Nazariy savollar. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting


Мажбурий жамоат ишлари жазоси моҳияти ва ўзига хос жиҳатларини муҳокама этинг



Download 0,55 Mb.
bet8/80
Sana30.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#595842
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
2 5420537482498282913

9.Мажбурий жамоат ишлари жазоси моҳияти ва ўзига хос жиҳатларини муҳокама этинг.
Majburiy jamoat ishlari JKning 45 belgili 1-moddasi hisoblanadi.
Мажбурий жамоат ишлари - маҳкумни ҳақ тўланмайдиган фойдали жамоат ишларини бажаришга мажбурий тарзда жалб қилишдан иборат бўлган жазо тури ҳисобланади. Маҳкум ишлаётган ёки ўқиётган бўлса, мажбурий жамоат ишлари ишдан ёки ўқишдан бўш вақтда ўталади. Мажбурий жамоат ишларининг ижросини назорат қилувчи органлар маҳкумлар томонидан мажбурий жамоат ишларини ўталиши мумкин бўлган жойлар (объектлар) ва ишларининг турини белгилайди. Бир юз йигирма соатдан тўрт юз саксон соатгача бўлган муддатга тайинланади ва олти ой давомида кунига тўрт соатдан кўп бўлмаган вақтда, маҳкумга боғлиқ бўлмаган ҳолатлар юзага келган тақдирда эса, бир йилгача бўлган муҳлатда кунига тўрт соатдан кўп бўлмаган вақтда ўталади. Мажбурий жамоат ишлари қуйидагиларга нисбатан қўлланилмайди: - пенсия ёшига етган шахсларга; - ўн олти ёшга тўлмаган шахсларга; - ҳомиладор аёлларга; - уч ёшга тўлмаган болалари бор аёлларга; - биринчи ва иккинчи гуруҳ ногиронларига; - ҳарбий хизматчиларга; - чет эл фуқароларига ва Ўзбекистон Республикасида доимий яшамайдиган фуқаролиги бўлмаган шахсларга. Маҳкум жазони ўташдан бўйин товлаган тақдирда, суд мажбурий жамоат ишларининг ўталмаган муддатини мажбурий жамоат ишларининг тўрт соатини: - озодликни чеклашнинг бир кунига; - озодликдан маҳрум қилишнинг бир кунига тенглаштирган ҳолда ҳисоблайди ва озодликни чеклаш ёки озодликдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазо билан алмаштиради. Жазони ўташдан бўйин товланилган вақт жазонинг ўталган муддатига қўшиб ҳисобланмайди.
10.Суд содир этилган жиноятнинг ижтимоий хавфлилик даражасини жиддий камайтирувчи ҳолатлар ҳисобга олиниши масаласини муҳокама этинг.


57-modda. Yengilroq jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
Суд ЖК 57-моддаси 3-қисмида кўрсатилган ҳолатларни жиноятнинг ижтимоий хавфлилик даражасини жиддий камайтирувчи ҳолатлар деб топиши мумкин.
JK 57-moddasi 3-qismiga muvofiq, «sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori» sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb tan olinishi mumkin. Bunday holatlarga jinoyat sodir etish motivi va maqsadini, yetkazilgan zararning xususiyatini va miqdorini kiritish mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holat deb, muayyan qilmishning xavfliligi bilan shunday qilmishlar uchun umumiy tarzda xos bo‘lgan xavflilik orasidagi o‘ta nomutanosiblik holatlarini hisoblash lozim. Belgilab o‘tish joizki, ishning biror-bir holati ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi deb topish – bu sud tomonidan har biri alohida holatda hal qilinadigan fakt masalasidir. Sud qilmishning ijtimoiy xavfliligi umumiy xususiyatidan emas, balki har bir holda alohida yondashuvdagi huquqiy baho berish predmeti, ko‘rilayotgan ishga tegishli bo‘lgan holatlardan kelib chiqadi. Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini anchagina kamaytiruvchi holat sifatida, ularning miqdoriy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida qonunda ko‘rsatilgan va ko‘rsatilmagan holatlar tan olinishi mumkin (bunday holatlar bir ma’lum majmua sifatida va ulardan alohida bo‘lgan holatlar sifatida ko‘rsatilishi mumkin). Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ko‘rsatmalariga ko‘ra, «Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi alohida holatlar ro‘yxati qonunda ko‘rsatilmaganligini nazarda tutib, sud qabul qilgan qarorini hukmda asoslantirgan holda jazoni yengillashtiruvchi ayrim holatni ham, ularning majmuini ham bunday holat sifatida tan olishi mumkin. (Masalan, moddiy zararning to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, uning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatni ochishda faol ishtirok etganligi, jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-atvori, jabrlanuvchining sudlanuvchi bilan yarashganligi va h.k.)»1 . Bundan tashqari, sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatga oid ishlar bo‘yicha zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda JK 57-moddasini qo‘llash masalasini muhokama etishi mumkin. Jumladan, jinoyat natijasida yetkazilgan zarar qiymatining kamida yarmi aybdor tomonidan qoplanganligi jazoni jiddiy kamaytiruvchi holat deb topilishi mumkin, sud tomonidan solidar javobgarlik belgilangan hollarda zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda ham xuddi shu prinsipga amal qilish kerak2 . Yengilroq jazoni tayinlashga faqatgina alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. Lekin qonunda alohida tushuncha berib o‘tilmagan. JK normalari va sud amaliyoti JK 57-moddasi qo‘llanilishi xususidagi tahlili shuni ko‘rsatadiki, muayyan ish bo‘yicha maxsus qism moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan jazo turi va miqdori talablariga kerakli va yetarli darajada javob bermasligi alohida hollar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, Maxsus qism moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan ayrim jazo turi va miqdori muayyan jinoyat va shaxsga nisbatan og‘irroqdir. E’tiborli jihati, yengilroq turdagi jazo tayinlash sodir etilgan qilmish og‘irligi bilan bog‘liq emas. Ya’ni, jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki yengilroq turdagi jazo har xil sodir etilgan qilmishlar uchun tayinlanishi mumkin. Biroq sodir etilgan qilmishning og‘irlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar ham, Maxsus qism moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni qo‘llamaslik holati ham alohidaligi bilan ajralib turishi kerak. 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 37-банд, 3-хатбоши// Тўплам, 2-жилд. 235–236-б. 2 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 21 майдаги «Жазоларни либераллаштириш тўғрисида қонунни иқтисодиёт соҳасидаги жиноятларга нисбатан қўллашнинг айрим масалалари ҳақида»ги 4-сонли қарори, 12-банд // Тўплам, 2-жилд. 172–173-б. 126 Sud biron-bir ishda yengilroq turdagi jazo tayinlashi uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ikkita huquqiy asos – sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar bo‘lishi kerak

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish