semasiologizatsiyasidir. Ya’ni fonemani morfologik qurilishdagi va ma’no farqlashdagi vazifasi nuqtai nazaridan o‘rganishdir. Boduen de Kurtene til birligi sifatida fonemani ajratish bilan birgina uni o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lgan fonologiyaning ajratilishi lozimligini bayon qildi. Uning fikricha, fonologiya fonemalarning ma’noli birliklar hosil qilishdagi vazifa-larini o‘rganadi. Boduen de Kurtene fonemalarning morfemalarni moddiy tomondan shakllantirish funksiyasiga e’tibor berar ekan, fonetik qurshovda ularning o‘zaro ta’siri masalasi diqqatini jalb etdi. Natijada yondosh tovushlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi, shuning uchun ular o‘zaro tobelanish va farqlanish munosabatida bo‘lishini ta’kidlaydi. Natijada u, bir tomondan, kogerent va divergent, ikkinchi tomondan korrelyativ va korrespondent atamalari bilan nomlanuvchi hodisalarni ajratadi. Olimning ta’kidlashicha, tovushlarning o‘zaro yoki birining ikkinchisiga kombinatsion tobeligi kogerensiya xisoblanadi. Xususan, turkiy tillarda tovushlarning qattiq-yumshoqligiga ko‘ra birining ikkinchisiga tobelanishi kogerent munosabat sanaladi. Kombinatsion tobelik munosabati natijasida hosil bo‘lgan kombinatsion o‘zgarish divergensiya, divergensiya hodisasi asosida hosil bo‘lgan tovushlar esa divergentlar hisoblanadi. Boduenning fikricha, divergentlar kombinatsion o‘zgarishga uchragan, kelib chikishiga ko‘ra bir xil (gomogen) bo‘lgan govushlardir. Masalan, rus tilida lodka-lodochka, god-godo-voy, o‘zbek tilida yod-yodi, zid-zidla so‘zlaridagi t-d, shuningdek, god-goda so‘zlaridagi o-a tovushlari divergeitlar, ya’ni o‘zaro divergensiya munosabatidagi tovushlar sanaladi. Korrelyativlar divergentlardan tarixan bir manbadan kelib chiqsa ham, hozirgi kunda bir-biridan farq qiluvchi turli tovushlar ekanligi bilan ajralib turadi. Masa-lan: rus tilida begu-bejat, lesh-lejat so‘zlaridagi g-j, sh -j tovushlari korrelyativlardir.Tarixan bir manbadan kelib chikib, hozirgi qardosh tillarda farqli talaffuz qilinuvchi tovushlar o‘zaro korrespondent munosabatidagi tovushlar yoki korrespondentlar sanaladi. Masalan, yunoncha ra1eg, roo1, ingl. G‘ag-peg, Goo1 so‘zlaridagi r va G tovushlari o‘zaro korrespondent munosabatidagi tovushlar hisoblanadi.
Korrelyativ va korrespondent singari tovushlarga o‘xshatib bo‘lmaydigan fonetik birlikni Boduen fonema hisoblaydi. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda u fonemani so‘zning ma’lum fonetik qismining antropofonik xususiyatlarining umumlashgan yig‘indisi sifatida baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |