manzaralar chizadi, qahramonlar qiyofasi, ularning ichki dunyosi, undagi
noziktebranishlarni ochadi, qahramonlar yaShagan ijtimoiy muhitni ko`rsatadi. Shunday
qilib, badiiy til hayotning barcha tomonlarini butun to`laligi, murakkabligi, aniqligi bilan aks
ettiradi. Badiiy til faqat obrazli iboralar, maqol va matallar singari vositalargina emas,
badiiy obraz yaratish uchun ishlatiladigan barcha vositalarni o`z ichiga oladi. So`z vositasida
obraz yaratish vositalarini ishlatish yo`li bilan (metaforik) hamda badiiy tasvir vositalari
ishlatmasdan, tasviriy yo`l bilan hamamalga oshirilishi (avtologik) mumkin. San‘atkor til
boyliklari va imkoniyatlariyordamida turli, jonli, obrazli vositalar yaratib, bo`yoqdor va jonli
qiladi.
- metaforik (ta‘rif); - avtologik (mulohaza).
Avtologik: Nemisning o`ligini
Bosib o`tib boradi.
Nayzaga qalpog`ini
Osib o`tib boradi.
Metaforik: Loylanib oqqan daryo
Onaning ko`z yoshiday.
Boshin egib daraxtlar
Turar g`amgin boshiday. H.Olimjon
2.
E s t e t i k l i g i
. Badiiy til emotsional tildir. To`g`ri, tilning estetik,
hissiy, ekspressiv xususiyatlari ma‘lum darajada boshqa uslublarga xosdir. Biroq bu
xususiyat badiiy tilda to`laroq namoyon bo`ladi. San‘atkor til vositalsida ma‘noni
kuchaytiradi va chuqurlashtiradi. Bunda u tilning fonetik, morfologik, stilistik va leksik
vositalaridan ham foydalanadi. San‘atkor qo`lida tovushlar ham obraz yaratish vositasiga
aylanadi.
3.
K o n k r e t l i g i
( aniqligi va tiniqligi). Badiiy til o`zining konkretligi bilan ham
ajralib turadi. San‘atkor ishlatgan so`z ko`zda tutgan ma‘noni aniq ifoda etishi kerak. Badiiy
matndagi so`zning ko`p ma‘noliligi obraz mohiyatini ochishga putur etkazadi. Badiiy tilda har
bir so`z aniq ma‘noli, konkret holatni ifoda etishi, muayyan g`oyaviy-badiiy funktsiyani bajarishi
kerak.
4.
Grammatik qoidalardan chekinish
. Badiiy tilda grammatik qoidalardan chekinishga
ham yo`l qo`yilishi mumkin. Ayniqsa, she‘riyatda so`zlarning talaffuz etilishi, bo`g`inlar,
gap qurilishi o`ziga xos bo`lib, alohida badiiy-estetik ahamiyat kasb etadi. Ayrim hollarda
grammatik, stilistik xatoliklar ham obraz yaratish vositasiga aylanadi.
5.
I n d i v i d u a l l i g i
(o`ziga xosligi). Har bir san‘atkor tili o`zining individualligi
bilan ham farq qiladi. Badiiy asar tilida muallif Shaxsi kuchli namoyon bo`ladi. Har bir muallif
tomonidan til vositalari, ularni qo`llash usullari ham o`ziga xos bo`ladi. Bunda muallifning
dunyoqarashi, asarining mavzusi, janri, uslubi, san‘atkorning eruditsiyasi, tarbiya va bilim
darajasi katta ahamiyatga molikdir. Har bir san‘atkor tili ham xalq tilining an‘analariga
bo`ysunadi. Biroq har bir san‘atkor xalq tiliga o`ziga xos mahorat bilan yondashadi, uni
rivojlantiradi. Daho san‘atkorlar til taraqqiyotigakatta ta‘sir ko`rsatadilar. Shuning uchun ham
til tarixini yirik yozuvchilarsiz, ularning ijodisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: