1-Boshlovchi: Navoiy ijodini o‘rganish o‘z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek «Navoiy” poemasi, «Navoiy” romanini, M.Jo‘rayev «El desa Navoiy” ni to‘plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda «Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar.
(Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).
Guli: Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh.. (Navoiy kirib keladi va davom ettiradi)
Navoiy: Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.
Guli: Assalom, shoirlar sultoni ustoz,
Chorlabsiz men uchun yuborib og’oz.
Xavotir ichida siz tomon shoshdim,
Ollohga shukrlar, salomat topdim.
Navoiy:
Ofarinlar sizga go’zalim, Guli.
Dilimning sururi, ko’zimning nuri.
Chorlaganim bois, yaxshilik, illo.
Sizni ko’rmoq yana nasiba Ollo.
Bugun tongda bitdim yangi go’zal bayt,
Sizga atab bitdim bir evon faat.
O’qursiz vaqt topib yod aylab bizni,
Xudoyim, panohda asrasin sizni.
(Guli ta’zim ila Navoiydan kitobni oladi.)
Guli:
Devoningiz muborak, boshim ustiga,
Barini yod oldim, sizga tasanno.
Do'stlaringiz bilan baham: |