12-Nazariy savol.
Ma’muriy jarima tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 25-moddasiga binoan jarima — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarima — mulkiy xususiyatga ega bo'lgan jazo chorasi bo'lib, aybdor shaxsdan davlat hisobiga undirib olinadigan ma’lum bir pul summasida ifodalanadi. Jarima — ma’muriy javobgarlikning samaraii choralaridan biri bo'lib, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiquvchi barcha davlat organlari tomonidan o'matilgan protsessual tartibda qo'llaniladi. Jarima — ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o'rniga qo'llanilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan jarima bilan bir vaqtda qo'shimcha jazo chorasi (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boMgan ashyoni haqini toMash sharti bilan olib qo'yish) qo'llanilishi mumkin.
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o ‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest (norozilik) bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay to'lanishi lozim. O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslaming mustaqil ish haqi bo'lmagan taqdirda, jarima ulaming ota-onalari yoki ular o'mini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |