Statika qismida asosan ikkita masala echiladi:
Qattiq jismga tasir etayotgan kuchlar sistemasini qo`shish va ularni sodda holga keltirish;
2) Qattiq jismga qo`yilgan kuchlar sistemasining muvozanatlik shartini tekshirish;
Statika masalalari grafik usulda, geometrik usulda yoki analitik usulda echilishi mumkin, lekin hozirgi kunda kompyuterlar yordamida analitik usulda echish keng tarqalgan, grafik usul deyarli qo`llanilmay ketgan.
2.Erkin, qisman erkin va mutloq erksiz jismlar.
Agar berilgan qattiq jism unga tasir etayotgan kuchlar tufayli, fazoning ixtiyoriy tomoniga harakat qilaolsa bunday jism erkin jism deyiladi. Agar uning harakati malum darajada cheklangan bo`lsa bunday jismlar qisman erkin deyiladi.
Masalan temir yo`l vagoni faqat shu temir yo`l bo`ylab harakat qilaoladi holos, egri trubkaning ichida joylashgan sharcha faqat shu trubkaning ichi bo`ylab xarakat qialoladi xolos, yani ularning erkinligi chegaralangan. Agar jism mutloq harakatsiz bo`lsa, yani uning harakati mutloq cheklangan bo`lsa bunday jismlar erksiz jismlar deyiladi.
3.Bog`lanish, ularning turlari va bog`lanish reaktsiyalari.
Erkin jismda bog`lanish bo`lmaydi, shu sababli u hohlagan tomonga harakat qilaoladi. Qisman erkin va mutloq erksiz jismlar boshqa bir, yoki bir nechta jismlar orqali bog`langan holda bo`ladilar. SHuning uchun shu qattiq jismlarning erkinliklarini chegaralovchi boshqa jismlarni bog`lanishlar deyiladi.
Agar jism o`zining erkinligini chegaralovchi boshqa jismga, yani bog`lanishga nisbatan biror kuch bilan tasir etsa, o`z o`rnida bog`lanish hisoblangan boshqa jism ham unga aks tasir ko`rsatadi, shu aks tasir kuchini bog`lanish reaktsiyasi deyiladi. YAni bog`lanish reaktsiyasi ham kuch vektori bo`lib, ushbu kuch faqat aks tasir sifatidagina mavjud bo`ladi, agar jism bog`lanishga kuch tasir etmasa, yani bog`lanish olib tashlansa uning reaktsiyasi ham nolga teng bo`ladi.
Demak bog`lanish reaktsiyasi faqat jismning unga ko`rsatgan kuch vektoriga tegishli ravishda paydo bo`ladi, va ushbu tasir yo`qolsa reaktsiya kuchi ham yo`qoladi yoki o`z yo`nalishi va son qiymatini tegishlicha o`zgartirishi mumkin. Agar bog`lanish olib tashlansa reaktsiya kuchi ham o`z o`zidan yo`qoladi.
YUqoridagilarga asosan kuchlarni endi ikki guruhga ajratamiz, bog`lanishlar bormi yo`qligidan qatiy nazar jismga tasir etuvchi kuchlarni aktiv kuchlar deyiladi, masalan og`irlik kuchi, bog`lanishlarning jismga ko`rsatadigan aks tasir kuchlarini reaktsiya kuchlari deyiladi.
shakl
Bog`lanishlarning turlari juda ko`p, shunga ko`ra ularning reaktsiyalari ham turlicha bo`ladi, reaktsiyalarining son qiymatlarini har bir masaladagi tasir etayotgan kuchlar sistemasiga bog`liq ravishda aniqlanadi, lekin shu bog`lanishlarning reaktsiya kuchlari vektorlarining yo`nalishlari har doim bir xil bo`ladilar.
SHuning uchun bog`lanishlarning reaktsiya kuchlarini yo`nalishlarini qanday qilib aniqlashni ko`rib o`taylik.
1. Silliq yassi yuzadan iborat bog`lanish (1.7 b shakl).
Silliq yassi yuzali bog`lanish deb, shunday yuzaga aytiladiki uning ustida turgan, yoki unga suyanib turgan jismga hechqanday ishqalish kuchi tasir etmaydi. SHu sababli bunday tekislikdan iborat bog`lanishlarning reaktsiyalari hardoim, shu tekislikka normal (perpendikulyar) holda yo`nalgan bo`ladi.
Ip, arqon va trosdan iborat bog`lanish.
1. 8 shakl.
Bunday bog`lanishlarning reaktsiyalari har doim faqat shu arqon, ip yoki trosning taranglik chiziqlari bo`ylab yo`naladilar.
3. TSilindrsimon sharnirli (podshipnikli) bog`lanish (1.9 a shakl).
1. 9 shakl
Bunday bog`lanishlarning reaktsiya kuchlari ikkita tashkil etuvchilardan iborat bo`lib, ular sharnir o`qiga perpendikuyar tekislikda yotuvchi ixtiyoriy ikkita o`zaro perpendikulyar o`qlar bo`ylab yo`naladilar, amalda doimo Ox va Ou o`qlari bo`ylab yo`naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |