1 – o’quvchi: Keldi bahor, keldi ko’klam, Bizlar bahor elchisi. Bizni bahor boshlab keldi, Navro’z bahor kuychisi. 2 – o’quvchi: Ye, Vatanim bahori, Ifor ochib kulasan. Sen pushti va zangori, Gullar bilan to’lasan. BAHOROY: Bolajonlar, hozir sizlarga bir nechata topishmoq aytaman, topasizlarmi? Bolalar: (barabariga) — Ha! Bahoroy: — Qirda yoydim qizil gilam, Ko’rinadi go’zal biram. Hamma birgalikda: — Lolaqizg’aldoq 1 – o’quvchi: Dalalardir makonim, Yomg’irdir osh – u nonim, Bahor qandayin yaxshi, Qizil gullarning naqshi. 2 – o’quvchi: Kuldi lolaqizg’aldoq, Bahor keldi yo. Yashnab ketdi hamma yoq, Qizlar kuldi yo. Gullar, mening gullarim, Gulga to’lar yo’llarim. “Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi. BAHOROY: Yerdan asta unadi, Ilk bahorda kuladi. Hamma: Boychechak 1 – o’quvchi: Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. Chunki bahor elchisi, Shu mittigul boychechak. 2 – o’quvchi: Binafshaxon, binafsha, Kulishlaring chiroyli. Bog’imizda ochilib, Turishlaring chiroyli. “
Do'stlaringiz bilan baham: |