Nazariy poetika



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/63
Sana07.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#328338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Bog'liq
nazariy poetika

Navoiy.  

Sinonimlar uslubning silliqligini ta‘minlaydi, voqea va narsalarning eng nozik farqlarini  

va  holatlarini  ham  ochish  imkonini  beradi.  Ular  vositasida  san‘atkor  eng nozik  ottenkalar,  

psixologik    holatlarni    ham    yorqin    ocha    oladi.    Masalan,    yig`lamoq,  siqtamoq,  ingramoq, 

hingramoq, singramoq, o`kirmoq, bo`kirmoq, faryod qilmoq va hokazo.   

Bu  so`zlar  garchi  bir  ma‘noli  ifodalasa  ham  tasvirda  ularning  biri ikkinchisining 

o`rnini bosa olmaydi.  

 Erur bas chu husnu malohat senga,  

 Yasanmoq, bezanmoq na hojat senga.     

Navoiy




Antonimlar  ma‘no jihatdan qarama-qarshi so`zlar bo`lib, ular ham she‘riyatda g`oyaviy 

mazmunni    ochishda    muhim    vosita    sanaladi.    Ular    yordamida    shoir    inson  qalbi,  voqea  va 

hodislarning ichki ziddiyatlarini ochishga eriShadi.  Masalan,  «Otam juda  kambag`al,  qashshoq 

edi, ammo cho`pchakka boy edi».   



 Oybek  «Bolalik».  

 Sendek mega bir yor jafokor topilmas,  

 Mendek senga bir zor vafodor topilmas.    

Bobur. 

 

Arxaizmlar  garchi   icte‘moldan  chiqib   ketgan  so`zlar   bo`lsa-da,  badiiy adabiyotda  



ma‘lum    g`oyaviy-estetik    niyatni    amalga    oshirish,    realistik    tasvir  maqsadlarida  ishlatiladi. 

Ayniqsa,  tarixiy  mavzudagi  asarlarda  ayrim  personajlarning  nutqini  berishda  qo`llaniladi. 

Personajlar tilida  arxaizmalarni  ishlatish bilan  yozuvchi  tarixiy   koloritni   berish,   qahramonlar  

nutqi    va    xarakterini    tipiklashtirish  hamda  individuallashtirishida    zarur    bo`ladi.    Masalan,  

Oybekning  «Navoiy»  romanida  «Mana    bu    ashqolg`a    diqqat    eting,  -  dedi  u    qog`ozni  

DarviShali  tomon  surib,- biz me‘mori  san‘atda  sohib  vukuf  emasmiz.  Bu  sohaning  ustod  

komimo    albatta    o`z  so`zini  aytar,  lekin  biz  qurgan  imorat,  taxminan  shu  shaklda  bo`lishi 

kerak».  

Arxaizmlar    ayniqsa    satirik    asarlarda,    satirik    obrazlar    yaratishda    qo`l    keladi.  Ular  

vositasida  san‘atkor  eskilik  sarqitlari  va  bu  sarqitlarni  tashuvchilar ustidan kuladi.   

Istorizmlar  o`tmish  zamonga  xos  so`zlar  bo`lib,  u  yoki  bu  narsa  va predmetning,  

tushunchaning    yo`qolib    ketishi    bilan    iste‘moldan    chiqib,    unutilib  ketgan    so`zlardir.  

Masalan,    «Toshkentning    chuqurqishloq    degan    erida    ochilgan  va  hamisha    rustamnamo  

(Rustam    kabi    salobatli)    kishilar    bilan    ayqirib    yotgan    bo`zaxonalar  ham  yo`q  emasdi» 

(A.Qodiriy «O`tkan kunlar»).  

Bu  o`rinda  faqat  so`zlargina  emas,   gap  qurilishi  ham  arxaikdir.  Arxaizmlar tasvir 

imkoniyatlarini kengaytiradi, qahramonlar qiyofasi, nutqini jonli, o`ziga  xos va ishonarli  qiladi.  

Yozuvchi    arxaizmlarni    ishlatar    ekan,    ularga    yangidan    hayot    baxsh  etadi,    til    xazinasini  

boyitadi.    Biroq    arxaizmlarni    ishlatishda    me‘yordan    chiqmaslik  lozim.  Aks  holda  asarning 

badiiyligi va haqqoniyligiga putur etadi. 

Dialektizmlar  ham  obraz  yaratishda  ma‘lum  ahamiyatga  egadir.  Ulardan asosan  qahr

amonlar  nutqiy  tavsifini  (xarakteristikasini)  yaratishda  foydalaniladi. 

Masalan,  «Tinch  Don»  romanida  Sholoxov  dialektizmlardan  o`rni  bilan  unumli foyd

alanadi.  

Yoki:               Suruv boqib, ichdik qimiz,  

                        Kechalari oltin yulduz   

                        So`ylab berdi hikoyalar  

     Biz mo`ltoyib tingladimiz.   

Varvarizm (lat. ajnabiy) boshqa tillardan kirib qolgan so`zlar bo`lib, ulardan ham obraz y

aratishda foydalanish mumkin. Boshqa tildan kirib, xalq tiliga o`zlashib ketgan  so`zlar  bo`lib,  

ulardan  ham  obraz  yaratishda  foydalanish  mumkin.      

Boshqa tildan kirib, xalq tiliga o`zlashib ketgan so`zlar varvarizm sanaladi.  

Varvarizmlardan  yozuvchi    personaj    nutqini    berishda,    ayniqsa,    xorij    oldida    sajda  

qilishni    ko`rsatishmumkin.    Muallif    nutqida    esa        o`z    ona    tilida    so`z    turib,    uning    chet  

tilidan    olingan  ekvivalentini    ishlatish    tilni    bulg`aydi.    Personaj    nutqida    esa    u    obraz  

xarakterini ifodalaydi. Masalan, L.Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanining bosh sahifalarida 

qahramonlarning frantsuzcha so`zlashishlarini beradi. 

 Jargonizm  (fr.  -  sodda,  buzilgan  til)  ma‘lum  ijtimoiy  tabaqa  yoki  guruh  tilida 

ishlatiladigan  Shartli  so`z  va  iboralardir.  Qimorbozlar,  o`g`rilar,  otarchilar, savdogarlarning  

o`z  jargonlari   bo`ladi.  Ular  o`z  fikrlarini  boshqalardan  sir  tutish  uchun  jargon  so`zlarni  

o`ylab  topib  yoki  so`zlarni  ko`chma  ma‘noda qo`llashadi. 

Badiiy  adabiyotda  ayniqsa,  personajlar  tilida  nutqni  individuallashtirish  uchun  jargon 

unsurlaridan    foydalaniladi.  Masalan,  «Birinchi  yigit  esa  mushukdan  qo`rqqan sichqondek 

atrofga olazarak bo`lib oldi-da, menga engashib shipshidi: - Bilasizmi, bizning kolxozda...  




U gapning oxirini ayta olmadi. Sherigi to`satdan: «Xit»... rais... qoch... dedi va sakrab o`r

nidan turib, choyxona orqasiga o`zini urdi‖.  

Shotursun G`ulomov. «Jon  kuydir».   

Vulgarizmlar  (lat.  dag`al) adabiy  tilda  ishlatilmaydigan  dag`al,  qo`pol, 

aynima so`zlar, qarg`ish va haqoratlar, noto`g`ri jumlalardir.           

Badiiy asarlarda ulardan personaj qiyofasini ko`rsatishda, ularning madaniyatsizligini ta‘

kidlashda foydalaniladi.  Ayrim  hollarda  vulpgarizmlar  muallif  nutqida  ham  uchrashi  mumki

n.  


Masalan, «Qo`lini qumga yuvib, ko`ziga surtar guvalak».   

           M  a  x  m u r.   

Yoki                Ket, yo`qol, mal‘un, kasofat  

                        Ket jahannam qa‘riga.               



   Uyg`un.  

 Noto`g`ri, dag`al  tuzilgan  jumlalar  ham  vulpgarizm  deyiladi.  Vulpgarizmlarni ishlatis

h doirasi juda cheklangan.  

Neologizmlar  sanoat,  qishloq  xo`jaligi,  texnika,  fan  va  madaniyatda  yuz bergan  o`z

garishlar,  taraqqiyot  natijasida  paydo  bo`lgan  so`zlar  bo`lib,  ular    ham badiiy  asarlardan  o`

ziga  yarasha   joy   oladi.  Jamiyat  hayotida  yuz bergan o`zgarishlartilimizga  ham  yangi  so`zl

arni  olib  keladi.  Bunday  orzular  o`zbek  adabiyotida  ham o`zining munosib o`rnini oladi va v

oqelikni haqqoniy tasvirlash vositasi bo`ladi.  

 Neologizm  tilning  lug`at  fondini  boyitadi,  yozuvchi  lug`atini  ham  boyitadi. Bundan  

tashqari,  har  bir  yirik  san‘atkor  ham  yangiyangi  so`zlar  yaratib,  tilning boyligiga  hissa  

qo`shadi.    Masalan,    Oybek:      bombalamoq,    kindor,    iztirobbaxsh,buyruqdor  kabi  so`zlarni 

«Quyosh qoraymas» romanida ishlatadi. 

Professionalizm    muayyan    kasbhunar    nutqida    uchraydigan,    ulargagina    xos  bo`lgan  

so`zlar    bo`lib,    bular    ham    obraz    yaratishda    muhim    ahamiyatga    ega    bo`ladi.  Masalan,  

A.Qodiriyning  «O`tkan  kunlar»  romanidagi  usta  Olim  nutqida  quyidagi bo`zchilik kasbiga 

oid so`z va iboralarni uchratamiz: yangi nusxa shohi, bir kiyimlik shohi, do`kon, ustakor, arqoq, 

gula, tanda, bafanda.  

S.Ahmadning    «Jimjitlik»  romanidagi    chavandoz    Eralining    nutqida    otchilik  bilan  

bog`liq  atamalar  uchraydi:  «Jonivorni  biyaga  qo`ydim.  Amirkon  lokidek  qop-qora, yaltiroq 

qulunli bo`ldik. Qulunimiz do`nan bo`ldi, g`unon bo`ldi».  

Badiiy asar tili monolog va dialoglardan tashkil topadi. Muallif nutqi va personajlarning 

ruhiy  holatlari  bilan  bog‗liq  o‗rinlar  monologda  ifoda  etilsa,  personajlar  nutqi  dialoglardan 

tashkil  topadi.  Monologlar  muallif  nutqida  badiiy  asar  voqeligi  bayon  etiladi  va  chuqur  ruhiy 

kechinmalar aks ettiriladi. Dialoglar orqali ham qahramonlarning holati va o‗zaro munosabatlari 

naoyon etiladi. Dialog va monolog badiiy asar tilining namoyon bo‗lish shakllaridir. 


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish