Uchinchi belgi. Huquqiy munosabatlar – kishilar o‘rtasidagi sub‘ektiv huquq
va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalardir. Bu aloqalarning aloxida
shakli, ob‘ektiv huquq normalarida mustaxkamlangan huquq va majburiyatlar
orqali namoyon bo‘ladi.
Sub‘ektiv huquq egasi – shaxs, huquq majburiyat egasi, majburiyatli shaxsdir.
Huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsga majburiyatli shaxs, boshqa kishimi,
tashkilotmi, davlat organi yoki davlatning o‘zi bo‘lishidan qat‘iy nazar,
qarama-qarshi turadi. Bu ma‘noda huquqiy munosabatlar indivuallashtirilgan
aloqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |