o’quvchi: Salom senga bahor ayyomi, Salom senga Navro’zi olam. Senga olqish, alyorlar aytar, Bugun har bir dili pok odam. 2 – o’quvchi: Maysa boshin ko’tardi yerdan, Gulbahordan bermoqda darak. Momolar – u onaxonlar jam, Doshqozonda qaynar sumalak. Boshlovchi: Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani, birgalikda uni kutib olaylik – chi. BAHOROY: Men bahorman, gullarim bilan, Iliq quyosh nurlarim bilan. Kirib keldim, aziz bolalar, Olib keldim gul – u lolalar. Meni derlar go’zal bahoroy, Yetib keldim shoshib sizlarga. Jon kiritdim, iliqlik bilan, Maysalar – u gul, ildizlarga. 8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.
Do'stlaringiz bilan baham: |