Beshinchi belgi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan himoya qilinadigan
munosabatlardir. Davlat yuridik normalar talablarini bajarishni ta‘minlagani
holda shu normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni ximoya qiladi.
Davlat tomonidan ximoya qilinadigan huquqiy munosabatlar har qanday
jamiyat qonunchiligining asosini tashkil etadi.
Huquqbuzarlik – huquq buzilishi, ya‘ni noqonuniy hatti-harakat hisoblanadi.
Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umuman jamiyatga zarar
keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi harakatdir. Ushbu tushuncha huquq
buzilishining quyidagi beshta muhim belgisini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |