Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari



Download 399 Kb.
bet1/4
Sana28.06.2022
Hajmi399 Kb.
#716269
  1   2   3   4
Bog'liq
NAZARIY MEXANIKA FANI, MAQSADI VA VAZIFALARI


NAZARIY MEXANIKA FANI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Reja:



  1. Kuch tushunchasi.

  2. Absolyut qattiq jism.

  3. Harakat va muvozanat tushunchalari.

  4. Statikaning ikkita asosiy masalalari.

Qadim zamonlardan beri, necha-necha olimlar moddiy nuqtalarning, ayniqsa qattiq jismlarning xarakat qilish sabablarini, harakatlarining o`zgarish qonuniyatlarini, qaysi hollarda ular muvozanat holatlarda bo`lishlik sabablarini va uning sirlarini aniqlash ustida bosh qotirganlar.


Necha-necha olimlar turli xil mashinalar, memorlar esa tarixiy inshootlar qurganlar, bazilariniki o`sha davrlardayoq sinib ketgan yoki qulab tushgan, bazilari ancha muddatgacha yaxshi ishlagan va saqlangan, bazilari esa hozirgi kungacha ham o`z mustahkamligini va ishlash qobiliyatlarini yo`qotmaganlar.
Lekin ularning birortasi ham shu qurgan mashinalarining yoki inshootlarining mustahkamligining nazariy asoslarini isbotlab, tushuntirib beraolmaganlar. Quyida shunday masalalarni nazariy asoslarini tushuntirib berish bilan shug`ullanamiz.
Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari haqida qo`llanmaning boshida etarlicha malumot berilgan, shuning uchun og`zaki ravishda har bir yo`nalishlar uchun ularga yaqin bo`lgan texnikaga oid qo`shimcha malumotlar bilan boyitib boriladi.
Nazariy mexanika fani moddiy jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularni muvozanatda bo`lish sabablarini o`rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi, yani jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o`zining shaklini o`zgartirmaydi deb faraz qilinadi.
XVII asrda Italiya olimi G.Galiley va Ingliz olimi I.Nyutonlar tomonidan uzoq vaqtlar davomida olib borilgan tajriba va kuzatishlar natijasida harqanday moddiy jismlarning harakatlarini paydo bo`lishi, yoki shu harakatlarning o`zgarishi ularning bir birovlariga ko`rsatayotgan o`zaro tasirlariga, yoki boshqacha qilib aytganda kuchlarga uzviy bog`liq ekanligini aniqladilar.
SHunga ko`ra kuch, bu bir jismning ikkinchi jismga va ikkinchi jismning birinchi jismga tasiridan iborat ekan.
Kuch vektor qiymatdan iboratdir, chunki uning yo`nalishi, qo`yilgan nuqtasi va uning son qiymatlaridan birortasi nomalum bo`lsa, uning tasiridagi jismning qaysi tomonga qanday tezlanish bilan harakatini o`zgartirishi haqida aniq malumot olib bo`lmaydi. Demak kuch har doim vektor qiymatdan iborat bo`ladi, har doim uining moduli (son qiymati), yo`nalishi va qo`yilgan nuqtasi bizga malum bo`lishi shart.
Faqat son qiymatini bilishni o`zinigina etarli bo`lgan kattaliklar skalyar qiymatlar deyiladi. Masalan vaqt - t, massa - m skalyar qiymatlar hisoblanadi. Ularni qo`yilgan nuqtasi va yo`nalishi bo`lmaydi. Vaqt va massa koinotning barcha joyida bir xil o`zgaradi deb qabul qilingan, yani joyga bog`liq emas.
1.1 shaklda kuch vektori tasvirlangan, unda DE chizig`i kuchning tasir chizig`i deyiladi, A nuqta kuchning jismga qo`yilgan nuqtasi, kuch vektori ikki xil tarzda ifodalanadi, yoki - shaklida, yoki - shaklida, ikkinchi holda birinchi harf A nuqta vektorning qo`yilgan nuqtasini belgilasa, ikkinchi harf V nuqta shu vektorning oxirini belgilaydi.

1.1 shakl.

Vektor qiymatning belgisi chiziqchadan iborat bo`lib, u albatta xarfning ustiga chiziladi. Agar chiziqcha bo`lmasa, u holda bu vektor emas balki vektorning son qiymati xolos, uni mexanika tilida vektorning moduli deb ataladi.


Agar bir vaqtni o`zida bir jismga bir nechta kuchlar tasir etsa, ularni kuchlar sistemasi deb ataladi.
Nazariy mexanikada jismlarning ikki xil holatlari o`rganiladi. Birinchi navbatda moddiy nuqta yoki qattiq jismlarning harakatsiz (birorta sanoq sisttemasiga nisbatan harakatsiz) yoki muvozanat holatlari o`rganiladi.
Bunday masalalarni statik masalalar deyiladi. Agar moddiy nuqta yoki qattiq jism harakatda bo`lsa uning harakatining qonuniyatini o`rganuvchi qism dinamika qismi deb ataladi.
Statika qismini o`rganishni statika aksiomalaridan boshlanadi. Aksioma degan so`z (grek) yunon tilidan olingan bo`lib, uning o`zbekchaga tarjimasi isbot talab qilinmaydigan oddiy haqiqat degan manoni anglatadi. Ular uncha ko`p emas, biz faqat 4-ta aksiomaga asoslangan holda statika qismini o`rganamiz.


1. Statika aksiomalari.



Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish