Implikatsiya
p⇒q
Samandar kutubxonada bo‘lsa, u kitob o‘qiydi.
Konversiya
q⇒p
Samandar kitob o‘qisa, u kutubxonada bo‘ladi.
Inversiya
¬p⇒¬q
Samandar kutubxonada bo‘lmasa, u kitob o‘qimaydi.
Kontrapozitsiya
¬q⇒¬p
Samandar kitob o‘qimayotgan bo‘lsa, u kutubxonada
bo‘lmaydi.
Aytish joizki, implikatsiya va konversiya mantiqiy teng kuchli bo‘lmaydi, chunki,
masalan, Samandar kitobni sinfda o‘qishi ham mumkin.
Mashqlar
63. Konversiya va inversiyani tuzing:
a) agar Diyora nimcha kiysa, u isinadi;
b) agar ikki uchburchak o‘xshash bo‘lsa, ularning mos
burchaklari teng bo‘ladi;
c) agar x2 = 12 bo‘lsa, u holda x = ± 6 bo‘ladi;
d) agar Olim o‘yin o‘ynasa, u xursand bo‘ladi;
e) agar uchburchak muntazam bo‘lsa, u holda uning tomonlari teng
bo‘ladi.
64. Quyidagi mulohazalarning kontrapozitsiyalarini tuzing:
a) barcha atirgullar tikonli;
b) barcha sudyalar (hakamlar) doimo to‘g‘ri qaror chiqaradilar;
c) hamma yaxshi futbolchilar to‘pni aniq nishonga tepadilar;
d) suyuqlik idishga quyilganda idishning shaklini qabul qiladi;
e) agar inson halol va o‘qimishli bo‘lsa, u muvaffaqqiyat qozonadi.
65. a) “barcha 10-sinf o‘quvchilari matematikani o‘rganadilar” mulohazaning
kontrapozitsiyasini tuzing;
b) “barcha 10-sinf o‘quvchilari matematikani o‘rganadilar” mulohaza
rost bo‘lsa, quyidagilar haqida qanday hukmga kelasizlar:
“Shavkat – 10-sinf o‘quvchisi”;
“Mirislom matematikani o‘rganmaydi”;
“Doniyor ham matematikani, ham ingliz tilini o‘rganmoqda”?
66. Mulohazalarning kontrapozitsiyalarini tuzing:
a) x soni 3 ga bo‘linadi ⇒ x2 soni 9 ga bo‘linadi;
b) x sonining oxirgi raqami 2 bo‘lsa ⇒ x − juft son;
c) ABCD − to‘g‘ri turtburchak ⇒ AB||CD va AD||BC;
d) ABC − muntazam uchburchak ⇒ ∠ABC = 60°.
67. p: Uy eng ko‘pi bilan 3 ta derazali bo‘ladi;
q: Uy tashqariga tutun chiqaradigan mo‘riga ega
mulohazalarni qaraylik.
U holda p⇒q: Agar uy eng ko‘pi bilan 3 ta derazali bo‘lsa, u tashqariga
tutun chiqaradigan mo‘riga ega;
a) konversiya, inversiya va kontrapozitsiyani tuzing;
b) quyidagi hollarda implikatsiya, konversiya, inversiya va kontrapozitsiya
uchun rost−yolg‘onlikni aniqlang:
68. Diagrammada W − sust o‘zlashtiradigan
o‘quvchilar, E esa 10-sinf o‘quvchilari
to‘plamini tasvirlaydi.
Quyidagi mulohazalarni to‘ldiring:
a) ......... gan sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar mavjud emas;
b) ......... gan 10-sinf o‘quvchilari mavjud emas;
c) agar x ∈ W bo‘lsa, u holda ......;
d) agar x ∈ E bo‘lsa, u holda ......;
e) c va d munosabatlar orasida qanday bog‘lanish bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |