Nazariy savollar. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting


Javob Avvalo jinoyatning tarkibini aniqlab olamiz: Subyekt- Aqli raso, voyaga yetMA



Download 0,55 Mb.
bet45/80
Sana30.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#595842
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Bog'liq
2 5420537482498282913

Javob

Avvalo jinoyatning tarkibini aniqlab olamiz:


Subyekt- Aqli raso, voyaga yetMAgan jismoniy shaxs.
Obyekt- Inson(lar) hayoti
Subyektiv tomoni- Qasddan
Obyektiv tomoni- Inson hayotiga qarshi ijtimoiy xavfli qilmish.
Yuqoridagi holatda Javobgarlik faqatgina A ga nisbatan qoʻllaniladi. Sababi bu holatda uning otasi tomonidan hech qanday jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatga nisbatan tajovuz mavjud emas. Fuqaro B faqatgina ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga harakat qilgan, hech qanaqa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmagan.
Jinoyatning tamom boʻlish vaqti ijtimoiy xavfli qilish sodir etilgan payt yani M va X ha ogʻir tan jarohati yetkazilgan payt hisoblanadi.
Ushbu jinoyat oz xususiyatiga va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat hisoblanadi. Sababi A tomonidan JK Maxsus qismining 101-mkddasida nazarda tutilgan jinoyat yani Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu vaziyatda A ga nisbatan 57-moddani qoʻllab boʻlmaydi. Sabab:

  1. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazoni yengilrogi bilan almashtirish 90-mkddaga asosan amalga oshiriladi.

  2. A ushbu sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi uchun javobgarlik yoshiga (subyekt) yoshiga yetmagan.

Ushbu holatda Sud tomonidan JPK 84-modda. Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslarga asosan shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim.
5-KAZUS
Q. ismli fuqaro 2020-yil 28-dekabr kuni Samarqand shahridagi Ulug‘bek shohbekatidan “Samarqand-Toshkent” yo'nalishi bo'yicha aholiga pullik transport xizmati ko'rsatib kelib, unga Toshkent shahriga olib borib - kelishga buyurtma qilgan V. ismli fuqaroni yo'lovchi sifatida o'zining boshqaruvidagi avtomashinasida 2020-yil 28-dekabrdan 29-dekabrga o'tar kechasi soat taxminan 03:05 larda ma’lum bir manzilga olib boradi. Shunda V. ismli fuqaro Q.ning boshqaruvidagi avtomashinasini o‘zlashtirish maqsadida o'zining yonida bo'lgan yig'ma pichoq bilan uning bo'yin sohasini o'ng tomoniga zarba berganida, Q. uning g'arazli niyatini o'z vaqtida sezib qolib, qo'li bilan bo'yin sohasini to'sib qolib, so'ngra V. ismli fuqaroning qo'lidan pichoqni tortib olgan. Shundan so'ng, Q. ismli fuqaro avtomashinadan tushayotgan vaqtida V. ismli fuqaro jinoiy rejasini oxiriga yetkazish maqsadida yerda yotgan tosh bilan uning bosh qismiga 2 marotaba urib, tan jarohatlari yetkazganda, Q. ismli fuqaro o'zini muhofaza qilish maqsadida V. ismli fuqarodan olib qo'ygan yig'ma pichoq bilan uning oyog'ini son qismiga bir marta tan jarohati yetkazgan. V. ismli fuqaroning yetkazilgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko'ra, V. ismli fuqaroning o'limiga “chanoq sohasi qon tomirlari shikastlanishlariga olib kelgan, qorin bo'shlig'iga teshib kirgan, chanoq sohasi chap tomonlama oldi yuzasi sanchilib-kesilgan yarasi” kabi tan jarohatlari sabab bo'lgani ko'rsatilgan.


Kazus bo‘yicha savollar:



  1. V.ning xatti-harakatlariga huquqiy baho bering.

  2. Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlab qilmishini tahlil qiling.

  3. Q. tomonidan sodir etilgan qilmishni tahlil qiling.

  4. Vaziyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish va JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling.



Yuqoridagi bizga berilgan kazus bo’yicha V.ning harakatlariga huquqiy baho beradigan bo’lsak, uning harakatlari JK 164-modda 1-qism bo’yicha malakalanishi zarur. Ya`ni, Bosqinchilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa. V.ning harakatlarini ushbu modda bo’yicha malakalashimizni asoslantirishga harakat qilamiz. Ushbu jinoyat obyekti - Bosqinchilikning bevosita asosiy obyekti sifatida o‘zganing molmulkini muhofaza qilishni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, bevosita qo‘shimcha obyekti sifatida esa, fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi. Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida shu mulkning egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilishda ifodalanadi. Bosqinchilik sodir etishdagi hujum qonunga xilof ravishda ochiqdanochiq yoki yashirin ravishda to‘satdan jabrlanuvchiga, ya’ni mulkdorga, mol-mulkka qonuniy ravishda egalik qiluvchi mulk egasiga, shuningdek, talon-toroj qilishga qarshilik ko‘rsatayotgan boshqa uchinchi shaxslarga zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishda ifodalanadi. Bosqinchilik jinoyatida 1- qismi jabrlanuvchi sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-moddasi) yoki yengil shikast yetkazish (JK 109-moddasi 2- qismi) oqibatlarini ham qamrab oladi va JK 105- yoki 109-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Ushbu jinoyat subyekt yoshi 14 yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs. Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlaydigan bo’lsak, Bosqinchilik hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlikni ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilingan paytdan e’tiboran, aybdor o‘zganing mol-mulkini egallagan yoki egallamaganidan qat’i nazar, tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, nafaqat mol-mulkni olganlik fakti, balki shaxs hayotiga yetkazilgan zararning real holati ham jinoyat tugallanishining zaruriy belgisi emas. Shuning uchun, qoida tariqasida bosqinchilikka suiqasd qilish holati yuz bermaydi. Hujum harakatlarigacha bo‘lgan holatlarda faqatgina bosqinchilikka tayyorgarlik ko‘rish haqida so‘z yuritish mumkin. Birinchi hujum harakatlari amalga oshirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallagan hisoblanadi (kesik tarkibli jinoyat). Ijtimoiy xavflilik darajasi esa Bosqinchilik subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd va g‘arazli maqsadlarda ifodalanadi. Aybdor jinoyat sodir etishda uning tomonidan sodir etilayotgan zo‘rlikning jabrlanuvchi hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfliligini va ushbu zo‘rlik o‘zganing mulkini o‘zi va o‘zga shaxslar foydasiga egallash vositasi sifatida ishlatilayotganligini tushunadi va shuni xohlaydi. V.ning harakatlari to’g’ri qast mavjud va Q.ga nisbatan hujum boshlangan paytdan e`tiboran ushbu jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Yuqoridagi vaziyat bo’yicha bevosita asosiy obyekt – Q.ning avtomashinasi, bevosita qo’shimcha obyekt – uning hayoti va sog’ligi hisoblanadi. Yuqoridagi V.ning harakatlari va keltirilgan asoslarni hisobga olgan holda, Vning harakatlarini bosqinchilik deya baholay olamiz.
Endi Q. tomonidan sodir etilgan qilmishni tahlil qiladigan bo’lsak, Q. O’ziga nisbatan hujumda zaruriy mudofaani amalga oshirgan. Ammo, JK 37-moddasi 2-qismida Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish zaruriy mudofaa hisoblanmaydi va javobgarlik keltirib chiqaradi. To’g’ri u V.ga nisbatan faqat o’zini himoya qilish maqsadida bir marotaba son qorin qismiga pichoq bn zarba beradi ammo, inson o’limi kelib chiqganligi bu fakt va inson hayoti har narsadan ustun. Yuqoridagi vaziyat bo’yicha Q.ning harakatlari V.ning oyoq son qorin qismiga bir marta pishoq sanchishi JK 109-modda 2-qismi qastdan badanga yengil shikast yetkazish tarkibini beradi. Obyekt inson sog’lig’I, obyektiv tomondan – faol harakat natijasida sodir etiladi, subyektiv tomoni ushbu vaziyatda effect holatda, ya`ni kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan jinoyat sodir etilmoqda. Subyekt esa 14 yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs. Q.ning ushbu harakatlari natijasida V.ning o’limi kelib chiqishi esa ehtiyotsizlik hisoblanadi. JK 109-moddasida o’lim kelib chiqishi nazarda tutilmaganini hisobga olgan holda, ushbu harakat 102-modda ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirish bilan qo’shib kvalifikatsiya qilinadi. Bu yerda badanga yengil shikast yetkazishga nisbatan qasd va odam o’limiga nisbatan ehtiyotsizlik hisoblanadi. Q.ning harakatlari bir qancha jinoyatlar sodir etishda, jinoyatlar majmuini tashkil etadi, ya`ni Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Yuqoridagi vaziyat bo’yicha javobgarlikka tortish haqida gapirib o’tdik, endi jazo tayinlashga to’xtalsak. Ushbu vaziyatda jazo JK 59-moddasi bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi. Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Bizga berilgan topshiriqda JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qilish topshirilgan ekan. 109-modda 2-qism Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish —

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish