Semizlik — sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari



Download 35,6 Kb.
bet1/6
Sana06.03.2023
Hajmi35,6 Kb.
#916931
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SEMIZLIK2


Semizlik — sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari
Semizlik – organizmda yog‘larning ortiqcha to‘planishi. Bu patologiya normadagi tana vaznidan 20 % ga va undan ko‘pga oshishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda bemor inson nafaqat psixologik jihatdan, balki ichki organlarda bo‘ladigan patologiyalardan ham aziyat chekadi. Hozirgi kunda semizlik dunyo bo‘ylab epidemiya ko‘rinishida tarqalgan, chunki inson har qanday yoshda ham semizlik bilan to‘qnash keladi. Bu kasallikni davolash o‘z ichiga jismoniy aktivlik, diyetaga rioya qilish, dori preparatlar qabul qilish va psixoemotsional holatlarni korreksiya qilish yo‘li bilan olib boriladi.
Yog‘ to‘qimalarining funksiyasi
Ko‘pchilik insonlar bilishmaydi, inson organizmida ikki tipdagi yog‘ to‘qimalari farqlanadi: kulrang va oq yog‘ to‘qimalari. Kulrang yog‘ to‘qimalarini hujayralar tarkibidagi mitoxondriyalar hosil qilib beradi. Aynan kulrang to‘qima inson harakatlanmagan vaqtda uning issiqligini ta’minlab beradi. Bu to‘qimalar toza holda qalqonsimon bez atrofida va buyraklar atrofida ko‘p to‘planadi. Aralash holda ko‘krak qafasi sohasida va yelka sohasida, kuraklar orasida to‘planadi.
Yog‘larning sezilarli darajada to‘planishi oq yog‘ to‘qimalarining ko‘payishi bilan tushuntiriladi. Bu to‘qimalarni yog‘ hujayralari (adipotsitlar) tashkil qilib, katta pufak ko‘rinishida bo‘ladi, ularning yadrosi markazda emas periferiyada joylashgan. Bunday yog‘ hujayralari teri ostida, ayniqsa qorin sohasida ko‘p to‘planadi. Qorin sohasidagi yog‘ qavati ba’zilarda 20 sm va undan ham qalinroq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qorin bo‘shlig‘ida yog‘lar to‘planuvchi a’zo – charvi joylashgan. Qorin orti sohasida ham yog‘ hujayralari joylashadi, oshqozon osti bezi, aorta, buyraklar atrofida.
Yog‘ to‘qimalarining asosiy funksiyalari quyidagilardir:
Energetik zaxira. Yog‘ning parchalanishidan uglevod parchalanishiga qaraganda 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi. Shuning uchun yog‘ to‘qimalari inson hayot faoliyatida eng katta energiya deposi vazifasini bajaradi.
Suv almashinuvida va zaharli moddalarni passiv zararsizlantirishda ishtirok etadi. Yog‘lar parchalanishi natijasida katta hajmda suv ajralib chiqadi, bu esa jismoniy zo‘riqishda, ko‘plab ter ajralishida va ochlik paytida organizmning suvsizlanib qolishidan saqlaydi. Bundan tashqari yo‘glar zaharli moddalarni o‘zida saqlab qolish va neytrallash xususiyatiga ham ega.
Mexanik himoya. Yog‘ to‘qimalar organizm uchun himoya “yostig‘i” vazifasini bajarib, tashqi jarohatlardan saqlaydi. Bundan tashqari yog‘ bilan o‘ralgan organlar joyida mustahkam joylashadi.
Yog‘ to‘qimalarida A, D, E, K vitaminlari eriydi va to‘planadi.

Endokrin funksiyasi. Yog‘ to‘qimalarida biologik faol moddalar, ayniqsa jinsiy gormonlar ko‘p sintezlanadi. Endokrin funksiyasi haqida batafsil to‘xtalamiz. Hozirgi kunda leptin va esterogen gormonlarining yog‘ to‘qimalarida sintezlanishi isbotlangan.


Leptin – bu modda birinchi marta 1994 yilda ajratib olingan. Avvaliga bu moddani to‘qlik hissini beruvchi gormon sifatida qabul qilishgan va ozish uchun preparatlar sifatida buyurilgan. Biroq so‘ngi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, bu gormon ovqatlanish oralig‘idagi vaqtni boshqarishi aniqlandi. Masalan leptin gormoni miqdorining kamayishi ochlik hissini chaqiradi, ammo uning ta’siri natijasida semiz odam ozishi uchun foyda bermaydi. Shusiz ham semiz insonlar qonida bu gormon miqdori katta hajmda bo‘ladi.
Esterogen. Yog‘ to‘qimalari o‘zida P450 aromataz fermentini saqlaydi, bu ferment erkaklik gormonini ushlab qolib ayollar gormoni esterogenga aylantiradi. Inson yoshi o‘tgan sari va u semiz bo‘lsa bu jarayon kechishi tezlashadi.
Sog‘lom ayollarning 10 % idan 60 % igacha organizmida jinsiy gormonlari yog‘ to‘qimalaridan sintezlanadi va o‘sha yerda to‘planadi. Balog‘atga yetgan qizlarning hayz ko‘rishi va ularning jinsiy holati yog‘ to‘qimalarining miqdoriga tog‘ridan-to‘gri bog‘liq. Menopauza (hayz ko‘rish to‘xtaganda) vaqtida ayollarda steroid gormonlarning manbai yog‘ to‘qimalari bo‘lib hisoblanadi, aynan shu to‘qimalarning aktivligi klimaks davrining qanday ketishini baholab beradi. Mana shu xususiyatlarga asoslanib jinsiy aktivlik, homilador bo‘lish, ko‘krak bezlarining faoliyati va erkaklarda “bochka” qorin paydo bo‘lishi belgilanadi.
Leptin va esterogendan tashqari yog‘ to‘qimalarida rezistin, adiponektin, o‘sma nekroziga olib keluvchi faktor α va bir qator oqsil-fermentlar sintezlanadi.
Yog‘ to‘qimalarining ijobiy jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, semizlik – inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasallikdir.

Download 35,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish